Магистратурага кириш имтиҳонлари 2 босқичда бўлади

#abituriyent

Жорий йил:

➖ давлат ОТМларининг магистратура (клиник ординатура) мутахассисликларига ўқишга қабул қилиш 2 босқичда амалга оширилади. Бунда, 1-босқичда мос фанлар бўйича кириш имтиҳонлари, 2-босқичда ДТМ томонидан чет тили бўйича тест синовлари ўтказилади;

➖ чет тили бўйича тегишли даражадаги миллий ёки халқаро сертификатга эга абитуриентлар тест синовидан озод қилинади ва мазкур фандан максимал балл берилади;

➖ мос фанлар бўйича имтиҳонлар натижалари уч кун муддатда ОТМ томонидан ДТМга тақдим этилади ҳамда ўзининг веб-сайтида эълон қилинади;

➖ чет тилидан тест натижалари эртаси куни ҳамда магистратура (клиник ординатура) қабули бўйича танлов натижалари бир ҳафта муддатда ДТМнинг веб-сайтида эълон қилинади.

Жорий йилда ҳам магистратура (клиник ординатура) мутахассисликларига қўшимча қабул параметрлари асосида ўқишга қабул қилиш бўлади. Қўшимча жой учун тўлов-контракт суммаси ОТМ томонидан мустақил белгиланади.


👉 @xushnudbek 👈

327 comments

Show 100 more comments
Shohsanam Bektosheva
Rahmat
𝓜𝓾𝓱𝓪𝓶𝓶𝓪𝓭𝓪𝓵𝓲
Ассалому алайкум! Хушнудбек ака перевод хакидаги янгиликларга хам туликрок аудио изох колдиринг! Илтимос хамма кутяпти!
Bu yil ham xoxlagan institutni magistraturasiga ham topshirsa bõladimi shunga bitta aniqlik kiritib bersangiz Xushnudbek aka. Shu haqida ham ma'lumot bersangiz.
Korrupsiyaga qarshi qaror chiqarish kerak desa, yana korrupsiyaga yo'l ochib berishadi. Barakalla zato osmonimiz musaffo
Agarda shunaqa qarormi farmonmi bõlsa lichkaga tashlab yuboring tanishib chiqaylik
Qayta tayyorlov haqida maʼlumot kerak. Hujjatlari qanday necha yillik. 6oylik qayta tayyorlov ham bormi kimdir biladimi
Yana korrupsiya bolarkanda bu yil endi.
3 ni maksimali bn 4 boʻlsa 71 dan 73gacha boʻladi.Agar 3ni minimali boʻlsa 60 da 65 gacha boʻladi
HUSAN NASHVANOV
Assallamu allaykum magistratura joriy yildagi kabi test sinovalari bo'ladimi va hoxlagan yo'nalishga topshirsa bo'ladimi shularga aniqlik kiritib bersangiz
Xushnudbek aka spesdan max olsada ingliz tilini taxminan 15% yechsa nma boladi òtadimi bali yetsa
Xushnudbek aka bergan hamma ma'lumotlaringiz tushunarli. Faqat ikkita joyi noaniq qolgan: 1. Bu yil ham o'tgan yildagidek ayrim yonalishlar*dan tashqari hohlagan turdosh yo'nalishga magistraturaga topshirsa bo'ladimi.
2. Mos fanlar aynan qaysi fanlar. To'g'ri hamma yo'nalishning o'zini mos fani bor. Lekin masalan ingliz tiliga magistraturaga topshirmoqchi bo'lsa mos fanlar qanaqa bo'ladi. Shularga ham aniqlik kiritsangiz. Javobingiz uchun oldindan rahmat.
MTT TT
Masalan qayerida.
Masalan otm hohlagan odamini oqiwga kiritadigan yerida. Imtihonni shakllantiruvchi la komissiya azolari kimni hohlasa oshani ball ini yuqori qoyadi tamom
Навруз МФЙ
Мактабни олтин медалга битирганларга имтиезлар борми илтимос жавоб беринг
Xushnudbek aka bergan hamma ma'lumotlaringiz tushunarli. Faqat ikkita joyi noaniq qolgan: 1. Bu yil ham o'tgan yildagidek ayrim yonalishlar*dan tashqari hohlagan turdosh yo'nalishga magistraturaga topshirsa bo'ladimi.
2. Mos fanlar aynan qaysi fanlar. To'g'ri hamma yo'nalishning o'zini mos fani bor. Lekin masalan ingliz tiliga magistraturaga topshirmoqchi bo'lsa mos fanlar qanaqa bo'ladi. Shularga ham aniqlik kiritsangiz. Javobingiz uchun oldindan rahmat. Menga xam shu savolni javobi qiziq.
Sharipov.O.B
Давлат тест маркази мутахассислик фанларидан хам тест олмаса яна коррупция булади.
Chet tili sertifikati yoqlar magistratura oqiy olmaydi deb eshitdim shundaymi man hozir 3kursni bitirish arafasidaman bu degani 1yildan keyn magistraturaga imtihon topshiraman chet tilidan ielts balim yoq ammo ingliz tilini bilaman qoniqarli darajada
Show next 78 comments