❓Талабаларга уйини ижарага берган шахслар даромад солиғи тўламаслиги айтилганди, шу кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ: Ҳа, бу имтиёз кучга кирган.

Солиқ кодексининг 378-моддаси 19-1-моддасига биноан, солиқ тўловчининг уй-жойларни талабаларга ижарага беришдан олинган даромадлари солиқ солинмайдиган даромадлар ҳисобланади.

Бошқача айтганда талабаларга уйини ижарага берганлар даромад солиғи тўламайди. Талаба ҳам солиқ тўламайди.

ℹ️Маълумот учун: бундан ташқари ётоқхона билан қамраб олинмаган ва ўзига, шу жумладан, ота-онасига (қонуний вакилларига) тегишли бўлмаган уйда ижарада яшайдиган талабаларга улар томонидан тўланадиган ойлик ижара тўловининг 50 фоизи бюджет маблағлари ҳисобидан қоплаб берилади.

Ижара пулининг 50 фоизи (Тошкент шаҳрида 270 минг сўмгача, қолган ҳудудларда эса БҲМнинг 135 минг сўмгача) давлат ОТМларининг кундузги таълим шаклида, давлат гранти ёки тўлов-контракт асосида таҳсил оладиган ва ижара ҳуқуқи асосида яшайдиган талабаларга қоплаб берилади. Бунинг учун талабалар ўзлари ўқиб турган ОТМга мурожаат қилишлари лозим.


👉 @xushnudbek 👈

137 comments

Show 100 more comments
Kechki tugul kunduzgiga ham tulanmaydiki. Bu shunchaki qog'ozdagi qora yozuvlar
Muxlisa Axmedova
Assalomu alaykum. Bizdan o'tgan semestrdagi ijara pulini qaytarib olish havfi aytilmoqda.Yani bu 50 %faqat ma'lum doirada beriladimi, uzoqdan kelgan, oilasida 2 kishi oqiyotgan talabalargachi amal qilinmaydimi. Iltimos shunga oydinlik kiritsangiz.
Javohir Eshonqulov.
Yolg'on hammasi....o'zlaricha nizom qilib olgan baribir berishmeydi.Bahona qilib to'g'ri kemiysiz chiqarib yuboradi. Bitta bu emas hamma berilgan imkoniyatlarni shunaqa qilib aytishadi. Bular nimaga erishmoqchi...maqsadi nima...?
Assalomu alaykum. Bizlarni universiteti TTB sida joy bor lekin masofasi uzoqligi sabab kvarterada turaman shunday hollarda ham tulab beriladimi
Assalomu alaykum.
Nega kechkilarga toplab barilmaydi
Абдукосимов Абдугани
Ordinatura o'quvchilariga ham bu imtiyoz amal qiladimi?
Хушнудбек шу ёзганларингизга узингиз ишондингизми халкни алдаш гунох кизим талаба роса харакат килди ,,тугри "тушинтириб куйишди бунака нарсаларни нимага чикаришади иложи йук нарса экану деб роса ичи огриди ёшларни хозирдан алданса улар келажакда кандай инсон булиб етишишига аклим етмай колди хамма жой елгон пора таниш билиш бекор укишга кирибман деб укишдан хам кунгли колаяпди нохакликларни куриб
Hamma kontrakt uchun amal qilmaydi bu sababi nimada?
Elnoza Lutfullayevna
Bizda haliyam bu qonun tushdek
Amalga oshirilgani yòq
Elnoza Lutfullayevna
Assalomu alaykum. Hushnudbek akada ayb yòq.U kishi faqat rasmiy xabarlarni yetkazadilar.Manimcha zahringizni boshqalarga sochmaganingizz maqul
Ман захримни сочганим йук булган ишни ездим кейин узр сизга катик ботган булса Хушнудбекни хурмат киламан хакикат хеч кимга ёкмаслигига хам аклим етади факат президентимизни шунча килган яхши ишларига путр етаетганига хафа ман
Assalomu alaykum. Ijara pulini 50% qismi to‘lab berilgan yo‘q 5 oy bo‘ldi arizam qabul qilinganiga. Buni nazorat qiladiganlar bormi o‘zi, Toshkent Farmatsevtika instituti?
Elnoza Lutfullayevna
Fargonalik
Ман захримни сочганим йук булган ишни ездим кейин узр сизга катик ботган булса Хушнудбекни хурмат киламан хакикат хеч кимга ёкмаслигига хам аклим етади факат президентимизни шунча килган яхши ишларига путр етаетганига хафа ман
Davlatda qonun bor.Ijro yòq.Bu orada bòlmasa ham kerak.Hushnudbekka kelsak,u bor narsani tashlaydi. Tasdiqlangan narsani biladi.Qonun Tasdiqlangan degani amalga oshadi degani emas ÒZBEKISTONDA. Allohga shukur. Nolimayman.Ammo Agar hamma chiqarilgan qonun amalga oshsa edi,kòp narsalar bòlib ketgan bòlar edi.Amaldorlarimizni Allohdan qòrqmasligi ,Yoki qarorlar oddiy qoģoozda qolishi bular tabiiy holatdek bòlib qolgan.Likin Mirziyoyev qayerga bormasinlar bunaqa nonkòr muttahamlarni jazosini berib kelyaptilar.Afsus ularni hammasini yòqotishni imkoniyati yòqda
Assalomu alaykum,hozir ham pasport orqasiga propiskada turganligi tògrisida ma'lumot yoziliwi wartmi
Faqat kunduzgilarga bo'lyapti bu Kechki yoki zauchnilarga yo'q. Zauchniniku mayli tushunsa bo'ladi lekin kechkilar Kundizgiday yashab o'qishadiku
Biz ham ijara puliga ariza berganimizga 2 oy bòldi tòlab berilmadi,kechki talimda òqiydi qizim,xabar olsa pasportingni orqasida propiskang yòq deb aytiwibdi 2 oydan keyin.TDPU Nizomiyda òqiydi
Xushnudbek biz biologiyada milliy sertifikat uchun davlat tòlovini tòlab imtihon topwiruvdik,u bekor qilindi,ariza berganmiz,15 kunda qaytaramiz degan javob keluvdi lekin haligacha qaytarilmadi,qanday yòl tutaylik,javob uchun oldindan rahmat
Bizni institutda ham faqat yordamga muhtoj qatlamlarini surovi qanoatlantiriladi deb aytyapti. Oʻzi bu qonun hamma uchun birdekmi
Bizlar 2021-yilning sentabr oyida shartnoma tuzgan edik lekin to'lab berilmadi hattoki uy egasi to'laydigan soliqni ham o'zlarimiz to'ladik. Nima keragi bor talabalarni buncha qiynab. Qaror qilindimi bajarilishi kkde!!!!!
Show next 7 comments