❓Талабаларга уйини ижарага берган шахслар даромад солиғи тўламаслиги айтилганди, шу кучга кирдими?

✅ ЖАВОБ: Ҳа, бу имтиёз кучга кирган.

Солиқ кодексининг 378-моддаси 19-1-моддасига биноан, солиқ тўловчининг уй-жойларни талабаларга ижарага беришдан олинган даромадлари солиқ солинмайдиган даромадлар ҳисобланади.

Бошқача айтганда талабаларга уйини ижарага берганлар даромад солиғи тўламайди. Талаба ҳам солиқ тўламайди.

ℹ️Маълумот учун: бундан ташқари ётоқхона билан қамраб олинмаган ва ўзига, шу жумладан, ота-онасига (қонуний вакилларига) тегишли бўлмаган уйда ижарада яшайдиган талабаларга улар томонидан тўланадиган ойлик ижара тўловининг 50 фоизи бюджет маблағлари ҳисобидан қоплаб берилади.

Ижара пулининг 50 фоизи (Тошкент шаҳрида 270 минг сўмгача, қолган ҳудудларда эса БҲМнинг 135 минг сўмгача) давлат ОТМларининг кундузги таълим шаклида, давлат гранти ёки тўлов-контракт асосида таҳсил оладиган ва ижара ҳуқуқи асосида яшайдиган талабаларга қоплаб берилади. Бунинг учун талабалар ўзлари ўқиб турган ОТМга мурожаат қилишлари лозим.


👉 @xushnudbek 👈

137 comments

Show 100 more comments
Faqat kunduzgilarga bo'lyapti bu Kechki yoki zauchnilarga yo'q. Zauchniniku mayli tushunsa bo'ladi lekin kechkilar Kundizgiday yashab o'qishadiku
Biz ham ijara puliga ariza berganimizga 2 oy bòldi tòlab berilmadi,kechki talimda òqiydi qizim,xabar olsa pasportingni orqasida propiskang yòq deb aytiwibdi 2 oydan keyin.TDPU Nizomiyda òqiydi
Xushnudbek biz biologiyada milliy sertifikat uchun davlat tòlovini tòlab imtihon topwiruvdik,u bekor qilindi,ariza berganmiz,15 kunda qaytaramiz degan javob keluvdi lekin haligacha qaytarilmadi,qanday yòl tutaylik,javob uchun oldindan rahmat
Bizni institutda ham faqat yordamga muhtoj qatlamlarini surovi qanoatlantiriladi deb aytyapti. Oʻzi bu qonun hamma uchun birdekmi
Bizlar 2021-yilning sentabr oyida shartnoma tuzgan edik lekin to'lab berilmadi hattoki uy egasi to'laydigan soliqni ham o'zlarimiz to'ladik. Nima keragi bor talabalarni buncha qiynab. Qaror qilindimi bajarilishi kkde!!!!!
Shartnoma so'ralyaptiyu lekin 98.9% kvartira eglari shartnoma qilishdan qochyapti. Talabalar nima qilishi kerak. Yotoqxonaga ehtiyoji bor, hujjat tayyorlagan ammo joy yetishmaganligi tufayli kvartirada yashashiga to'g'ri kelayotgan talabalar qancha, bularni ham inobatga olishsa yaxshi bo'lardi, shaxsan man nechta kvartira egalari bilan gaplashdim javoblari bir xil shartnoma qilib bermaymiz, yashasaz shuncha deb narxini aytadi. Universitetdan esa shartnoma qib keling to'lab beriladu deydi... Shu jihatlarini ko'rib chiqishsa maqsadga muvofiq bo'lardi
̲̲̲̲̰̲̲̲̲̐̃̐̐̃̐꧁̲Obodov꧂̲
Assalomu alekum Shartnoma tuzmoqchi bo'lsam Universitet va Kavartira egasi bilan kelishib bo'lmadi Kvartira egasi Naloqqa borib faloncha pul to'lashim kerak deb bormayapdi Buning uchun nima qilishim kerak Kvartira egasi bilan naloqqa borib tuzamizmi shartnomani yoki boshqa yo'llari ham bormi???
̲̲̲̲̰̲̲̲̲̐̃̐̐̃̐꧁̲Obodov꧂̲
Kvartira egalari shartnoma qilishdan qochyapdi nalo'qqa borishdan bosh totishyapdi
Assalomu alaykum ijara shartnomasini qilish majburiymi bizga tyutorla majburiy deyishayapti o'zi ikki oy qoldi kvatira egasi rozi bo'lmaydi baribir agar majburiy bo'lsa yana sarsongarchilik bo'ladi kvatirami kvatira yurgimiz yo'q kim shartnoma qiladi deb
Qonun qachondan kuchga kirgan kim biladi
Nodirbek
Hammaga beriladimi bu narsa yoki 12 talikda bolish kerakmi
Ashur Norqulov
Xushnudbek aka biza shartnoma qilgandik lekin daromad soligʻi chiqdi
Uyni egasi esa bizga tulanglar demoqda