Bugun - yil yakuni oʻziga xos sarhisob va yangi maqsadlar qoʻyish kuni desak boʻladi.2024-yilda biz jamoamiz bilan 5 ta kitob nashr etdik. 200 dan ortiq onlayn, 50 dan ortiq oflayn olimpiadalar oʻtkazdik. Shulardan 1 tasi
xalqaro, 10 ga yaqini respublika miqiyosida. Shuningdek, eng katta orzularimizdan boʻlgan va iqtidorlarni kash etishni maqsad qilgan
maktabimiz tamal toshlarini qoʻydik. Bu loyihalarimizni qoʻllab quvvatlagan insonlar, xususan Fanlar akademiyasi prezidenti
Shavkat Abdullayevich, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Qoʻngʻirot Avazimbetovich, TIFT universiteti asoschi
Azizbek Xatamovich, Turin Politexnika universiteti rektori
Olimjon Alijanovich, har doim maslahatgoʻy ustozim
Karim Rahimov va albatta siz
aziz xalqimiz.
2025 soni haqida biroz oldin post
qoldirdim, chiroyli matematik xossalarga ega. Shunday ekan, bu yil ilm-fan uchun zafarli yil boʻlishini tilayman. Biz ham bu yilda loyihalarimizni sifat va koʻlam borasida yangi bosqichga olib chiqishni reja qilganmiz. Nasib qilsa geografiyamiz yanada kengayadi. Bu yildan olimpiadalarimiz bir vaqtda
Toshkent shahar, Xorazm, Buxoro va Samarqand viloyatlarida oʻtkaziladi. Maktabimiz toʻliq ish faoliyatini boshlaydi.
Yangi yilda ham biz bilan boʻling, keling birgalikda katta marralarga erishamiz.
Hurmat bilan Sardor Bozorboyev!
bugun top o'quvchilar orasida faxrli o'rinni egalladi bunda sizning mehnatlaringizning
natijasi deb bilaman.Yosh iqtidorlarni kashf qilishdek xayrli ishlaringizda omad
tilayman,bayramlaringiz bilan.
Meni goyibona ustozim :
SIZ VA KHISO RASMIIY KANALI
CHUKI men olayin olimpiadalarda doim qatnashishga xatnashishga xarakat qilaman va qatnashaman :
Bilmaganlarimni test taxlillaridan òrganaman natijada 1 - dekabr KINDER SCHÒL QIĜIZISTON XALQARO OLIMPIADASIDA 2 - Òrinni oldim . Buni siz aziz ustozlarni mexnatlaringizni natijasi deb bilaman .
KHISO UZ RASMIY KANALDA olimpiadalarni. doim kutaman
.Sizlarga katta raxmat xamisha bizlarni baxtimizga soĝ bolinglar salomat bòlinglar ijoddan tòxtamanglar yangiliklarni kutib qolaman .