This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 24 more comments
Xuwnudbek aka, komment qoldiriw un alohida guglga kirmasdan telegramni oʻzidan toʻgʻridan toʻgʻri kiradigan qilib qoʻysa boladiku. Wunchaki komment qoldiriw biroz noqulay bolyaptida. Wuni aytmoqci edim.
Ijarachi ham soliq toʻlashi rostmi
Assalomu alaykum. Talabalarni ijaraga qo'yuvchi shaxslardan daromad solig'ini bekor qilish kerak va kamunal va soliq to'lovlariga imtiyozlar berilishi kerak.
Koproq qurish kk
Narxi arzon, foizsiz, uzoq yillik kreditga uylar qursinlar iltimos. Ayniqsa viloyatlarga
Abdulaziz Sa'diyev
Talabalarni ijaraga oluvchilardan ijara soliģi undurilmasligi kerak. Bu ham yechim boladi deb oylayman.
UzMU da yotoqxona masalasi bir muncha yaxshi yotoqxonalar kop shunday ekan meni taklifim talabalar uchun umumiy turar joy qurib 3-kursgacha qabul qilib 4-kurslar uchun ham siz aytgandek sayt yaratib arzon kelishilgan kvarteralar topib berish mumkin
Да тугри
Ijaraji soliqdan qochib royhatini bermaydi
Sharoitiga qarab talabalarga yotoq xona to'lovini 50% dan boshlab yordam qilsalar menimcha shu ham ancha kotta ish bolardi.
.. ..
Mamleket studentler ushin belgilengen mugdarda kvartira pulina pul ajratsin. Voenniylargada kvartira ushin belgili mugdarda pul ajiratilgani siyaqli. Biraq bulda korupciya bolip ketpew ushin elektron portalma jaratili kerek menimshe
Oqituvchilarga ham oilaviy opishta qurish SHARTTTTT. oqituvchilarni qadri yoq
Ijaraga qoyadigan xonadonlarga ...imtiyoz berish kerak
Olimjon
Ijarachi ham soliq toʻlashi rostmi
Ijaraga beruvchi to'lashi kerk, shuni ijarachiga yuklaydi
Qobilova N
Nima boʻlganda ham talabalarga sharoit qilib berish kerak yoshlar kelajagimiz !!!!!
elektron dastur bilan albatta hamma narsani hal qilib bo'lmaydi lekin hoxsh va istaglariga ko'ra kvartira yoki TTJ ni tanlaydigan elektron resursni yaratish kk deb o'ylayman yana bilmadim
Shu karantin deb qancha qurilish qildi kurdik bildik qulidan kelarkan shunaqa qilib zdaniyalar ili Dom qursin doimiy kvartira plata pul topadi tadbirkor ili davlat qursaham yutqazmaydi
Gavharoy Abbosova
O'limdan boshqasini ilojisi bor,farzandlari musofir yurtda o'qiyotgan ota- onalar ham hotirjam bo'lardi,ishonamiz,ko'p narsalarni ilojisi bo'lyabdiku,yaxshi niyat va duo qilib qolamiz.🤲🤲🤲
Man hammani gapiga qowilaman 😅
Show next 100 comments