This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 41 more comments
elektron dastur bilan albatta hamma narsani hal qilib bo'lmaydi lekin hoxsh va istaglariga ko'ra kvartira yoki TTJ ni tanlaydigan elektron resursni yaratish kk deb o'ylayman yana bilmadim
Shu karantin deb qancha qurilish qildi kurdik bildik qulidan kelarkan shunaqa qilib zdaniyalar ili Dom qursin doimiy kvartira plata pul topadi tadbirkor ili davlat qursaham yutqazmaydi
Gavharoy Abbosova
O'limdan boshqasini ilojisi bor,farzandlari musofir yurtda o'qiyotgan ota- onalar ham hotirjam bo'lardi,ishonamiz,ko'p narsalarni ilojisi bo'lyabdiku,yaxshi niyat va duo qilib qolamiz.🤲🤲🤲
Man hammani gapiga qowilaman 😅
Sharoit yuq joylada shashashga turi kelyabdi narxi esa 5 yulduzli mexmon xona xoxlagan narxini etvoryabdi noiloj kuchada qolme db turyabmiz onlinedan kelib buyerlani yana bilmaymiz urganguncha ancha voxt utadi bu muammoni xal qilish kerak
Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalaridan daromad soligini olib tawlasa qanday bolar ekan?
Talabalarni turar joy bilan ta'minlashda
1. Universitetlarni kampusga aylantirish kerak, shahar chetiga binolarni kochirish va bu orqali katta hududlarda ko'p qavatli yotoqxonalarni qurish
2. Talaba hostel sifat kop qavatli turar joylarni qurish
3. Keng qamrovli belgilangan summaga shartnoma amalaga oshira oladigan maklerskiy kompaniyalar bilan shartnoma orqali uylarga joylashtirish( bu kop jihatdan har bir universitetda bittadan shu bilan shugullanadigan bo'lim tashkil etish)
Ochilov Zohid
Hamma erkin foydalanadigan bir dasturmi telegram botmi qilish kere kim undan foydalanib turar joy topsa qanaqadir tulov qilish kere tulov summasi talaba qiyinchilik tug'dirmaslik kere.....
Birinchidan muammo ildizi nima va kim
Xushnudbek Aka bu muammoni olib chiqganiz uchun rahmat katta to'g'risini aytganda bir kishi qichqirgani bilan uni ovozi tashqariga chiqmasa qiyin ekan
Xarakatlaringiz uchun rahmat katta
Joniz sog'bo'lsin
Lekin bir narsa
Xamma narsalarni ham oxirini o'ylagan qaxramon bo'la olmaydi ...
Sog' bo'ling
usmonov
Birinchi navbatda bunday platforma bolib telegram kanali xizmat qila oladi. Website bo'lmasligi kerak. Chunki website ninyaratib uni ishga tushirishva kamchiliklarini to'grilash vaqt talab qiladi va hamma talaba ham website lardan oson foydalana olmaydi. Talabalar uchun kvartira e'lonlari beruvchi telegram kanal yoshlar ittifoqi va shahar hokimligi bilan hamkorlikda tashkil qilinishi kerak. Shaharda savob talab odamlar bor, ular ham arzon narxda talabalarga uy-joyni kvartira qilib berishlari mumkin. Umuman olganda talabalarga kvartira berish xohishini bildirgan odamlar kanal adminiga murojat qilib, uy sharoitlari haqidagi anketani to'ldirib e'lon joylashsa bo'ladi. Bu talabalarga juda qukay deb hisoblayman. Haqiqatan ham universitetlarga yaqin joyda hostellar qurish kerak, va oylik to'lovi talabafa og'ir bolmaslik kerak.
Talabalar,Ijarada turib ishlovchilar umuman hamma ijarada turuvchilar uchun tizim qilish kerak. Shu tizimni yo'lga qo'ysa bo'ladi. Men jonim bilan shu tizimni qilishga tayyorman. Faqat investor kerak. Albatta reklama va boshqa harajatlar uchun
ТУГРИСИ ТАН ОЛИШ КЕРЕ БИЗ ТАЛАБАЛАРДАН ХАР ЙИЛИ ФКИР БИЛДИРИШЛАРИНИ СУРАЛАДИ АММО БИРОРТАСИ ИНОБАТГА ОЛИНМАЙДИ НЕГА ДЕСАНГИЗ УЗИ ЯНА 3 ОЙ УКИЙМИЗ ЯНА УЙГА КЕТИШ ВА БУ МУОММО ЁПИЛАДИ, КЕЙИНГИ ЙИЛ ЯНА ШУНАКА ПОЗИЦИЯ БУЛСА ЯНА БИР КУТАРИЛАДИ ЯНА.... иш килибдааа гапираман деса гап куп....
Фақат таклиф қилиб кейинги йил режаларига киритилади. Шов шув кўтарилиб сал пасайгач яна эски ҳаммом эски тос бўлаверади. Бу муаммони шунча талабани қабул қилиб бўлгач эмас олишдан олдин ўйлаш керак эди. Энди ҳар куни йиғилиш мажлис қилиб ўзлирини ишлаётгандек кўрсатгандан нима наф? Натижасини амалда энг тез фурсатларда кўрсатсин. Ахир депутатларга амалдаги бажарган ишлари учун овоз бергандик. ТВ даги қуруқ йиғилишлар ўтказишлари учун эмас. Балки нотўғри гапираётгандирман. Лекин чиқарилаётган қарор фармон ижросини ҳам охиригача назорат қилиш керак эмасми? Ўқишни бошладингиз ҳўп. Аввал ётоқхона муаммосини ҳал этсангиз бўлмасмиди? Бунга этарлича вақт бор эдику.
Янаям валлоҳу алам.
$hohrux
Bitta Toshkentda emas, butun oliy o'quv yurtlarida yotoqxonalar yetishmaydi va qurish kerak
Habibulloh
Sayt yoki ilova ochish kerak. Uyini ijaraga beradigan inson elon beradi va oʻrtakashlarsiz uyni talabani oʻziga beradi.
В первую очередь надо убрать тариф "тониш-билиш" всегда в первую очередь дают место своим знакомым или тем кто им кинул косточку.
Решение проблемы самое простое надо ВУЗу составить контракт с гостиницами,и дать льготы на налоги гостиницам которые составят контракт с ВУЗом,и выдавать кредиты студентам которые будут жить в гостинцах на льготных процентах.Идей много писать долго,хотя врят-ли,кто-то,когда-то будет слушать студентов.
Talabalar joylarini qurish kup vaqt talab etadi ammo ularni qurish kerak baribir Ular qurilguncha Kvartira topish uchun qandaydir xizmatlarni joriy qilish kerakmi yana shuni ham takidlab utishim keraki talabalar turor joylarini berish da nohaqliklarga yul quyilmoqda shu nohaqliklarga oldi olinsa ham qandaydir maqsad ga muvofiq buladi
Show next 100 comments