This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Заковатда пул берадими?» — Заковат клубига аъзо бўлганимга 17 йил тўлган бўлса, шу давр ичида ушбу саволни минг марталаб беришган. Танишлар ҳам, нотанишлар ҳам. Заковат кўрсатувида чиққан барча билимдонларга доим бериладиган савол шу — «Кўрсатувда чиққанингиз учун сизларга пул беришадими?».

20 йил давомида Заковатда билимдонларга деярли ҳеч қандай пул берилмаган. Бунинг учун тайинли шароит ҳам бўлмаган. Аксинча биз клубнинг турли харажатлари учун ёнимиздан ҳар ойлик "взнос" пули тўлардик.

Шу жавобдан кейин яна савол беришарди — «Унда сенга нима зарил?».

Биз Заковатга пул учун бормаганмиз. Биз Заковатга янги билимлар, адреналин, ҳаяжон, кураш ва ғалаба қувончи учун борамиз. Биз Заковатга билимли дўстлар учун борамиз. Биз Заковатга юқоридаги видеода тасвирланган азарт учун борамиз.

20 йилдан сўнг интеллектуал ҳаракат мана энди қўллаб-қувватланишни бошлади. Сабрнинг таги олтин, дегани шу бўлса керак. Аллоҳга шукр.

Мен қаттиқ ишонаман, илм йўлидаги бу ҳаракатларимиз албатта натижа беради.


👉 @xushnudbek 👈

127 comments

xushnudbek aka superga Wartnoma ciqarishsin tezroq
Tolov 15 oktyabrgaca qiliw ekan.Lekn wartnoma xali xamon ciqmagan
Shu adrenalin uchun Buxoro daman jamoam bilan
Feruza Zokirova
Zakovatni sog'indim)
Assalomu alaykum Musulmonlar ismim Azizbek yoshim 20 Samarqand veterinariya meditsinasi instituti veterenariya profilaktikasi va davolash fakulteti 3kurs talabasiman shartnoma asosida oʻqiyman stependiyasiz ,bilasizmi taqdir meni juda koʻp sinadi sinov berdi va bu hali ham davom etmoqda yigit kishi uchun ayniqsa u navqiron yoshda boʻlsayu "Temir daftar"da tusa bu juda alam qiladi ekan, toʻgʻri men oldin notoʻgʻri joyda ( gʻisht zavodda xumdonni ichida issiqda) ishlab katta xato qilganman va buning aziyatini hozir oʻzim chekyapman( buyrakda tosh va tuz, siydik yoʻllarida kuchli shamollash va davlena hamda kamqonlik) juda qiynalib ketdim kantraktga kirganimda hamma oʻqi yigit kishi oʻqish kerak bu hozirgi zamon talabi til oʻrgan kompyuter oʻrgan deyishgan, ammo puling boʻlmasa va uyingda doimo notinchlik qiyinchilik boʻlsa koʻngilga hech narsa sigʻmaydi ekan, har kuni mardikor bozorga chiqib qaytib kelayapman ob-havo noqulay ,keyin esa vizipga chiqib kasalliklarni davolashni oʻrganaman. Yaqinda shifokorim Lichena olishimni aytdi unga esa kamida 700 ming pul ketadi ekan , Shartnoma asosida stependiyasiz oʻqiydigan talabaga bu qiyin shuning uchun iltimos ish masalasida yordam beringlar kechki smena boʻlsa ham oʻqib ishlamasam boʻlmaydi Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh ta'ala
Kimda oʻqib boʻlingan Paygʻambarimizning yoshlarga nasihatlari , Yaxshilik va siylayi rahm hamda Odoblar xazinasi va boshqa shunga oʻxshash kitoblar bor

Iltimos menga keyin ish masalasida yordam kerak edi. Oʻzim talabaman shartnoma asosida oʻqiyman stependiyasiz sharotim oʻgʻir. Hamma IT oʻrgan deyapti unga esa kompyuter kerak ekan

 AVVALO UMIDIM ALLOHDAN YORDAM BERINGLAR INSHAALLOH ARAB TILINI OʻRGANYAPMAN HOZIR TAVJIDNI YARIMIDA KETYAPMMAN INSHAALLOH QUR'ONI KARIMGA TUSHAMAN
Мавжуда Мирзокировна
Хурмат қиламан,соғ саломат бўлинг
Хушнудбек ишларизга омад! билим пулга сотилмаслигини яна бир бор исботлаб беряпсиз. ёш авлодга сизларнинг йўлларизни берсин. олға
Biz ham qatnashsak boʻladimi
Muzaffarovnaa
Inshaalloh men ham katta Muvaffaqiyatlar qozonaman Va Yurtimga va oilamga KEREKli Inson bo'laman
Savol topgan odam bir chetda qolib, boshqalar baqir chaqir qilishida qandaydir ramziy ma'no bordek. Hayotda ham odatda shunaqa buladi. San nimadirga erishasan, boshqalar mukofotini olishadi.
Omad yor bo'lsin. Bilimni, zakovatni rivojlantirish yo'lida hech tolmanglar.
👍👍👍👏👏👏👏
Ishlaringiz bundan ham yuksalsin. Biz ham sizlardek qatnashib gʻalaba qilaylik
Xishnud aka omad! Sizlar Zakovatning bir qismiga aylanib bo'lgansizlar, sizlarsiz Zakovatni tasavvur qilish qiyin...
Òyinni qanday kòrsak bòladi??
Show next 100 comments