This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 90 more comments
Talabalar turar joylari tashkil etiladi. Mavjud OTM TTJ lari bilan ta'minlanmagan talabalar uchun Xususiy davlar sherikchiligi asosida imztiyozli MTM qurilishiga 1%li imtiyoliz kreditlar ajratilishi kerak. Bu tadbirkorga ham qulay buladi. Ikkinchidan Talaba turar joyini tashkil etgan tadbirkorga qator imtiyozlar yaratib berish kerak. 3-dan Tadbirkor OTM bn shartnoma qilib talabalarini quysa maqsadga muvofiq buladi. 4-dan oilali talabalar uchun ham alohida sharoitga ega turar joylar ham bulsa yaxshi bulardi. Magistrlar, doktorantlar uchun bu albatta kerak.
ОТМ контракт пулларидан талабалар турар жойи куриш керак. Нархи арзон булиши керак.
Ismoil Alimov
Men Rossiya federatsiyasida talim olaman. Bu yerda Yotoqxonani xali kelganim beri to'lib toshganini ko'rmadim.
20% joy xardoim bo'sh.
Sabab bu yerda arzon turdagi Xostel va Talabalar uchun ochilgan mo'ljalangan uylar juda ko'p.
Bizda xam Xostel va Talabalar yashaydigan shaxsiy yotoqxonalar ochish kerak.
Menimcha davlatning ko'magi kerak. Koronavirus vaqtida foydalanilgan maxsus markazlarni talabalar joyi sifatida foydalanilsa ko'pgina qiynalib yurgan talabalar turar joyli bo'larmidi. Keyinchalik qulaylik yaratish maqsadida transport ham qilinsa talaba faqat o'qish haqida o'ylar edi. Xozir yotoq joydan tashqari transport xarajatlari va boshqa ijtimoiy xarajatlari mavjudligi uchun talabalar o'qishdan ko'ra ijtimoiy muammolari bilan bog'lanib qolishmoqda.
Yoshlarga etibor-kelajakka e‘tibor
Ismoil Alimov
Xostel ochib tashlash kerak ko'paytirish kerak.
Jahongir
Raxmat aka shunaqa muammoni kotarip chiqipsiz shuni ilojini tezroq xal qilsalar bolad edi
Men ozim Xorazmdanaman ijarada turman kontrak asosida oqiyman men turgan mahhalani uchaskovoyi kelip turgan joylaringizda ijara shartnoma asosida turmasangizlar va propiskaga kirmasangizlar jarima tolaysizlar jarima yozaman deyapdi lekin kvartirani egasi ijara shartnoma tuzmaslikini aytdi bunday ijara shartnoma tuziladigan bosa boshqa joy topinglar deyapdi ammo uchaskavoy bizga jarima yozmoqchi ozi ijara puli qmmat bolsa biz yana jarima xam tolasak shunday sharoitda oqip boladimi yotoqxonada joy yow bolsa nima qilsih kerak togrisi tushunmay qoldim iloji bosa shu masalani xam bir kortarsangiz bizdek qiynalip yurgan talabalar kop bolsa kerak shu masala xam xammani qiynayotgan bolsa kerak biz kontrakni tolaylikmi praduktaga yetiraylikmi yoki jarimaga tolap yuraylikmi ota onamiz topgan pulni pul topish xam oson emas
Укув корпусини, аудиториялрни махсус йигиладиган мебеллар билан жихозлаб, тунда ётиб колиш шароитини яратса булади. Шунда талаба йул кирадан хам озод булади...
𝓐𝓼𝓲𝓵𝓫𝓮𝓴
$hohrux
Nima hamma narsa Toshkentda bo'lish kerakmi, qolgan viloyatlarchi.
Сабаб енг коп талабалар тошда ва ижара нархлар колган вилоятларникидан 2 3 баробар киммат ии иниститулар сонидахам шундай
Ijara kvarteralarni topishni Elektro. Ravishda topish imkoniyatini kengaytirish kk va Davlat tomonidan ijara kvarteralarni topish uchun sayt ochilishi kerak va shu saytni oʻzida kvartera narxlarini ham nazorat qilinadi Hozirgi kunda hamma viloyatlarda Talabalarga kvartera narxi baland yoki talaba qoʻyishmaydi bu muammolar ni yaxshilab koʻrib chiqish kk Talabalar Kantrakt dan ham koʻproq kvarteraga pul toʻlashadi bu esa talabalarni hayotini qiyinchilikda oʻtishiga sabab talabalar pulga muxtoj boʻlsa ular oʻqishmaydi ishlab pul topishga harakat qiladi va yana bitta savodsiz talaba diplomga ega boʻladi bunaqa Diplomi bor talabalar Rossiyaga ketishadi yoki viloyatlariga ketishib maktab yoki boshqa kasb egalari boʻlishadi shuning uchun aholi toʻgʻri va kerakli bilimni olishaolmaydi talabalarga stepindiyani va kvartera muammosini hal qilib berishsagina oldiga kattaroq maqsadlar qoʻyib intila boshlaydi har bir insonda shunaqa muammo qorni va yashashga uyi boʻlsa u yaxshiroq ishlar qilishga qodir boʻladi rahmat etibor berib oʻqiganlarga.
Azim Ungalov
Bu muammo talabalarga talabalar uyi qurib berish bilan hal bumaydi online platforma qilishning ham foydasi yuq chunki hamma ham talabalarni ijaraga quyishni xohlamaydi. Eng yaxshi yo'li OTM larni shahar markazlaridan chetroqqa qurish yoki uzoq masofa busayam ularga avtobusmi shunaqa texnikalardan foydalanish umkoniyatini berish zarur.OTM lar agar iloji bo'lsa avtobuslar olsin 50 km radiusgami qatnaydigan avtobuslarni tashkil qilsin ana shunda hal bo'lishi mumkin.Ammo talabalar uyini ham qurib borush zarur.menimcha.chekkadan kvartira topish osonroq.
Olx telegram saytlarida e'lon qilinadigan ijaraga beriladigan uylarni bitta rasmiy telegram kanalda e'lon qilib borish kerak (faqat talabalar uchun) to vaziyat yaxshilaguncha
Ismoil Alimov
Qachon kvartiraga raqobat paydo bo'lsa, narx tushadi, bunga yechim Xostel.
Nargiza Xonimqulova
2тадан фарзанди укийдиганларга зур буларди факат тезрок хал булса
shunaqa qilsak Maklerga ham xojat yöq bölardi
Pardayev.О.Т.PP/227
Ташаббусингиз яхши, лекин фақаааат ўзини уйлашдан бироз чекиниш керак.
Assalomu alaykum men ham studentman meni fikr kvartirasiga talabarni qoyediganlaga xazyayinli bez xazyayinnilarga kamunal tolovlarni yenggilik qilib qoyiw kere eng asosiysi kvartiralani narxini tuwuriw yaxwi usuli deb oyliman misol cun 50 % dan balkim undan ham koproq yenggillik qilib qoyiw kere wunda hamma talabalarni joylawtrsam deydi kvartirasiga . Qisqa qilib aytganimda kvartirasi borlaga soliq kamunal tolovlarini arzonroq qilib qoysa uwanda hammasi yaxwi boladi .
Ismoil Alimov
Kvartiraga nega qimmat?
Chunki raqobat yo'q. Raqobat bo'lsa Studentlarni Jon Jon deb qo'yadi.
Show next 100 comments