Қатағон мавзуси очилганига бир фикр келиб қолди. «Ўзбеклар сотқин», «Қодирийни сотган халқмиз», «Қатағонга ўзимизни сотқин миллат ҳам сабабчи» деган гапларни кўп эшитамиз. Аслида бу гаплар қай даражада тўғри?

Танганинг бошқа томони ҳам бор-ку? Балки бу СССРнинг ифлос раҳбарлари ўйлаб топган стратегия бўлгандир? Балки барчаси олдиндан режалаштирилгандир? Тергов ҳужжатларининг ҳаққонийлиги ва сохталаштирилмаганига ким кафолат бера олади?

Хуллас, шу ва шу каби фикрларни юқоридаги овозли хабарда қолдирдим. Имкон бўлса эшитиб кўрарсиз. Ва бемалол фикр қолдирсангиз ҳам бўлади.

Охирида бироз чалғиб кетганим учун узр :)


👉 @xushnudbek 👈

275 comments

Show 70 more comments
Mirolim Ismoilo'glu
Mening fikrimcha sotqinlik bo'lgan bu shubhasiz, sotqin barbir sotqin. Ammo masalaning yana bir tomoni bor, Qodiriylarni sotganlar bu ishni sotqinlik deb emas balki vatanparvarlik deb hisoblagan bo'lishi mumkin, chunki sotsializm g'oyasiga rostman ishonib uni qurishni burch deb hisoblagan bo'lishi mumkin, o'ylab ko'raylik Podsho rossiyasi davrida qorni to'ymagan bir bola, u och ammo boylarni bolasi to'q, hamma teng bo'lishini orzu qilib yurgan vaqtida sotsializm hamma teng yashovchi sinfsiz tabaqasiz jamiyat qurish g'oyasi kirib keldi, bazilarga bu juda maqul kelgan deb hisoblayman, va sotsializmga qattiq ishongan va unga qarshilarni sotish kk bo'lsa sotgan va buni burch sifatida bilgan.
Hojiakbar
hamma narsaniyam bilib bilmasdan gapirish to'g'ri emas, agar shu SSSR bo'lmaganida biz Gitler degan odamni qo'lida qop ketardik
Россияни кулида коп кетиб нимага эришилди? Русдан кура европага якинрок юриш керак. Германияда хамма нарса бор. Россияда нима бор? Мактанадигани шу 9 майми? Германияни енгган руслар парадга немисни Мерсида келишади. Шуям ишми?
Z.M.Boburga (amirzodam beb turib)xoinlik qilganlar ham fikrimcha yonidagilar (o'zimiznikilar) Temur bobomiz qurgan katta saltanatni parokanda qilganlar ham o'zimiznikilar yana bilmadim kim qanday qaraydi ( shaxsiy fikr)
Xushnudbek bilan qanday boglansak bo'ladi .Kimni xabari bor
To'g'ri oldindan o'ylangan stratehiya bo'lgan lekin calq bu stratehiyaga aldangani rostda. Xuddi qoidabuzarlarni YPXga telefonda rasmga olib yuborganla rag'batlantirilayotganidek o'sha paytda ham rag'batlantirishga aldanib qolgan odamlar.
Siyosatchilar oʻz manfaatini koʻzlab sizga yordam beradi

