❓Талабаларга уйини ижарага берган шахслар даромад солиғи тўламаслиги айтилганди, шу кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ: Ҳа, бу имтиёз кучга кирган.

Солиқ кодексининг 378-моддаси 19-1-моддасига биноан, солиқ тўловчининг уй-жойларни талабаларга ижарага беришдан олинган даромадлари солиқ солинмайдиган даромадлар ҳисобланади.

Бошқача айтганда талабаларга уйини ижарага берганлар даромад солиғи тўламайди. Талаба ҳам солиқ тўламайди.

ℹ️Маълумот учун: бундан ташқари ётоқхона билан қамраб олинмаган ва ўзига, шу жумладан, ота-онасига (қонуний вакилларига) тегишли бўлмаган уйда ижарада яшайдиган талабаларга улар томонидан тўланадиган ойлик ижара тўловининг 50 фоизи бюджет маблағлари ҳисобидан қоплаб берилади.

Ижара пулининг 50 фоизи (Тошкент шаҳрида 270 минг сўмгача, қолган ҳудудларда эса БҲМнинг 135 минг сўмгача) давлат ОТМларининг кундузги таълим шаклида, давлат гранти ёки тўлов-контракт асосида таҳсил оладиган ва ижара ҳуқуқи асосида яшайдиган талабаларга қоплаб берилади. Бунинг учун талабалар ўзлари ўқиб турган ОТМга мурожаат қилишлари лозим.


👉 @xushnudbek 👈

137 comments

Show 91 more comments
Mehrob
Xushnudbek aka mana shu haqida kengroq malumot bering. Ko'pchilik talabalar tushuna olmayapmiz. Bu qonunmi o'zi....
Assalomu alaykum! Xushnudbek aka! Vaksina olganlik to‘g‘risida sertifikati borlarga kontraktdan 10% chegirma deyilgandi. Nega chegirma yo‘q deyapti hozir. Yoki bu vaqtincha amal qilinganmi
Sara Umirzak qizi
Бу амалга ошмаябдику. Мен НавоийДПИ 1курс тулов контракт асосида укийман. Асли Нукусданман. Сентябрдан декабргача шартномамкилгандик. Налогиниям хозяйкамиз узимизга тулатдирди. Апрелда яна туздик. Яна йук.
Sara Umirzak qizi
Шу тушинмайсан шу конунларни. Боши борда охири йук. Чикаради амалга ошмайди
Assalomu aleykum Xushnudbek aka bu ijara puli barcha talabalarga tòlab beriladimi yoki òzining shartlariga tòģri kelgan talabalarga tòlab beriladimi.Shu haqida tòliq malumot bering
Assalom aleykum bu xususiy institutlarga ham tegishlimi
FERUZA
Xuddi kontraktni 4ga bo'lib to'lashga o'xshaydi qonunda bor amalda yo'q ,hech qachon unday bo'lmaydi va bo'lmagan ham
FERUZA
Farzandli bolgan talabalarga bir oylik bola puli institut tomonidan to'lab beriladi degan qonun bor ekan, keyin men unversitutga borganimda bunaqa narsa yo'q deyishgandi , bular hammasi xom hayol reklama faqat
Shu haqida batafsil malumot bering buning qanday shartlari bor hamma talabaga ham berilmaydimi
Assalomu alaykum biz shu ijara shartnomani tuzdik har oyda olib kelayotgan edik keyin shu oydan ijara shartnoma tuzganlarni 60% ga beriladi deyishyapdi hali bu oynikini olmadik rostanam shu 60% ga beriladi degan qaror bormi
Assalamu allaykum, bu faqat OTM talabalariga tegishlimi? Professional ta'lim (kollej, litsey va texnikumlarda o'qiyotgan talabalar ham shu imtiyozdan foydalansa bo'ladimi??
Assalomu alaykum bu Hususiy institutlar uchun ham tòlab beriladimi?
Assalom aleykum kechki boʻlimda tahsil oladigan talabalarchi ularga ham toʻlanadimi?
Men kurmadim xam eshitmadim xam ijara pulini tulab berishini biz xam shartnoma qilib universitetga topshirgandik. Sado yoq. Bir tiyin xamma. Puch yong"oq hammasi
Kechki tugul kunduzgiga ham tulanmaydiki. Bu shunchaki qog'ozdagi qora yozuvlar
Muxlisa Axmedova
Assalomu alaykum. Bizdan o'tgan semestrdagi ijara pulini qaytarib olish havfi aytilmoqda.Yani bu 50 %faqat ma'lum doirada beriladimi, uzoqdan kelgan, oilasida 2 kishi oqiyotgan talabalargachi amal qilinmaydimi. Iltimos shunga oydinlik kiritsangiz.
Javohir Eshonqulov.
Yolg'on hammasi....o'zlaricha nizom qilib olgan baribir berishmeydi.Bahona qilib to'g'ri kemiysiz chiqarib yuboradi. Bitta bu emas hamma berilgan imkoniyatlarni shunaqa qilib aytishadi. Bular nimaga erishmoqchi...maqsadi nima...?
Show next 25 comments