Магистратурага кириш имтиҳонлари 2 босқичда бўлади

#abituriyent

Жорий йил:

➖ давлат ОТМларининг магистратура (клиник ординатура) мутахассисликларига ўқишга қабул қилиш 2 босқичда амалга оширилади. Бунда, 1-босқичда мос фанлар бўйича кириш имтиҳонлари, 2-босқичда ДТМ томонидан чет тили бўйича тест синовлари ўтказилади;

➖ чет тили бўйича тегишли даражадаги миллий ёки халқаро сертификатга эга абитуриентлар тест синовидан озод қилинади ва мазкур фандан максимал балл берилади;

➖ мос фанлар бўйича имтиҳонлар натижалари уч кун муддатда ОТМ томонидан ДТМга тақдим этилади ҳамда ўзининг веб-сайтида эълон қилинади;

➖ чет тилидан тест натижалари эртаси куни ҳамда магистратура (клиник ординатура) қабули бўйича танлов натижалари бир ҳафта муддатда ДТМнинг веб-сайтида эълон қилинади.

Жорий йилда ҳам магистратура (клиник ординатура) мутахассисликларига қўшимча қабул параметрлари асосида ўқишга қабул қилиш бўлади. Қўшимча жой учун тўлов-контракт суммаси ОТМ томонидан мустақил белгиланади.


👉 @xushnudbek 👈

327 comments

Show 100 more comments
Nima uchun ikkala bosqichniham DTM olmayapdi Korrupsiya uchun yo'l emasmi bu?
Ielts sertifikati asosiy mutaxasisligi ingliz tili bulganlar uchun ham utarkanmi
Manzura Satimboyevna
O'rta ma'lumotli o'qituvchlar uchun qanday imkoniyatlar bor.3 yillk sirtqi ta'lim ochilami?
Assalomu alaykum. 5 ta yoʻnalishdan grandga kirganini tanlash imkoni bor deyilipti (1-yoʻnalish grand boʻlmasa ham). Masalan man 2-yoʻnalishda moliya instituti bank ishiga grandga kirdim deylik, bu yoʻnalishda 5 ta grand ajratilgan boʻlsin, birinchi yoʻnalishim diplomatiya institutiga topshirganman va kantrakt asosida kirdim, lekin diplomatiyada oʻqimoqchiman. Shunda DTM qanday hisob kitob qiladi, moliya instituti bank ishini tanlamaganim uchun bitta grand ochiq qoladi, shunda birinchi oʻringa kirgan kantrakt grandga koʻtariladimi??
Sardor Yo'ldoshev
Xamma taraf xxxx yani nomalumlik aniqrog'i dalbayoblik
Makhliyo Tuponova
Assalomu alaykum. Men o'tgan yili xotin- qizlarga ajratilgan imtiyoz bilan Jizzax Davlat Pedagogika institutiga o'qishga kirganman. Agar boshqa o'qishga o'tmoqchi bo'lsam kantrakt bo'lamanmi? Buni grant holida qoldirsam iloji bormi?
Assalomu alaykum. Magistraturaga kirish imtihonlarining 1-bosqichi oliygohning o'ziga qo'yib berilmasdan bir xil tizim test shakliga o'tilsa bo'lmaydimi? O'zi bakalavr da oliy ta'limdagi korrupsiya holatlaridan charchaganmiz. Nahot bu holat yana davom etsa. Qaror qabul qilishdan oldin shular ham chuqurroq o'ylab ko'rilsa yaxshi bo'lar edi...
Agar birinchi bosqichdan kam bal to'plasa 2-bosqichga kiritiladimi
Magistraturada ham 5 ta yo'nalish tanlasa bo'ladimi
Keyingi savolim agar man ped univerda bakalavr o'qib chiqib endi menejment, moliya shunaqa sohalarga topshirsam bo'ladimi
Хушнуд ака, магистратурага хужжат топшириш учун бакалаврдаги йуналиши тугри келиши керакми, шарт емасми шуни хам айтиб кетсангиз.
Magistraturaga ham 5 ta oliygohni tanlasa bo‘larmikan???
Shaxobiddinova Asfiyabonu
Agar test qolsa oqtuvchilar och qoliwlari mumkin pora olmay olib qoliwlaridan qorqiwyapti manimcha
Men ham gapirmoqchi edim so‘z beringlar iltimos
Ordinaturaga shuncha yil ingliz tili bo'lmagan, endi qo'shiladimi?
Farzandim baxtim
Bekor institut xal qiladigan bo'libdidaaa. Faqat va faqat poraxorlik bo'ladi oldingidek. Yaxshigina pul to'lansa rektorga keyin budjed yoki kontrakt o'qish mn
Assalomu alaykum , magistraturaga ingliz tiliga topshirmoqchiman Insha'Allah, ikkinchi chet tilim koreys tili, ingliz tilida ielts certifikatim bor, bu certificate yordam beradimi magistraturaga
Shu aniqmi? Bizga boshqacha gapirishyaptide.
Show next 11 comments