Қатағон мавзуси очилганига бир фикр келиб қолди. «Ўзбеклар сотқин», «Қодирийни сотган халқмиз», «Қатағонга ўзимизни сотқин миллат ҳам сабабчи» деган гапларни кўп эшитамиз. Аслида бу гаплар қай даражада тўғри?

Танганинг бошқа томони ҳам бор-ку? Балки бу СССРнинг ифлос раҳбарлари ўйлаб топган стратегия бўлгандир? Балки барчаси олдиндан режалаштирилгандир? Тергов ҳужжатларининг ҳаққонийлиги ва сохталаштирилмаганига ким кафолат бера олади?

Хуллас, шу ва шу каби фикрларни юқоридаги овозли хабарда қолдирдим. Имкон бўлса эшитиб кўрарсиз. Ва бемалол фикр қолдирсангиз ҳам бўлади.

Охирида бироз чалғиб кетганим учун узр :)


👉 @xushnudbek 👈

275 comments

Show 100 more comments
Lekin haqiqatta bizda sotqin chiqishi tez shunga jazoni qattiq qilish kerak
Ertaklar yaxshilikka yetaklar)
Sovet davri paytida o'zlaring, biz degan narsalar bo'lmagan, sovetlar va ularga qarshilar bo'lgan, juda ko'plab ziyolilarimiz tan olaylik qo'llaridan hech narsa kelmasa ham sovetga qarshi chiqishgan, shuning-chun qatag'on qilingan.
Albatta, orasida sovetga qarshi chiqmaganlari ham bo'lishi mumkin.
Tasavvur qiling, hozir O'zbekistonning qaysidir viloyatidan, masalan, o'sha viloyatning butkul mustaqilligi haqida qandaydir ziyoli qatlam chiqsa, davlat qarab o'tiradi, deb o'ylaysizlarmi, konkret JK bo'yicha konstitutsiyaviy tuzumga qarshi chiqish bilan ayblab, umrbod qamab yuboradi yoki g'ayriqonuniy yo'lga o'tib, kerak bo'lsa, xuddi sovetlar paytidagidek gumdon qilish holatlari ham sodir bo'lishi mumkin.
SSSR haqida ko'plab gaplar mif, aslida SSSR aslida boshqacha bo'lgan deb o'ylayman. IMHO
Улугбек
СОТКИН АЛИШЕР НАВОИИ ЁКИ АМУР ТЕМУР ЯШАГАН ДАВРДА УМУМАН КАЙСИ АСРДА СОТКИН БУЛМАГАН
Bu narsalarni qo‘zg‘ashdan kimga foyda, kimga ziyon. Xop mayli, G‘ofur G‘ulom sotgan deylik. Endi nima o‘zgaradi. G‘ofur G‘ulomni haykalini olib, metroga, bog‘larga berilgan nomini olib, "Shum bolani" o‘qimay, tarixni yana boshqattan yozamizmi. Agar unaqa qiladigan bo‘lsak o‘ylaymanki hech birimizni ota-bobolarimiz "vatan qahramoni" bo‘lib chiqmaydi yani sovet davrida davlatga xizmat qilgan har bir odamni xoinga chiqarishimiz kerak bo‘ladi. Fayzulla Xo‘jayev, Akmal Ikromov yoki Sobir Rahimovlarni kim deb bilishimiz kerak. Axir kuni kecha oqlangan Ibrohim Laqay (Mulla Muhammad Ibrohimbek Chaqaboy toʻqsabo oʻgʻli)ni qo‘lga olishda Sobir Rahimov ham shaxsan qatnashganku. Gap kimning xoinligi, kimning vatanparvarligida emas, gap g‘oyada. G‘.G‘ulom 1903-1966-yillarda yashab o‘tgan. Ularni vatani O‘zSSSR, yashagan davri sotsializim, orzusi komunizim qurish bo‘lsa-yu bizning ulardan kutyotgan narsamiz kulgili emasmi. Bu mavzuda soatlab baxslashish mumkin. Lekin hech nima o‘zgarmaydi. Sotgan ham sotilgan ham o‘zimizni ota-bobolarimiz. Tarix tarixligicha qolgani yaxshi.