c: Adam Smith

Nafaqat siyosatchilar hammada mana shunday hamma faqat oʻzini manfaatini oʻylab fikr bildiradi. Judayam xudbinmiz. Bizga foydasi tekkan narsagina toʻgʻri qolganlari esa xato qilishayapti deb oʻylaymiz umumiy natijaga e’tibor bermasakda
Milliy hududiy chegaralashda qilingan ishlar hozirgacha har bir davlatga muommo tug'dirib turibdi bu o'sha paytda qachondir davlatlar mustaqil bo'lib SSRdan ajralib chiqanda bir biri bilan qiy pichoq bo'lishlarini o'ylab qilingan iwlari , Albatta O'zbeklar sotqin degan narsaniham millatni ichida bir biriga ishonchsizlik kelib chiqiwini bilgan holda o'ylab topishgan to'g'ri sotqinlarham yo'q emas har doim bo'lgan lekin bu bilan butun millatni sotqinga chiqarish umuman to'g'ri emas , Sobiq ittifoq rahbarlari shunaqa aqlli va o'ta razilligini oqibatlari bu.
Hammasi oldindan rejalashtirilgan. Aslida bu SSSR ning qabix ishlaridan biridir ^_^
Assalom hayirle kech
Aniq esimda emas kim aytgani lekin sobiq CCCR ning vahshelari aytishgan O'ZBEKLARNING TARIXINI YUQ QILISH KERAK AGAR ULARNING TARIXI YUQ BO'LSA ULAR O'ZBEK MILLATI HAM O'Z O'ZIDAN YUQOLADI bu g'oya bor edi masalan bizning bobolarimiz qoralangan kitoblar misol qilish mumkin.
O'zbeklar sotqin degan so'zga kelsak bu aniq hozir ham bor lekin qatag'on vaqtida adibning dushman ko'raolmaydigan o'zbeklar ham bo'lishi ehtimoli bor chunki sotsialeslar ichki o'zbeklar orasida ichki nizo chiqargan bo'lishi ham mumkin deb o'ylayman...?
G'olib Nazarov
O‘rmondagi daraxtlarni bolta bilan kesilish boshlanibdi shunda daraxtlar bu mudxishlikni to‘xtatish maqsadida o‘rmondagi eng qari eman daraxtidan maslaxat olish uchun oldiga borishibdi. Eman daraxtiga voqealarni bir boshidan aytib yordam so‘rashibdi, shunda eman daraxti kesayotgan bolta nimadan yasalgan debdi,daraxtlar o‘zi temirdan, sopichi debdi eman sopi o‘zimizdan yog‘ochdan deyishibdi. Shunda eman uzoq o‘ylab,keyin shunday degan ekan sopi o‘zimizdan bo‘lsa bunga qarshi chora yo‘q. Qissadan shu ma'no chiqadiki millatning ichidan sotqinlar chiqdimi demak bunday zulmni to‘xtatib bo‘lmaydi. O‘tganlarimizni olloh rahmatiga olgan bo‘lsin ilohim. Tariximizda kimlar qanday nom qoldirgan bo‘lishsa oxiratda ham shu yuz bilan ko‘rinishadi. Olloh barchamizni yaxshi xulqli go‘zal qalbli mard insonlardan aylasin inshaalloh.
Xushnudbek aka, bir tarafdan to'g'ri aytdingiz. O'tkir Hoshimovning Daftar hoshiyasidagi bitiklar", "Tushda kechgan umrlar" romanida ham bu haqida gap bor. Keliningni bir emas, 4ta residivist zo'rlaydi, sen esa panjaradan tomosha qilasan, - deb qaynotaga aytadi. U pora oldim deb qo'rqqanidan yozib beradi. Keyin o'g'ilga aytadi u esa otam 20 ming pora oldi deb otasini ustidan yozib beradi. Unaqa misollardan 10 lab keltirish mumkin, lekin, nima uchun Said Ahmad qamalganida Uyg'un Saida Zunnunovani xo'rlagan? Ishdan bo'shattirgan? Hech kimga ishga olma degan? Yaxshi ham bo'lgan, yomon ham bo'lgan, lekin asosiy sabab -- bizda birdamlik bo'lmagan. Chunki birikish bo'lganda chor rossiya imperiyasi kirib kelmasdi
Jo'rayev B
1-Prezidentimiz aytgandilar-,,Biz har qanday xavf-xatardan himoyalana olamiz faqatgina o'zimizdan ya'ni ichimizdan chiqqan dushmanlardan ehtiyot bo'lishimiz kerak".
Barchaga assalomu alaykum. Barchalaringizni fikrlaringizga qarshiligim yo'q, chunki bu sizlarning shaxsiy fikringiz. Inson zamonga moslashadi, o'sha davrda vaziyat juda og'ir bo'lgan, hech kim o'zining shaxsiy fikrini aytolmagan, xalqni ma'naviyatli, ma'rifatli, bilimli qilishga urina olmagan. Oddiygina hozirda Afg'onistonni olaylik, yevropalashib ketgan ayollari ham hijobda yuribdi, sababi joni shirin, bola chaqasining tinchligini o'ylayapti. Kimdir unday, kimdir bunday fikr bildirgan, kimlardur o'sha davrning odamlarini qo'y deb atagan, bu mutloq axmoqlik, shu insonlarni o'rnida bo'lsa, 10 martalab sotardi shu qo'y deb yozganlar.
Спетаминдан ,Аловиддин Мухаммад шохни буюк салтанатларни парчаланишда руслар йук эдику ушанда хам мунофиклар булган бизни миллатга каттик куллик бошкариви булганда давлат ривожланган тарихдан.
Mahmudjon
Hammasini SSSR ga ag'darib qo'yish ham mumkin, lekin Qodiriyni va Cho'lponni Abdulla Qahhor va boshqa adiblar sotganlarigi haqida bir qator dalillar mavjud, bu dalillar o'sha davrda yashagan insonlardan olingan, Qatlnoma asarida ham bu haqida batafsil aytilgan.
Show next 100 comments