This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun - yil yakuni oʻziga xos sarhisob va yangi maqsadlar qoʻyish kuni desak boʻladi.

2024-yilda biz jamoamiz bilan 5 ta kitob nashr etdik. 200 dan ortiq onlayn, 50 dan ortiq oflayn olimpiadalar oʻtkazdik. Shulardan 1 tasi xalqaro, 10 ga yaqini respublika miqiyosida. Shuningdek, eng katta orzularimizdan boʻlgan va iqtidorlarni kash etishni maqsad qilgan maktabimiz tamal toshlarini qoʻydik. Bu loyihalarimizni qoʻllab quvvatlagan insonlar, xususan Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat Abdullayevich, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirot Avazimbetovich, TIFT universiteti asoschi Azizbek Xatamovich, Turin Politexnika universiteti rektori Olimjon Alijanovich, har doim maslahatgoʻy ustozim Karim Rahimov va albatta siz aziz xalqimiz.

2025 soni haqida biroz oldin post qoldirdim, chiroyli matematik xossalarga ega. Shunday ekan, bu yil ilm-fan uchun zafarli yil boʻlishini tilayman. Biz ham bu yilda loyihalarimizni sifat va koʻlam borasida yangi bosqichga olib chiqishni reja qilganmiz. Nasib qilsa geografiyamiz yanada kengayadi. Bu yildan olimpiadalarimiz bir vaqtda Toshkent shahar, Xorazm, Buxoro va Samarqand viloyatlarida oʻtkaziladi. Maktabimiz toʻliq ish faoliyatini boshlaydi.

Yangi yilda ham biz bilan boʻling, keling birgalikda katta marralarga erishamiz.

Hurmat bilan Sardor Bozorboyev!

12 comments

Show 2 more comments
46×44+1=45×45 46×44=2024 45×45=2025 (a+1)×(a-1)+1=a^2
Ассалому алайкум устоз
Янги йил кутлуг кадам галсин устоз..мани боломом халкаро олимпиадис булиб давлатимиз байрогини куклара кутарсин
Zeboxon Salimova
Andijondachi
Assalomu alaykum Sardor ustoz! 3 yildan beri oʻgʻlim sizlarning online olimpiadalarizga qatnashib keladi. 2024 yilda yozgi maktabda ham borib keldi. Ustoz bu yutuqlarda ham sizning hissangiz bor. Chunki birinchi qatnashgan olimpiadalarda kara jadvalini ham bilmasdi. Berilgan testlarni ¼ ni zoʻrgʻa yechardi. Endi orzusi Prezident maktabida oʻqish. Shuning uchun sizga va jamoangizga katta rahmat. Ziyo nuri tarqarib charchamanglar. Kelayotgan yangi yil hammaga muborak boʻlsin.
Ilhomjon Sapayazovich
Ilohim boshlagan xayrli ishlaringizning rivojini bersin ,farzandimiz Shaxbpzbek
bugun top o'quvchilar orasida faxrli o'rinni egalladi bunda sizning mehnatlaringizning
natijasi deb bilaman.Yosh iqtidorlarni kashf qilishdek xayrli ishlaringizda omad
tilayman,bayramlaringiz bilan.
Assalomu alaykum xurmatli ustoz yangi yilingiz muborak bòlsin
Meni goyibona ustozim :
SIZ VA KHISO RASMIIY KANALI
CHUKI men olayin olimpiadalarda doim qatnashishga xatnashishga xarakat qilaman va qatnashaman :
Bilmaganlarimni test taxlillaridan òrganaman natijada 1 - dekabr KINDER SCHÒL QIĜIZISTON XALQARO OLIMPIADASIDA 2 - Òrinni oldim . Buni siz aziz ustozlarni mexnatlaringizni natijasi deb bilaman .
KHISO UZ RASMIY KANALDA olimpiadalarni. doim kutaman
.Sizlarga katta raxmat xamisha bizlarni baxtimizga soĝ bolinglar salomat bòlinglar ijoddan tòxtamanglar yangiliklarni kutib qolaman .
YANA BIR BOR YANGI YILLARINGIZ MUBORAK BÒLSIN .
Ахмедова Халимахон
Ассаламу алейкум ишларингизда омад