Shamshi
Birinchi navbatda tarixni yashirib boʻlmasligini inobatga olgan holda bizda bir birini koʻrolmaslik kalta fahimlik ancha oldin Temuriylar va hatto ulardan oldin ham boʻlgan hozir ham bu davom etmoqda afsuslarkim bu narsaga kurashishning iloji ham yoʻq mening nazarimda chunki qon bilan kirgan jon bilan chiqadi
Iroda Abdunayimovna
@Xushnudbek.uz Assalomu alaykum. Sizni o'ylagan savollar meni ham doim qiziqtirgan va qiziqtiradi. 1937-1938 yil qatag'on qurbonlari tarkibi oddiy xalq emas, balki ziyoli qatlam, ma'rifatparvar, ilmli jadidlarimizdan edi. Huddi siz aytganday SSSR rahbarlari strategiyasi desak adashmaymiz, ziyoli qatlam night yo'q qilish orqali butun bir millatni bo'ysundirish ular uchun oson edi. Chunki aynan o'sha ziyolilarimiz o'sha paytda xalqni ko'zini ochish, xurlikka erishish yo'lida jon kuydirib SSSR davrining kamchiliklariyu, zulmlarini o'sha payting gazeta jurnallari orqali ayta olar edi. Tabiiyki, SSSR rahbariyati bunday ziyoli qatlamni yo'q qilish payiga tushgan. Ammo bizga mavhum narsa haqiqatdan ham o'zbeklar sotqinmi yoki hujjatlar soxtalashtirilganmi, yoki o'sha "sotqin" lar shunga majbur bo'lishganmi?
Abdulla Qodiriy birinchi marotaba 1926-yil "Mushtum" jurnalida bosilib chiqilgan "Yig'indi gaplar" hajviy asari bilan qamoqqa olinganda ham aynan o'zi tanigan, o'zining do'stlarining sotqinliklari tufayli hibsga olingan. Majbur bo'lishganmi yoki o'zlari xohlabmi ammo "sotqin"lar o'zining do'stlari, bilganlari edi.
Ichimizda sotqinlar ko'p baribir chiqadi, o'zi bir ish kelmaydi qo'lidan faqat shuni ortidan bir nimaga erishib katta odam bo'lib ketadiganday, Ichki sotqinlar kamaysa hammasi yaxshi bo'ladi.
Faqat SSSR da ayb ham demaylik to'g'ri SSSR o'z foydasi yo'lida har ishni qilgan. Lekin bunday ziyolilarni tanlab yo'q qilish (sotqinlarning qo'li bor) sotqinlikning bir yo'li. Bu yerda kelishilgan sotqinlar va SSSR chunki bizga ulug'larini aniqlab berasanlar biz es bu orqali bu elni qaramlikda ushlashimizda yanada imkon bo'ladi deb reja qilishgan. Bir o'ylab ko'raylik, bir zavod rivojlanayotsa tusatdan uni portlatib yuborsa qanday axvolga tushadi keyin? Ana shunday misol bu ham yuksalishimizni yo'q qildi ablaxlar, jadidchiligimizning gullab yashnashiga to'sqinlik qildi ichi qoralar, ko'rolmadi ularni muttaxamlar.... Ana haqiqat shu
Ular xalqning orasida otilishga nomzodlarni qayoqdan bilardi sotqinlar bo'lmaganda
Men bir gapni ishonch bilan aytaman. bizda, o'zbek elida 3ta narsa:korrupsiya, sotqinlik, hasadguylik yo'q bo'lsa ana ushanda elimiz tinch havomiz tiniq yashashimiz go'zal bo'ladi. Buni esdaliklarga chop etib qo'ysa ham bo'ladi.. Xushnudbek aka?
Cho'pon bir qo'zini qo'ysa yo'qotib,
Lol bo'lmang o'zini qo'ysa yo'qotib,
Xotinin uyg'otib o'g'lin uyg'otib,
Jonvorin izlab qilar tongotar... 
_________________________________
Dehqon sigirin sotib qo'ysa yig'laydi, 
Uyalib haftalab uydan chiqmaydi,
To'pori ko'ngliga qil ham sig'maydi,
Gavhar yo'qotgandek qayg'uga botar. 
_________________________________
Dunyoning ishlarin o'ylab bosh qotar: 
Mudom tushunganlar ko'kka tosh otar,
Sotmaydi yurtini biror otboqar, 
Sotsa zerikkandan "Ziyoli" sotar!..
