Магистратурага кириш имтиҳонлари 2 босқичда бўлади

#abituriyent

Жорий йил:

➖ давлат ОТМларининг магистратура (клиник ординатура) мутахассисликларига ўқишга қабул қилиш 2 босқичда амалга оширилади. Бунда, 1-босқичда мос фанлар бўйича кириш имтиҳонлари, 2-босқичда ДТМ томонидан чет тили бўйича тест синовлари ўтказилади;

➖ чет тили бўйича тегишли даражадаги миллий ёки халқаро сертификатга эга абитуриентлар тест синовидан озод қилинади ва мазкур фандан максимал балл берилади;

➖ мос фанлар бўйича имтиҳонлар натижалари уч кун муддатда ОТМ томонидан ДТМга тақдим этилади ҳамда ўзининг веб-сайтида эълон қилинади;

➖ чет тилидан тест натижалари эртаси куни ҳамда магистратура (клиник ординатура) қабули бўйича танлов натижалари бир ҳафта муддатда ДТМнинг веб-сайтида эълон қилинади.

Жорий йилда ҳам магистратура (клиник ординатура) мутахассисликларига қўшимча қабул параметрлари асосида ўқишга қабул қилиш бўлади. Қўшимча жой учун тўлов-контракт суммаси ОТМ томонидан мустақил белгиланади.


👉 @xushnudbek 👈

327 comments

Show 100 more comments
로바르
Assalomu Alaykum
Ijtimoiy imtiyoz magistratura uchun ham amal qiladimi?
Assalomualaykum.Qizil diplom bilan tugatisa o'qish foydasi bormi.Ball qo'shib beriladimi
Bayramali
Assalomu alaykum magistratura imtihonlarini Davlat test markazi orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri olsa yaxshi bo‘lardi
Assalomu alaykum hammaga. Magistraturaga ham hujjat topshirish boshlanganmi kim biladi.
Kavsar
Yana puli borla uqirkandaa😔🥴🥴bakalavrdayam wuyidi,biz topwirgan payt...endi magistraturayam...
AMIROV DILSHOD
Salom nimaga davlat tilimiz o'zbek tili lekin ingliz tili majbur qilinadi?
AMIROV DILSHOD
Hop ingliz tili shuncha muhum bo'lsa davlat tilini ham ingliz tiliga o'zgartirish kerakmo
O‘tgan yilgi test jarayonlari yaxshi edi. Testdan qancha bal olganingni shu paytning o‘zida bilar eding.
Juda yaxshi bo'libdi o'tgan yili chet tilini Oliy ta'lim tushunarsiz tuzgandi, DTM test tuzishini hamma hohlagandi. Savollar qaysi fanlardan yo'nalish bo'yicha Nizomi oldindan e'lon qilinsa edi.
Kontrak narxi Oliy ta'lim belgilaydi qandaydir ijtimoy yordamlar imtiyozlar berilsa, ta'lim kreditmi, oilaviy sharoitlar ham inobatga olinsa
Mantiqiy, tanqidiy fikrlash o'rniga noshqa manbaalardan, hayotiy misollar keltira olish kabi balllarni
🌷🌷🌷
Магестратурага топшириш учун бошка тил сертификатидан Кура, узи томонидан чикарилган, Республика, Вилоят, Халкаро маколалар ёки сертификатларни инобатга олишни тавсия киламан.
Mantiqiy, yoki tanqidiy fikrlash o'rniga konkret boshqa manbalardan, hayotiy misollar keltirishi bilan almashtirish kerakmi,
Abuturentlar uchun alohida profil sayt telegrammdan ochib
Har bir oliy goh alohida gruhlar
Nizomlar, test vaqti, qayerda bo'lishi nechta topshirdi onlienda kuzatib tursa....
Nima uchun ikkala bosqichniham DTM olmayapdi Korrupsiya uchun yo'l emasmi bu?
Ielts sertifikati asosiy mutaxasisligi ingliz tili bulganlar uchun ham utarkanmi
Manzura Satimboyevna
O'rta ma'lumotli o'qituvchlar uchun qanday imkoniyatlar bor.3 yillk sirtqi ta'lim ochilami?
Show next 27 comments