Қатағон мавзуси очилганига бир фикр келиб қолди. «Ўзбеклар сотқин», «Қодирийни сотган халқмиз», «Қатағонга ўзимизни сотқин миллат ҳам сабабчи» деган гапларни кўп эшитамиз. Аслида бу гаплар қай даражада тўғри?

Танганинг бошқа томони ҳам бор-ку? Балки бу СССРнинг ифлос раҳбарлари ўйлаб топган стратегия бўлгандир? Балки барчаси олдиндан режалаштирилгандир? Тергов ҳужжатларининг ҳаққонийлиги ва сохталаштирилмаганига ким кафолат бера олади?

Хуллас, шу ва шу каби фикрларни юқоридаги овозли хабарда қолдирдим. Имкон бўлса эшитиб кўрарсиз. Ва бемалол фикр қолдирсангиз ҳам бўлади.

Охирида бироз чалғиб кетганим учун узр :)


👉 @xushnudbek 👈

275 comments

Show 91 more comments
Зафар Э
Хаёт учун кураш бўлган,олдин хам хозирги кунда хам бор
Аввало СССР ни кимлигини аниқлаб олайлик. Бу Россия империяси. Демак СССР хам Худди хозирги Россиядек елгончи, Иккиюзламачи, хаммани бир бирига қарши гиж гижлаб уруштириб, ичидан парчалаш учун сотқинлик қилишган мажбурлайдиган, қилмаса қизи ёки хотинни зўрлайдиган давлат бўлганини хамма билади.
Иккинчидан СССР да СУД деган нарса шунчаки театр бўлган. Агар СЕН ўзи миллатнингни русдан баланд қўйсанг ўлишинг аниқ. Мустақиллик хақидаку гапирмаса хам бўлади
Ассалому алайкум! Бизнинг авлодимиз дан ҳам 7 ака укани бирданига ОЛИБ кетишган. Орасида 9 яшар болани хам диний таълим олаётгани учун айблаб қатағон қилинган. Улар айби, саводли ва бой бўлганлиги. Уларнинг ўзларини қатағон қилиб уй мол мулкини колхозга олишган. Яшаётган уйини Колхозга идора қилишган. 1888 йилда туғилган Онамнинг момоси бор эди, 1998 йил 110 ёшда вафот этган. Шу момомизнинг ака укалари қатағон қилинган. Момом уларнинг изидан кўп суриштирган, лекин дараги чиқмаган, Ўзбекистондан чиқиб кетган рўйхатда бор, лекин сургун қилинган ўлкалар, Сибирда эса бу ҳақида маълумот йўқ, ўртада ўлдирворишганми, ё Сибирда бир нима қилишганми, номаълум! Илоҳим Оллоҳим Шаҳид кетганларнинг жойини жаннатдан қилсин! Келажакда бундай бало қазолар бўлмасин, иншаоллоҳ!
Men ham sizning fikringizga qo'shilaman, Xushnudbek. O'zining jonini o'ylamasa ham, farzandi va oilasi uchun sotqinlikka rozi bo'lgan bo'lishi mumkin, lekin mansab, pul uchun ham sotqin, laganbardorlar ham albatta bo'lgan, buni tarix ko'rsatib turibdi. Shundaylardan barchamizni Olloh asrasin.
IDSCA Менежер
Россияни кулида коп кетиб нимага эришилди? Русдан кура европага якинрок юриш керак. Германияда хамма нарса бор. Россияда нима бор? Мактанадигани шу 9 майми? Германияни енгган руслар парадга немисни Мерсида келишади. Шуям ишми?
Сиз ӯйлаб гапирияпсизми, агар Гитлерни қул остида қолганимизда монарх давлатдан фарқимиз қолмасди, Узбекистон деган давлат булмасди, Гитлер бутун дунёни НЕМИС қиламан деган, сиз у фашист давлатни умуман тарафини олманг
СССРнинг ифлос режаси булган.
Музаффар Абдулхакимов
Акмалжон
