​​Сиз ҳам олдингизми? 19 мингга яқин хотин-қизлар 4 фоизлик қўшимча грант учун тавсиянома олишди

Айтилишича, 10 июлга қадар 32 минг 98 нафар хотин-қизлар тавсиянома олиш мақсадида ҳудудий туман (шаҳар) маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш бўлимларига мурожаат қилган.

9 минг 197 нафар мурожаатга ишчи гуруҳлар томонидан шу куннинг ўзида оғзаки тушунтиришлар берилган. 4 минг 272 нафар хотин-қиз томонидан тақдим қилинган ҳужжатлар белгиланган мезонларга тўғри келмагани учун уларга рад этилиш асослари кўрсатилган хулосалар юборилган.

Қайд этилишича, 18 минг 628 нафар хотин-қизга маҳалла ва оилани қўллаб-қувватлаш бўлимлари томонидан тегишли тартибда тавсияномалар берилган.

Ҳудудлар кесимида:

👉 Қорақалпоғистон Республикасидан — 1370 нафар;
👉 Андижон вилоятидан — 1418 нафар;
👉 Бухоро вилоятидан — 836 нафар;
👉 Жиззах вилоятидан — 924 нафар;
👉 Навоий вилояидан — 762 нафар;
👉 Наманган вилоятидан 1898 нафар;
👉 Самарқанд вилоятидан 1833 нафар;
👉 Сурхондарё вилоятидан 1681 нафар;
👉 Сирдарё вилоятидан 828 нафар;
👉 Фарғона вилоятидан 1901 нафар;
👉 Тошкент вилоятидан 1142 нафар;
👉 Хоразм вилоятидан 1325 нафар;
👉 Қашқадарё вилоятидан 2027 нафар;
👉 Тошкент шаҳридан 683 нафар хотин-қизга тавсиянома берилган.

Эслатиб ўтамиз, ушбу тавсияномалар бакалавриатнинг фақатгина кундузги таълим шакли учун тақдим этилади. Сиртқи ёки кечки таълим шакли учун амал қилмайди.

Батафсил маълумот:
👉 @davlattestmarkazi 👈

164 comments

Show 20 more comments
Зухра Раджабовна
Ман 7кундан буен езаман.5%ли ички иш ходимлар учун берилган квота ДТМ га киритиб беришингизни сураймиз
Bu 15 iyulgacha berildi kam taminlangan ota onasi yoqlar yan wunga oʻxwaxlarga beriladi
Nıma boğandan ham Hammamizga omad yor bo'lsin ☺️
Yusupova Shoxina
Assalom u alaykum
Men tavsiyanoma olish uchun ariza bergandim lekin menga rad javobini berishdi onam 1 guruh nogironi bolgani uchun bergan edim menga oilada farzadni o'zi nogiron bo'lsa beriladi deyishdi ahir nogironlar uchun 2%li kvota ajratilgan ku men shunga tushunmayapman ariza berish uchun judayam ko'p ovora boldim nega menga boshida murojaat qilib borganimda aytishmagan onamni qorovsiz qoldirib bir necha martiba bordim
Haa yoq yozganingiz befoyda zuxra opa endi berilmaydi bu yil aprel oyidan harakat qilib koʻring 5 %liga ichki iwlar xodiminging farzandi ili ayoli uchun boʻlsa oʻwa yerda iwlaydigan otangiz yoki eringiz iwhonasi beradi
Bu imtiyozni qanday afzalligi bor km biladi
Yusupova shoxina qarang tuwuntiramab
Agar onangiz nogiron boʻlsalar nogiron onangizga beradi sizga emas
Sabina
Yoq hamma ham olmaydi
Lekin juda kòp odam olgan. Menga umumiy ballni 30% olsangiz grant kirasiz òqishga deb aytishdi. Shu rostmi
𝓜𝓾𝓷𝓲𝓼𝓪
Man ham bu tavsifnoma ni olgandim endi
Toshkent viloyati dan ta1142 xotin qizlar olgan .òzi Toshkent viloyati ga 80 ta ajratilgan ekan
Shu 1142 tadan 80 ta xotin qizlar olinadimi
Bu imtiyozni qarang qanday afzalligi bor misol uchun siz 4 foyizlik oldizngiz med institutga topwirdingiz agar 56 baldan yuqori olsangiz yani 60 bal olsangiz 1 oʻrin garndga kirasiz qachonki topwirgan fakultetizga faqat imtiyozli siz boʻlsangiz agar siz topwirganga yana 10 ta imtiyozli topwirsa qaysilarizni balariz koʻp oʻwa brand bn kiradi oʻqiwga faqat 60 baldan yuqori olsagina
Maxliyo
Mayli sog‘ salomat bo‘lingsizlar. Hudo xohlasa hammasi yaxshi bo‘ladi
Xayrli kech Sabinadan tashqari yana kimlar imtiyoz olgan
80 ta ajratgan boʻlsa hammasini turli hil holatlarda bergan masal yetim, nogiron, kam taminlangan vahokazo
Ha eng yuqoriga berilganga beriladi faqat oʻwa ham 60 baldan yuqori boʻlsa
Show next 100 comments