Магистратурага кириш имтиҳонлари 2 босқичда бўлади

#abituriyent

Жорий йил:

➖ давлат ОТМларининг магистратура (клиник ординатура) мутахассисликларига ўқишга қабул қилиш 2 босқичда амалга оширилади. Бунда, 1-босқичда мос фанлар бўйича кириш имтиҳонлари, 2-босқичда ДТМ томонидан чет тили бўйича тест синовлари ўтказилади;

➖ чет тили бўйича тегишли даражадаги миллий ёки халқаро сертификатга эга абитуриентлар тест синовидан озод қилинади ва мазкур фандан максимал балл берилади;

➖ мос фанлар бўйича имтиҳонлар натижалари уч кун муддатда ОТМ томонидан ДТМга тақдим этилади ҳамда ўзининг веб-сайтида эълон қилинади;

➖ чет тилидан тест натижалари эртаси куни ҳамда магистратура (клиник ординатура) қабули бўйича танлов натижалари бир ҳафта муддатда ДТМнинг веб-сайтида эълон қилинади.

Жорий йилда ҳам магистратура (клиник ординатура) мутахассисликларига қўшимча қабул параметрлари асосида ўқишга қабул қилиш бўлади. Қўшимча жой учун тўлов-контракт суммаси ОТМ томонидан мустақил белгиланади.


👉 @xushnudbek 👈

327 comments

Show 74 more comments
Azamat Hamdamov
Kunduzgi sirtqi kechki hammasini tashlab qo'ying
OTM omasin DTM osin ula savollani tarqatadiku
Беҳзод Ширинов
Avazov Sh
Yangi vazir eski tartib qattiq qoraladi lekin bundan keyin noturdosh yo‘nalishga topshirib bumaydi
Oʻsha boʻyicha faqat gap soʻzlar eshitdimda biron qaror qabul qilinganmi siz bilasizmi
Bu yil magistraturga qachondana hujjatlarni qabul qila boshlaydi
Nazokat
Ibrohimov Zikrillo
Sertifikati yoq bolsa xam topshir sa boladimikan
Sertifikat yo'q bo'lsa dtm tomonidan test o'tkaziladi o'shanda qatnashar ekansiz
Assalomu alaykum bakalavriyatga qabul qanday amalga oshiriladi
Bakhodir A
Xorijiy tillar yo'nalishi bo'yicha o'qimoqchi bo'lganlarga qanaqa test bo'ladi?, Sertifikat o'tadimi?
Assalomu alaykum. Ingliz tili yònalishiga kiradiganlarchi? Ular ham chet tilidan test topshiradimi?
Qaysi kundan boshlanarkan magistrga qabul
Assalomu alaykum. Dtm tomonidan chet tili testlari namunalari berildimi? Savollar qanaqa bõladi? IELTS darajadami yoki grammatikami?
Assalom alaykum magistraturaga chet tilidan òzi xohlagan tildan imtixon topshirsa bòladimi
Bakalavrni sirtqi shaklida oʻqiganlar magistraturaga topshirolmaydi degan gap soʻzlar bor. Bu rostmi?
Eshak oʻyin boshlanarkanda yanaa
Hilola Vasiyeva
Hujjatlar online topshiriladimi bu yil ham shunda?
Assalomu alaykum, yangi o'zbekiston university ochilibdi, magistraturasi ham bormikan habarilar bormi ,yoki usha yerni uzini bitirganlar kiradimi
qabul bowlaniwi qachon
Assalomu alaykim. Magistraturaga kirish tartibi o‘zgardimi. Xohlagan yo‘nalishga topshirsa bo‘ladimi. Qabul qachondan boshlanadi.
Bintu Tolib
Diploma ilovadagi ball inobatga olinadimi
Show next 100 comments