Катагон факат узбекистонда булмаганку. Барча халкларнинг зилелилари катагон килинган. Шу жумладан русларда хам грузинларда хам. Албатта дело тулдириш учун показания олинган. Кайси йул биланлиги хеч качон мухим булмаган. Асосийси шоирни шоир показания си бн амалдорни амалдор показани си бн айблашган. Хуллас гадони душмани гадо деган гап бежизга айтилмайди.
Сталин факат одамларни киргин килган, ГУЛАГларда миллионлаб инсонлар нобуд булишган
Sohta guvohlik berdirish, majburan imzo qo‘ydirish bular ruslar botirib kelgan davrlardayoq boshlangan shuning uchun ham bu ham bir strategiya. Tarixni doim kuchlilar yozadi.
G.Farmonova
Ассалому алейкум.
Хушнудбек сизни жуда ҳурмат қиламан.
Фикрлариз ман учун эътиборга арзирлик.
Ўтмиш бу тарих. Биласиз тарих икки хил ёзилади. Ғолиблар томонидан ва мағлублар томонидан ёзилади.
Келила ўтмишни тинч қўйиб, келажак ҳақида фикр алмашайлик.
Ўтмиш ўтди,энди уни қанча муҳокама қилган билан ўзгартириб бўлмайди.
Келажак эса ҳали олдинда
Jo'rayev B
Kelajak deymiz! Aslida hozirgi kunda Oliy ta'lim tizimida va boshqalarda yaqin kunlarda pora va korrupsion yo'llar bilan tamomlagan ba'zi KUCHLI mutaxxassislar egallab oldi ular berayotgan ta'lim sifati juda past - mana shular ham ichki dushmanlardan, sotqinlardan shular sabab haqiqiy mutaxassislar chetda ishlashmoqda
Lekin haqiqatta bizda sotqin chiqishi tez shunga jazoni qattiq qilish kerak
Ertaklar yaxshilikka yetaklar)
Sovet davri paytida o'zlaring, biz degan narsalar bo'lmagan, sovetlar va ularga qarshilar bo'lgan, juda ko'plab ziyolilarimiz tan olaylik qo'llaridan hech narsa kelmasa ham sovetga qarshi chiqishgan, shuning-chun qatag'on qilingan.
Albatta, orasida sovetga qarshi chiqmaganlari ham bo'lishi mumkin.
Tasavvur qiling, hozir O'zbekistonning qaysidir viloyatidan, masalan, o'sha viloyatning butkul mustaqilligi haqida qandaydir ziyoli qatlam chiqsa, davlat qarab o'tiradi, deb o'ylaysizlarmi, konkret JK bo'yicha konstitutsiyaviy tuzumga qarshi chiqish bilan ayblab, umrbod qamab yuboradi yoki g'ayriqonuniy yo'lga o'tib, kerak bo'lsa, xuddi sovetlar paytidagidek gumdon qilish holatlari ham sodir bo'lishi mumkin.
SSSR haqida ko'plab gaplar mif, aslida SSSR aslida boshqacha bo'lgan deb o'ylayman. IMHO
Улугбек
СОТКИН АЛИШЕР НАВОИИ ЁКИ АМУР ТЕМУР ЯШАГАН ДАВРДА УМУМАН КАЙСИ АСРДА СОТКИН БУЛМАГАН
Bu narsalarni qo‘zg‘ashdan kimga foyda, kimga ziyon. Xop mayli, G‘ofur G‘ulom sotgan deylik. Endi nima o‘zgaradi. G‘ofur G‘ulomni haykalini olib, metroga, bog‘larga berilgan nomini olib, "Shum bolani" o‘qimay, tarixni yana boshqattan yozamizmi. Agar unaqa qiladigan bo‘lsak o‘ylaymanki hech birimizni ota-bobolarimiz "vatan qahramoni" bo‘lib chiqmaydi yani sovet davrida davlatga xizmat qilgan har bir odamni xoinga chiqarishimiz kerak bo‘ladi. Fayzulla Xo‘jayev, Akmal Ikromov yoki Sobir Rahimovlarni kim deb bilishimiz kerak. Axir kuni kecha oqlangan Ibrohim Laqay (Mulla Muhammad Ibrohimbek Chaqaboy toʻqsabo oʻgʻli)ni qo‘lga