16.05.2021 sanada o'tkazilgan YKO ning yakuniy - final bosqichi natijalarini e'lon qilyapmiz. Hakamlar hay'ati va tashkiliy qo'mita o'rin olish uchun kamida 80 ball to'planishi shartligiga qaror qilishdi. Jadvallarda ishtirokchilar o'z o'rinlarini va jamg'argan ballarini ko'rishlari mumkin. G'oliblar O'zbekiston Milliy universiteti kimyo fakulteti tomonidan keyinchalik tegishli diplomlar va sovg'alar bilan taqdirlanadilar (pandemiya sababli qoldirilgan).
YKO jamoasi barcha g'oliblarni chin qalbdan tabriklaydi va ularning keyingi ishlarida omad va zafarlar tilab qoladi. Kelasi olimpiadalarda ham barchangizni kutib qolamiz va albatta do'stlaringizni ham chorlang!
P.S. Abituriyentlar guruhida so'ralgan ism-familyalar yozilmaganligi uchun biz ishtirokchilar shaxsini aniqlay olmadik, shu sababli shaxsi noma'lum qatnashchilarga o'rin berolmasligimizni ma'lum qilamiz!
P.S. Kelasi haftadan boshlab har hafta olimpiada savollarining batafsil yechimlari berib boriladi.
yaxshi o'ylabizlar yechimlarini kanalga joylashni, iloji o'lsa videorolik shakilida bo'lsa yana ham yaxshi bo'lardi
Laylo Egamova Namangan shahar 38-maktab
Assalomu aleykum olimpiada tashkilotchilari meni farzandim 7-8 sinflar orasida goliblikni qolga kiritdi shunga bolani ragbatlantirish uchun sertifikatni elektron variantini jonata olasizlarmi togri sertifikat uchun oqimaydi lekin sal bolsa xam ragbatlantirishga oldindan raxmat