"QO‘SHIMCHA IMKONIYAT" olimpiadasi natijalari e'lon qilindi!Bugun
jami 148 nafar iqtidorli o‘quvchilar
"HOKIM KUBOGI" ga chiqish uchun kurash olib borishdi va
g‘olib bo‘lgan 32 nafar o‘quvchi finalga chiqish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
🎟 Barcha ishtirokchilar va ularning ustozlari
elektron sertifikatlarini @khiso_admin akkaunti orqali soat 21:00 dan keyin olishlari mumkin.
❗️ Ushbu ro‘yxatda ba'zi o‘quvchilarning ustozlari kiritilmagan. Iltimos,
@khiso_admin akkauntiga murojaat qilib ma'lumotlarni to‘ldirishga yordam bering. Chunki,
ustozlar reytingi ham yuritilmoqda!
IZOH: Bir nafar 7-sinf o‘quvchisi Matematika fanidan ishtirok etgan va juda yaxshi natija (5-3-10, jami 35 ball) qayd etgan. O‘z sinfida finalga chiqib bo‘lganligi va qoidalarni hisobga olgan holda ro‘yxatga qo‘shmadik. Shuningdek, fizika fanida B9 savolda to‘g‘ri javob kalitlarda berilmagan edi va kimda kim 1200J yoki 1,2kJ deb yozgan bo‘lsa to‘g‘ri deb inobatga oldik.
🏆 "HOKIM KUBOGI" yanvar oyining oxirgi haftasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, fevral oyidan 2024-yil uchun mo‘ljallangan "Hokim olimpiadasi" start oladi. Demak to‘xtab qolishga hech birimizning haqqimiz yo‘q, hozirdan tayyorgarlikni kuchaytiring. Hammasi endi boshlanmoqda!
Ismim Toyirov Shohruh 9- sinf fizika