😀 Super finalchilar soni 51* taga yetdi!➗ Oldinroq xabar
berganimizdek, yozda
mutlaqo yangi va o‘z sinfida barcha hududlar bo‘yicha
eng kuchli o‘quvchilargina qatnasha oladigan
"SUPER FINAL" olimpiadasini o‘tkazamiz. Bu haqida batafsil video-tushuntirish berganman:
➡️ t.me/khiso/4770😇 Hozircha olimpiadalarimiz rasman
Toshkent shahar, Samarqand, Buxoro, Xoraz, Jizzax, Sirdaryo va Namangan viloyatlarida o‘tkazilmoqda. 2025-yildagi dastlabki
6 ta olimpiadadan keyin
jami 51* ta "super finalchi" aniqlandi. Bulardan 28 tasi
Xorazm, 15 tasi
Toshkent shahar, 5 tasi
Buxoro, 1 tasi
Samarqand va 2 tasi
Jizzax viloyatidan. Hozircha
Sirdaryo va
Namangandan
"super finalchi" aniqlanmadi.
👍👍 Bu safar
Qashqadaryolik va
Farg‘onalik o‘quvchilar uchun ham oflayn olimpiadalar o‘tkazilishini mamnuniyat ila ma’lum qilamiz!
🤝Boshqa hududlardan ham ishonchli, mas'uliyatli va olimpiadalar tashkil qilishda tajribasi bor hamkorlar bilan muzokaraga ochiqmiz. 😀 Darvoqe,
6-aprel yakshanba kuni to‘qqizta hududda navbatdagi oflayn olimpiada o‘tkaziladi. Batafsil:
➡️ t.me/khiso/4834