Muhammad Yusuf
Шоҳзод ...
Qor erib suv buladi toza sof, yulda kelayotib loyqa buladi.
Nemislar bosib oganda yaxwi bulardi
Iroda Abdunayimovna
Iroda Abdunayimovna
@Xushnudbek.uz Assalomu alaykum. Sizni o'ylagan savollar meni ham doim qiziqtirgan va qiziqtiradi. 1937-1938 yil qatag'on qurbonlari tarkibi oddiy xalq emas, balki ziyoli qatlam, ma'rifatparvar, ilmli jadidlarimizdan edi. Huddi siz aytganday SSSR rahbarlari strategiyasi desak adashmaymiz, ziyoli qatlam night yo'q qilish orqali butun bir millatni bo'ysundirish ular uchun oson edi. Chunki aynan o'sha ziyolilarimiz o'sha paytda xalqni ko'zini ochish, xurlikka erishish yo'lida jon kuydirib SSSR davrining kamchiliklariyu, zulmlarini o'sha payting gazeta jurnallari orqali ayta olar edi. Tabiiyki, SSSR rahbariyati bunday ziyoli qatlamni yo'q qilish payiga tushgan. Ammo bizga mavhum narsa haqiqatdan ham o'zbeklar sotqinmi yoki hujjatlar soxtalashtirilganmi, yoki o'sha "sotqin" lar shunga majbur bo'lishganmi? Abdulla Qodiriy birinchi marotaba 1926-yil "Mushtum" jurnalida bosilib chiqilgan "Yig'indi gaplar" hajviy asari bilan qamoqqa olinganda ham aynan o'zi tanigan, o'zining do'stlarining sotqinliklari tufayli hibsga olingan. Majbur bo'lishganmi yoki o'zlari xohlabmi ammo "sotqin"lar o'zining do'stlari, bilganlari edi.
Abdulla Qodiriyning nabiralari Sherkon Qodiriy hamda Xondamir Qodiriy bilan uchrashishni va batavfsil bilishni juda xohladim. Uchrashdim,o'zim bilmagan va kitoblarda yozilmagan ko'pgina ma'lumotlarga ega bo'ldim. O'z yaqinlari ko'rsatma berishgan deyilgandi. Demak xujjatlar soxta emas, balki boshqa ziyolilarni majburlashgandir, ularning qo'li bilan yo'q qilmoqchi bo'lgandir, balki haqiqatdan sotgandir. Lekin Abdulla Qodiriy haqiqatdan o'z do'stlarining sotqinliklariga uchragan. O'zim bilgan va nabiralaridan eshitgan ma'lumotlarimni aytish juda uzun va ko'p vaqt talab etadi. Shu sababli ularning tarixiga qiziqqan insonlarni, talabalarni uning nabiralari bilan uchrashib suhbat qilishingizni tavsiya qulgan bo'lardim.
Haqiqatdan balkim Xushnudbek aytganidek "sotqin"lar ham o'sha zamonning, o'sha vaziyatning qurbonlari bo'lishgandir. Chunki Qodiriyning o'g'li Habibullo Qodiriy ( Sherkon va Xondamir Qodiriylarning otasi) ham " Xalq dushmani" ning o'g'li sifatida hech qanday aybsiz 10 yil qamoqda ushlab o'tirildi
Фарангиз,Чарос Маликова
Ланьати СССР бизларни шундай асл инсонлардан мосуво килди.Канчадан канча гунохсиз Ота мехрига туймаган гудаклар Ота деб бузлаб колди.Аелларимизнинг эрсиз колгани етмагандек,уларни хам тинч куймагани аник.У даврларда Бир инсоннинг устидан Бир инсон кулок Эди.Бойликларимизни талагани етмагандек,халкимизнинг халол Кул мехнатларидан жуда унумли фойдаланишди Турмуш уртогим хам Бир неча йиллар Россияга кетиб уй олиш учун неча ойлар оч колмаслик учун Хар неки халол мехнат килишига Рози булган.Кидириб кидириб охири Сибрда иш борлигини ва у ерда яхши ойлик олишини айтган.Кайтай деса уят,кайтмай деса жуда совук шароитда ишлашга мажбур.Охири ноилож Иркутскга келган.Ойлар утиб тел килиб жуда совуклигини мажбур уй олиш учун сабр Билан ишлаб токи уйга пул ишлаб топмагунча кайтмаслигини айтганда йиглаб юборганман. 