Хотин-қизлар, ногиронлиги бўлган шахслар ва меҳрибонлик уйи тарбияланувчиларининг натижалари алоҳида эълон қилинди

ДТМнинг mandat.dtm.uz сайтига хотин-қизлар, ногиронлиги бўлган шахслар ҳамда “Меҳрибонлик” уйи ва Болалар шаҳарчасининг битирувчилари бўлган чин етимлар учун бериладиган имтиёзга эга абитуриентлар тўғрисидаги маълумотлар жойлаштирилди.

👨🏻‍💻 Мазкур имтиёзлардан бирига эга бўлган абитуриент mandat.dtm.uz сайтининг “Имтиёзли” бўлимидан тегишли имтиёз турини танлаган ҳолда ушбу имтиёзга эга абитуриентлар тўғрисидаги маълумотларни кўриши ва имтиёз доирасида нечанчи ўринда турганини билиши мумкин.

✅ Бунда абитуриентларнинг рўйхати уларнинг тўплаган баллари асосида тартибланади ва мазкур имтиёз доирасида ажратилган қўшимча қабул кўрсаткичлари сони кўрсатилади.

👩 Хотин-қизлар учун бериладиган имтиёз абитуриент қайси ОТМга топширганидан қатъий назар унинг доимий рўйхатда турган ҳудуди бўйича қўлланилади ва кундузги таълим шакли учун амал қилади.

🧑‍🦽 Ногиронлиги бўлган шахслар ҳамда “Меҳрибонлик” уйи ва Болалар шаҳарчасининг битирувчилари бўлган чин етимлар учун бериладиган имтиёз эса ҳар бир таълим шакли учун олий таълим муассасаси кесимида қўлланилади.

❇️ Имтиёз доирасида талабаликка тавсия этилмаган абитуриентлар барча абитуриентлар каби умумий танловда ҳам иштирок этади.


👉 @xushnudbek 👈

342 comments

Show 100 more comments
Nima uchun faqat kunduzgi bu qiynaliyotgan ayollar uchun hamku kechkiga xech bolmasa otish kk deb oylayman mezoni boyicha korilishi kk hamma ham kundizi oqishga sharoiti yoqku
Salom.Nogironligi borlaga qancha imtiyoz beriladi??
РАСУЛ ХАЛМУРЗАЕВ
Harbiy Xizmattan tavsionoma olganlarni imtiyozin qayerdan bilsak boladi?
Assalomu alaykum. IDni qanaqa qilib kiritish mumkin
Iltimos kimdir boshidan o'rgatsin shuni qanaqa qilib topiladi imtiyoz digan joyi manda yoku
Yangiljon
Meni bir savol qiynayapti.nimaga abituriyentni bali yuqorilarniku shunday xam grantga yetib turibdiku nimaga pastroq baldan olmaydi .tavsiyanomasi bor qiz ko‘p bal to‘plasa unga nimaga k k.tavsiyanjmaga ega qizlar repitorga borolmaydi yaxshi tayyorlanolmaydi shuning uchun uning bali past.unga xech qanday yordam yo‘qmi
🤠Yurist 🤠
Isfandiyor Baxoviddinov
O‘rtacha oiladan chiqqan sog'lom yigit uch yil tayyorlanib 180 ball bilan kontraktda o‘qiydi; Kambag'al qiz yoki nogiron bola tayyorlanmasdan 100 ball bilan grantda o‘qiydi. Adolat, хуле
Siz ular tatib ko'rgan adolatsizliklarni tatib ko'ring keyin gapirasiz . Axir hayot ularga ham adolatsizlik qilganku nega shuni o'ylamaysiz
Assolmu alaykum nimaga imtiyoz berilgan kunduzgi yoki sirtqi yonaliishiga otadi deb aytilmadi shuni tushuntirb beringlar
Menda ham bir savol bor men NAMANGAN davlat unversitetiga Logoped sohasiga topshirganman uzimni soham boyicha qarasam 3 chi oʻrinda turibman meni sohamga kirsam boladimi
72.45 ball toplaganman nogironlik imtiyozim bor
Azizbek
Assalomu aleykum men sirqida 114.10 ball oldim imtiyozim ham bor sirqida imtiyoz bòladimi qanday yordami boladi.
Sayt ishlamayaptiku bilib bomayabti
Kholmurodova⚜
Лиготаси бор спортсилар узи топширганда топлаган Бали нега Сайтта чикмаяпти
🤠Yurist 🤠
Siz ular tatib ko'rgan adolatsizliklarni tatib ko'ring keyin gapirasiz . Axir hayot ularga ham adolatsizlik qilganku nega shuni o'ylamaysiz
Professional yurist ekansiz ( ͡° ͜ʖ ͡°), bir mulohaza qilib ko'ring. Nogironlarga "hayot adolatsizlik qilgan" bo'lsa, qolganlarga ham shu bilan, ya'ni adolatsizlik javob berish kerakmi? Nogironlar nogironligiga qolganlar aybdormi? Bilimlilarni o'rniga nogironlarni ham qo'llab-quvvatlash umuman to'g'ri emas. Rivojlangan davlatlarda "body positive" degan tushuncha bor - nogironlar-u chalajonlar hamma qatori yashaydi, ular imtiyoz talab etishni o'rniga ularga oddiy odamdek qarashlarini istashadi, huddi ularning ahvoliga davlat yoki jamiyat aybdorday g'aznani simirish faqat biznikilarga hos
🕊🌸🌸🌸🕊
Jasur
Arsiysiz menga ham nasib qilsin ilohim
Mangayam bilibering iltimos
👊👊Isoqulov Aziz💪💪
Qanaqa savol bering bilsam javoberaman
Assalomu alaykum yaxshimisiz menga ham yordam berib yuboring iltimos
#savol umumiy qabul ko'rsatgichi imtiyozga 45ta ekan men 41 -raqamdaman shundayda imtiyoz bo'yicha o'qishga kirganmanmi?
savol bor edi men nogironlikda imtiyoz bilan 5ta yo'nalishni hammasiga o'tgan bo'lsam xoxlagan unversetni tanlay olamanmi?
Шахзода
Ногиронлиги имтиёзи борлар орангизда билганлар борми кирган кирмаганини.мен тушунмаяпманми ёки хали маълумм булмадими кирган ёки киролмагани
Хабиба Яркулова
ха мени хам ногиронлигим бор имтиёз борми йукми аник эмас
Show next 11 comments