❓Супер-контракда ўқимоқчи бўлганларга ҳам 🦠коронавирусга қарши 💉вакцина олгани учун чегирма бериладими?✅ ЖАВОБ: Ҳа, берилади. Батафсил жавоб юқоридаги аудиода.
❗️Эслатма: супер-контрактда ўқимоқчи бўлганлар
1 октябрга қадар t-kontrakt.edu.uz сайти орқали онлайн ариза бериши керак.
‼️Яна бир эслатма: масъулларнинг айтишича, чегирма берилиши учун
1 ноябрга қадар тўлиқ вакцина олган бўлиши керак. Шу сабабли ҳали умуман вакцина олмаган бўлсангиз, кўп чўзиб юрмасдан, тезроқ 1-дозани олинг. Имкони бўлса эртагаёқ боринг.
Бу тавсия ҳамма талабаларга тааллуқли.
Албатта вакцина олинг ва 10% чегирмага эга бўлинг.👉 @xushnudbek 👈
127-SAVOL:
Men pedagogika yo‘nalishida super kontraktda o‘qimoqchiman. Tez orada koronavirusga qarshi vaksinaning oxirgi bosqichini olaman. Menga ham koronavirusga qarshi vaksina olganim uchun chegirma bonusi beriladimi? Imkoni bo‘lsa, summasi haqida ham batafsil ma’lumot bersangiz.
✅ JAVOB:
2021/2022-oʻquv yili uchun tasdiqlangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlari asosida 1-noyabrga qadar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) abituriyentlar va talabalarga belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga bir martalik 10 foiz chegirma (bonus) beriladi.
Misol uchun, o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi bo‘yicha tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdori 8 baravar etib belgilangan. Bitta talabani to‘lov-kontrakt asosida bir yillik o‘qitish miqdori esa 6 412 610 so‘mni tashkil etadi. Bunda abituriyent mazkur yo‘nalishda bakalavriat kunduzgi shakli uchun 51 300 880 so‘m tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktini amalga oshirgan taqdirda talabalikka tavsiya etiladi.
💉Agar talaba 1-noyabrga qadar vaksina olgan bo‘lsa, unga shu summadan bir martalik 10 foizli chegirma (5 130 088 so'm) bonusi beriladi. Shunda talaba umumiy 46 170 792 so‘m to‘lov-kontraktini amalga oshirishi lozim bo‘ladi.