This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡Талабалар бош кўтаришди!

Карантин сабаб апрел ойидан онлайн таълимга ўтган талабалар, янги ўқув йилида ҳам дарслар онлайн бўлиши ҳақидаги янгиликлар ортидан ижтимоий тармоқларда норозилик ҳаракатларини бошлашди.

Талабаларнинг фикрига кўра, аввал бошданоқ талабга жавоб бермайдиган таълимнинг онлайн шакли учун ҳам қиммат контракт тўлаш бу адолатсизлик!

Айтишларича, тўлов контракт нархларини тушириш учун етарлича фактлар бор. Масалан, ОТМ харажатлари қисқарган, ўқитувчилар эса олдингига қараганда осон ва кам ҳаракат ва харажат қилиб ҳам аввалгидек ойлик маош олишмоқда. Лекин сифатсиз онлайн таълим олаётган талабаларнинг контракт нархи ўша-ўша ҳолда қолмоқда. Аслида, бутун дунёда онлайн ва офлайн таълим нархлари бир биридан фарқ қилади

Воқеалар ривожини кузатамиз!

Сафимизга қўшилинг!
👉 @davlattestmarkazi 👈

154 comments

Show 100 more comments
To‘g‘ri fikr online darslari bir tyinga qimmat
Lekin ularni ham togri tushunish kerak bu yil yangilik bo‘ldi hammaga online dars!
Hammasini vaqt ko‘rsatadi
Yangi o‘quv yilidan ko‘ramiz darslani
Oliy ta'lim nafaqat Oliy ta'lim balki maktabgacha va o'rta maktabdagi ta'lim sohasi ham hozir ancha og'ir ahvolga tushib turibdi. Shunday bir pandemiya talaba va o'quvchilar sharoitida davlatning siyosatiga aralashishning o'zi noto'g'ri g'oya! Agarda ta'lim sohasi masofaviy online olib boriladigan bo'lsa ham kontrakt so'mmasi kamaytirilishi bo'lmagan gap. Chunki internet masalasi hali bizda unchalik rivojlanmagan, buni to'g'ri tushungan holda internet sifatini va tezligini oshirib berishni so'rash maqsadga muvofiq bo'lardi. Men ham o'zim talabaman to'g'ri kontrakt to'lab o'qish ham oson emas, lekin hozirgi sharoitdan kelib chiqib talabalarga bir taklifim shuki darslar online olib borilsa talabada ortiqcha vaqt bor bo'ladi va uyida tadbirkorlik bilan shug'ullanib ekin-tekin ekib daromad olib bemalol kontraktini to'lashi ham mumkin! O'qish kuni bo'yi vaqtini olmaydi hatto kunduzgi ta'limda o'qigan paytlarimizda ham darslarni bajarishga bemalol ulgurardik. Hozir esa vaqtdan ancha yutish mumkin! Ta'lim sifati haqida gapiradigan bo'lsak darslarga qatnashib biror narsa o'rganmagan talaba online ham hech narsa o'rganmasligi aniq, o'zida harakati bor talaba esa topshiriqlarni o'zi uchun albatta bajaradi va o'rganadi ham! Qisqasi xulosa hammaning o'ziga havola!
––––•(-• Ha$an•-)•––––
Narxini tushirish kerak
stependiyani nima qilishdiki kontraktni nima qilishadi haromxoʻrlarni hammasini yoqvorish kerak
Кодирова.
Doktor Xaus
stependiyani nima qilishdiki kontraktni nima qilishadi haromxoʻrlarni hammasini yoqvorish kerak
Хай хай хозр Пахтакорлар сизга епишиб кетади🤣
faqat rosdini ayting nechpul yegansiz
Saviyasizonline darslarga nega kontrakt tuwirilmagan. Insof qani
Talaba - eng ahmoq zot, hurmatini bilmaydi. Qancha ezsang, hurmat qiladi (nima qilib bo'lsa ham, 3 bahosini olsa buldi, har narsaga rozi). Sal erkinlik berib qo'ysang, boshingga chiqadi (4 oylik darsda 4 marta gapirib quyib, yaxshi baxo da'vo qiladi).

Bu ham o'shanga bir misol. O'sha onlayn darsga ham o'rninglarga o'qituvchilaring kiryapti, xuddi auditoriyada utirib darsga qatnashging kelmaganidek. O'z fikrim, va bildirib qo'yay: men o'qituvchimasman!
Bitta zòr taklif borda karantin tugab avvalgi holatga qaytguncha òqishlarni vaqtincha tòxtatib turish kerak deb òyliman. Chunki internet hamma joyda ham yaxshi emas. Shaxsan men med yònalishida òqiyman lekin bahorgi semestrning online bòlishi umuman xech narsa òrganib bòlmadi chunki med òz nomi bilan med u amaliyot bilan mustahkamlanishi kerak. Online darslarda esa amaliyot qilib bòlmidi faqat kitob òqish test ishlash video darsliklarni kòrish..... Menimcha bu òrganish uchun yetarli emas chunki biz realni odam bilan ishlimiz unda bizga test yoki A,B,C,D variant bòlmidi. Xech bòlmasa med yònalishini online qilmaslik kerak sababi medni bitirgan talabalar yani shifokorlar inson hayotiga javobgar bòlamiz. Ertaga xudo kòrsatmasinu shu "sifatsiz" talabga javob bermidigan online darslarni bitirgan talaba qòliga tushgan yuqori mansabdagi shaxslar hayoti nima kechishi mumkin...?Bu mening shaxsiy fikrim qòshilish yoki qòshilmaslik òzingizga havola. Agar oramizda yana medda òqiydiganlar bòlsa bu gaplarimni albatta tasdiqlashsa kerak deb òylayman.