3 йил деганда аранг Уй олдик.Бу гап Билан Мен Нима демокчиман,асл узбек углонлари Сибрга сургун килинганда адолвтсизликсизлардан,виждонсизликлардон жигар багри кон булиб халкнинг Бир булиб шу Азиз инсонлар учун виждонларидан куркувлари устун келгани ,кузлари билдирмасада калбларида юртига мухаббати,эртанги биз бахтиер булиб яшаетган Бугунги даврларни орзу килиб кетар экан, биз кетсак шу халкимиз омончиликда яшар деб ,куксиларини Калкон килдилар.Уларни кийноклар,чексиз азоблар,фитнага тулиб тошган савол жавоблар Билан эзгилаган махлуклар.Хали хануз уша даврларнинг сояси хамон рус диерининг кайсидир бурчаклврида сакланиб колганини эшитиб ажабланасиз.Сабаби узбек миллатига мансуб юртдошларимизни мазах килишига,сабабсиз калтаклашга,хужум килиб чунтакларидаги бор будидан айришига,,одам каторида курмай арзимаган маош учун ойлаб огир шароитларда ишлаетган юртдошларимга омонлик сурайман.Согиниб кутаетган кора кузлар хакки,еруг юз Билан келиш барча юртдошларимизганасиб килсин.Номинг мангу учсин сени СССР..
Amirliklarda ham sotqinlar ko'p bo'lgan birlashaolmagan 3 xonlik😡😞agar bir bo'lib mudofaa qilganlarida bormi essiz xonliklar kuy ketdi shuncha obruylari.
Azizhon Rustamovich UWED
Bugun arxiv bn ishlagan yaqin insonim bn gaplashdim, va va shu Cholponlarni kim sotgan degan savolimga, "uzimiznikilar" degan javob oldim. Shuning uchun hamru jadidlarga alqador arxiv malumotlarni hammasini ham ochishmaydi
SSSRni yomonlayotganlar, SSSRni bilmaganlaring uchun ko'r bo'lasizlar demayman, chunki allaqachon ko'r bo'lib bo'lgansizlar.
Xonliklar davrida qanaqangi adolatsiz tuzum bo'lganini bilasizlarmi o'zi, o'zi yuqorida izoh yozayotganlar tarix o'qiganmisizlar?!
Xo'p, Oq podsho paytida ham xalqimizga katta ijobiy o'zgarishlar bo'lmasa ham, lekin qullik aynan o'shanda bekor qilindi, tushunyapsizmi, ruslar kelmasidan bizda qullik mavjud bo'lgan, bir insonning ikkinchi insonga qulligi, ruslar poyezdi kelganda uning oldiga xalqimiz hashak olib chiqib tashlagan, bu jonivor hashak yermikin, suv icharmikin deb, tasavvur qilyapsizmi?! Biz shunaqa darajadagi xalq bo'lganmiz, aslida jadidlarning juda ko'pchiligi aynan ruslar tashkillashtirgan rus-tuzem maktablarida o'qib bilimli bo'lishgan, Tolstoy bilan yozishmalar qilgan birinchi o'zbek yuristi Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev ham rus-tuzem maktabida hamda Rossiya huquq oliygohlarida o'qib shu darajaga yetgan, to'g'ri Oq podsho davrida baribir xalq manfaatlari birinchi darajaga chiqmay, boylar, amaldorlar manfaati birinchida edi, lekin SSSR paytida unday emas, SSSR butun SSSR bo'ylab, shu jumladan, O'zSSR hududida ham bepul majburiy ta'limni joriy qilgan, bepul tibbiy xizmatni joriy qilgan, butun aholini ish bilan ta'minlagan, adolatli mehnat sharoitlari yaratgan, ayollar va erkaklar tengligi aynan SSSR va butun dunyo sotsilistlari, kommunistlarining harakatlari bilan bog'liq. SSSR paytida aholi uy-joy bilan ta'minlangan, narx-navo inflatsiya bo'lmagan deyarli, asosiy o'ringa xalq manfaatlari qo'yilgan.