olishda Sobir Rahimov ham shaxsan qatnashganku. Gap kimning xoinligi, kimning vatanparvarligida emas, gap g‘oyada. G‘.G‘ulom 1903-1966-yillarda yashab o‘tgan. Ularni vatani O‘zSSSR, yashagan davri sotsializim, orzusi komunizim qurish bo‘lsa-yu bizning ulardan kutyotgan narsamiz kulgili emasmi. Bu mavzuda soatlab baxslashish mumkin. Lekin hech nima o‘zgarmaydi. Sotgan ham sotilgan ham o‘zimizni ota-bobolarimiz. Tarix tarixligicha qolgani yaxshi.
Shamshi
Birinchi navbatda tarixni yashirib boʻlmasligini inobatga olgan holda bizda bir birini koʻrolmaslik kalta fahimlik ancha oldin Temuriylar va hatto ulardan oldin ham boʻlgan hozir ham bu davom etmoqda afsuslarkim bu narsaga kurashishning iloji ham yoʻq mening nazarimda chunki qon bilan kirgan jon bilan chiqadi
Iroda Abdunayimovna
@Xushnudbek.uz Assalomu alaykum. Sizni o'ylagan savollar meni ham doim qiziqtirgan va qiziqtiradi. 1937-1938 yil qatag'on qurbonlari tarkibi oddiy xalq emas, balki ziyoli qatlam, ma'rifatparvar, ilmli jadidlarimizdan edi. Huddi siz aytganday SSSR rahbarlari strategiyasi desak adashmaymiz, ziyoli qatlam night yo'q qilish orqali butun bir millatni bo'ysundirish ular uchun oson edi. Chunki aynan o'sha ziyolilarimiz o'sha paytda xalqni ko'zini ochish, xurlikka erishish yo'lida jon kuydirib SSSR davrining kamchiliklariyu, zulmlarini o'sha payting gazeta jurnallari orqali ayta olar edi. Tabiiyki, SSSR rahbariyati bunday ziyoli qatlamni yo'q qilish payiga tushgan. Ammo bizga mavhum narsa haqiqatdan ham o'zbeklar sotqinmi yoki hujjatlar soxtalashtirilganmi, yoki o'sha "sotqin" lar shunga majbur bo'lishganmi?
Abdulla Qodiriy birinchi marotaba 1926-yil "Mushtum" jurnalida bosilib chiqilgan "Yig'indi gaplar" hajviy asari bilan qamoqqa olinganda ham aynan o'zi tanigan, o'zining do'stlarining sotqinliklari tufayli hibsga olingan. Majbur bo'lishganmi yoki o'zlari xohlabmi ammo "sotqin"lar o'zining do'stlari, bilganlari edi.
Ichimizda sotqinlar ko'p baribir chiqadi, o'zi bir ish kelmaydi qo'lidan faqat shuni ortidan bir nimaga erishib katta odam bo'lib ketadiganday, Ichki sotqinlar kamaysa hammasi yaxshi bo'ladi.
Faqat SSSR da ayb ham demaylik to'g'ri SSSR o'z foydasi yo'lida har ishni qilgan. Lekin bunday ziyolilarni tanlab yo'q qilish (sotqinlarning qo'li bor) sotqinlikning bir yo'li. Bu yerda kelishilgan sotqinlar va SSSR chunki bizga ulug'larini aniqlab berasanlar biz es bu orqali bu elni qaramlikda ushlashimizda yanada imkon bo'ladi deb reja qilishgan. Bir o'ylab ko'raylik, bir zavod rivojlanayotsa tusatdan uni portlatib yuborsa qanday axvolga tushadi keyin? Ana shunday misol bu ham yuksalishimizni yo'q qildi ablaxlar, jadidchiligimizning gullab yashnashiga to'sqinlik qildi ichi qoralar, ko'rolmadi ularni muttaxamlar.... Ana haqiqat shu
Ular xalqning orasida otilishga nomzodlarni qayoqdan bilardi sotqinlar bo'lmaganda
Show next 100 comments