"HOKIM KUBOGI" da qatnashuvchi o‘quvchilarning yakuniy ro‘yxati aniqlandi
"Hokim va Yoshlar" uchrashuvida tuman va shaharlarda o‘tkazilgan "Viloyat hokimi olimpiadasi"g‘oliblari hamda jamoamiz tomonidan o‘tkazilgan qo‘shimcha olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan 5-6-7-8-9 sinf o‘quvchilari o‘rtasida "HOKIM KUBOGI" (qaysidir ma'noda chempionlar ichidan eng kuchlilarini aniqlash va rag‘batlantirish) o‘tkazish tashabbumizni viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov qo‘llagan edilar. Dastlabki rejaga ko‘ra 25-yanvarda o‘tkazilishi belgilanmoqda. Tez orada to‘liq ma'lumot berib o‘tamiz, kanalimizni kuzatib boring.
Koʻpchilik soʻragan savol: Bu yil ham davom etadimi? Javob: Albatta davom etadi. Nafaqat oʻquvchilar, ustozlar uchun ham alohida olimpiada oʻtkaziladi va munosib ragʻbatlantirilib boriladi.
Shunday ekan, o‘qituvchilar va barcha o‘quvchilardan o‘z ustida yanada ko‘proq ishlashlarini kutib qolamiz.
41 comments
Show 21 more comments
G.Y
Assalomu alaykum! Shunda Xorazm viloyatida o'qituvchilar olimpiadasi ham o'tkaziladimi? Qanday tartibda o'tkaziladi va qachonga reja qilinyapti ustoz?
Assalomu aleykum yaxshimisiz, Raxmanov Akbar, 5- sinf, Nukus PM. Roʻyxatda xato ketibdi. Iloji boʻlsa dam olish kunida boʻlsin, biz Qoraqalpogʻistondan boramiz
Iloji boʻlsa dam olish kunida boʻlsin, biz Qoraqalpogʻistondan boramiz
Илтимос шу масалани ойдинлаштиринг, администратор
1) Taqdirlashda bormidingizlar? Yoʻq boʻlsanglar, nima qatnashdinglar hisobmi?
Bor boʻlsanglar, shu vaqtda javob berilgan bu masalaga.
2) Faqat shunday e’tirozlaring boʻlganda izoh yozishga vaqt va hafsala topasizlarmi?
1 yilga nisbatan 1 oy, 1 oyga nisbatan 1 hafta tez ora hisoblanadi.
Ma’lum boʻlishi menga bogʻlik boʻlsa choʻzishdan yoki aniq narsani e’lon qilmaslikdan menga foyda bormi?