Iroda Abdunayimovna
Iroda Abdunayimovna
@Xushnudbek.uz Assalomu alaykum. Sizni o'ylagan savollar meni ham doim qiziqtirgan va qiziqtiradi. 1937-1938 yil qatag'on qurbonlari tarkibi oddiy xalq emas, balki ziyoli qatlam, ma'rifatparvar, ilmli jadidlarimizdan edi. Huddi siz aytganday SSSR rahbarlari strategiyasi desak adashmaymiz, ziyoli qatlam night yo'q qilish orqali butun bir millatni bo'ysundirish ular uchun oson edi. Chunki aynan o'sha ziyolilarimiz o'sha paytda xalqni ko'zini ochish, xurlikka erishish yo'lida jon kuydirib SSSR davrining kamchiliklariyu, zulmlarini o'sha payting gazeta jurnallari orqali ayta olar edi. Tabiiyki, SSSR rahbariyati bunday ziyoli qatlamni yo'q qilish payiga tushgan. Ammo bizga mavhum narsa haqiqatdan ham o'zbeklar sotqinmi yoki hujjatlar soxtalashtirilganmi, yoki o'sha "sotqin" lar shunga majbur bo'lishganmi? Abdulla Qodiriy birinchi marotaba 1926-yil "Mushtum" jurnalida bosilib chiqilgan "Yig'indi gaplar" hajviy asari bilan qamoqqa olinganda ham aynan o'zi tanigan, o'zining do'stlarining sotqinliklari tufayli hibsga olingan. Majbur bo'lishganmi yoki o'zlari xohlabmi ammo "sotqin"lar o'zining do'stlari, bilganlari edi.
Fitrat, Cho'lpon kabi ma'rifatparvarlarning nomlari to Mustaqillik yillariga qadar oqlanmagan va ijodi xalqqa to'la qaytarilmagan. Sababi, ularning farzandlari ularni nomini oqlashga SSSR zamon rahbarlari zulmidan, o'sha paytdagi qaltis vaziyatdan havotirda bo'lgan. Abdulla Qodiriyning nomi esa Mustaqillik yillariga qadar ham nomi oqlangan edi va Mustaqillik yillarida esa butunlay oqlandi. Chunki uning Habibulla Qodiriydek farzandi bo'lgan deb juda ko'p yozuvchilarimiz takrorlashadi.
Habibulla Qodiriyning "Otam haqida" hamda "Qodiriyning so'nggi kunlari" da ham biz oldin o'qimagan ma'lumotlar bor.
Lekin shunday bo'lsada arxiv hujjatlari qayta ko'rilsa va ajdodlarimiz, ulug' ziyolilarimiz haqida aniq ma'lumotlarni bilishni juda xohlaymiz biz ham. Bu juda kerakli mavzu bo'libti
Умида Бешимова
Ха айбни Энди йук мамлакатга тункаришдан осони йук!!!
Кайнотамизни дадаларини айнан узимизникилар яъни кушнилари куролмаслик килиб сотишган.
Буни хамма билади .
Хеч кандай сохталаштирилмаган!
Кайнотамиз улгунича душмани кимлигини айтиб кетди.
Дадаларини излади.
Минг афсус уларнинг улимидан кейин 4 чи китобда маълумотлар чикди!
Узмизни оклашга устами!
Чалгитишни бас килиш керак!
Хадеб СССР унда бундай дейвермай,Бу тактика билан эмас яъни утиб кетган давно коралаб кавлайвермай, балки ха яхши яшагандик Энди у даврлар кайтиб келмайди,лекин ундан хам яхширок яшашга имкон бор дейиш керакми деб уйлайман!!!
СССР пайти мехнат килган инсонни кадры баланд эди!
Лекин якинларда бундан баттар ишлар хам булди.
Буляпти хам!
Тангани иккинчи томони бордир!!!..
Аммо хамма нарсани уз оти билан аташниям урганиш керак!!!
Бизнинг оиламиз аник биламиз ким отамизни сотганини!!!!
Умида Бешимова
Яна СССР да яшамаганлар тариф берманг курмаганизга!
Хозирги булаётган сохта судларни хам куриб чикинглар!
Балки бегунох кимнингдир найранги билан утирган чорасизларни куткаришнинг иложи булар !!!
Сабаби улар тирик!
Тирикларниям кадрлашни урганайлик!!!
Show next 100 comments