This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
Osiyo Usmonova
Agar uyim oliygohga yaqin bo'lganda edi,ijarasiz talabalrni uyimga qo'yar edim. Ziyo izlaganga eshigim va qalbim doim ochiq
Yillar mobaynidagi muammoga indamasdan kõz yumib keldi mutasaddilarimiz Talabalarni ham õylash kerak edi Prizedentimiz ni õzi kõtarib chiqdi oxiri bu mammoni👍👍
Tadbirkorlarga xususiy Talabalar yotoqxonasini tashkil etishiga ruxsat berishi kerak ular kak mehmonxona sifatida numirlatib boshqaradi
Яъқубжон Чўллиев
Талабалар яхши ўқиб янгиликлар қилиш учун уларга энг аввало шароит қилиб бериш керак. Яшаш жойи аниқ ва тайинли бўлиши, керак бўлса бир маротаба иссиқ овқат контрактни шу шароитлардан келиб чиқиб белгилаш керак деб ўйлайман.
Bir qator xorijiy davlatlar amaliyotida talabalarga moljjalab uylar quriladi. Xususan qo'shni Qozig'iston Respublikasida ham shunday amaliyot mavjud bo'lib talabalarga uy ijaraga beriladi talaba tort yil davomida ushbu xonadonga ijara puli tolaydi va agar talaba xohlaydigan bolsa keyinchalik (20 yil muddatda) uyni sotib olishi ham mumkin bunda tort yil uchun tolangan pullar ham inobatga olinadi ya'ni talabaga bizning amaliyotda mavjud bolgan ipoteka kreditiga oxshash imkoniyat yaratib beriladi.
Eng tez yecimi hozica wu
Shokir Abrayev
Talabalar turar joylarini ko‘p qurish kerak ularni oylik to‘lovlarini ham talabalarning stipendiyasini 10 foizidan oshmasa yaxshi bo‘ladi talabaga qolgan 90foizi o‘ziga yitadi
Нур
Жуда яхши таклиф.Рахмат.
Assalamu alaykum. Hushnudbek aka Alloh rozi bulsin dardimizni siz bilasiz.Fikrizga 100% qoshilaman. Agar shundek bulsa Maklerlarga beredigon pulimizga 1oy yashiymiz
Ismoil Alimov
Alloxga bexisob shukr, O'zbekistonda talim olmaganim uchun.
Тураева Р К🥀🥀🥀
Ётокхоналарни пуллик килиш тугрисидаги видеороликни куриб хафа булиб кеттим масалан мен оддий хамшираман кизим олийгохга кантракт асосида укишга кирди тугриси кийналиб укитаябман хамма нарса бориб пулга такалаверса биздака куйи табакада яшовчи инсонлар анча кийналиб колади деб уйлиман
19014
Assalomu alaykum Xushnudbek aka sizni fikirlariz judayam tugri iloji bulsa boshqa viloyatlarda ham, lekin avvalo poytaxtimizda birinchi urinda mana shu ishlarni qilish zarur deb uylayman. Sababi Toshkentda hamma narsa qimmat.qishloqdan kelgan talabalarga judayam qiyin.
Yana bir narsa iloji bulsa darslarni online qilish kerak. Uydagilar bitta uqigan farzandga pul u-bu narsa yuboraman deb qolgan farzandlarga daromadi kamlik qilib qolyapti. Yoki talablariga binoan bulish kerak, kimdir online, kimdir ofline.
ISHLARIZGA OMAD. XALQ HIZMATIDA DOIM CHARCHAMANG.
Жуда у́ринли муаммо, мени таклифим шуки талабалар контактни стипендиясиз стипендияли ту́лашмокда. Шуни яхшилаб хисоб китоб килиб 1 йилга яшаш учун турар жойли, турар жойсиз килишса яхши буларди. Албатта бу билан шуґулланадиган электрон тизимни хам яхшилаб ишлаб чикиш керак. Бюджетда турувчилар учун алохида ту́лов жорий этиш мумкин.
Boʻoʻoʻoʻsh yotibdi kollej va litsey binolari Toshkent markazidagilari xam yotoqxonalari xam bor 👆 foydalanish kerak shulardan. Davlatni oʻzinikiku xususiy emas sotvormagan boʻlsa agar. Talabalar rossa sarson. Oʻzim dars beraman Universitetda talabalarim darsga xam kelolmay uy qidirib yurishibdi 🤦🏻‍♀️ Kv.lar juda qimmat deyishyapti. Manimcha shu kollejlardan foydalanish kerak.
Олий таълимларни тошкендан бошқа вилоятларга кўчирса қандай бўларкан
ILHOMJON
Assalomu alaykum menda bu masala boyicha boshqcha taklif bor bilamiski tizim o'zgarib ko'pgina kollej binolar bo'sh qoldi va yotoqxonalar ham shularni yotoqxona qilib bersak bo'lmaydimi.
Бюджет у́кувчилар учун алохида ту́лов жорий этиш мумкин
Juda zor bo'lib ollohim hammani omadini bersin. Yana bitta iltimos Qo'shni davlatda o'qiydiganlarga yana bir. marta etibor berishlarini so'raradim chunki men ham oilaliman Farzandim bor QoZog'stonga topshirganman 1-kursman pereved qilishim kerak o'zbekistonga topshirgandim 6bal yetmadi super kontakt to'lashga imkonimiz bo'lmadi shunga bir iloji bo'lsa shu.masalani ham ko'rsalariz degandim ajrashganman qizim bor iltimos.. 🙏🙏🙏😢
Malohat Ortiqboyeva
Tóģri fikir axir necha minglab talabalar óqishadi yotoqxonalarni kópaytirgan yaxshi
Qurish fikriga qo'shilmayman,negaki OT binolari atrofi va yaqin masofadagi hududlar deyarli egallangan,to'la,hamda xususiylikka o'tib bo'lgan.Shu sababli bu ishda muammo va qiyinchiliklar talaygina topiladi.

Har bir oliy ta'lim,alohida-alohida mayda guruhlar bilan ishlab,OT huzirida aholi murojaat bo'limi, o'z ijara turar joylari uchun maqsadli,sifatli,tartibli tarzda ishonchnoma asosida OTbilan kelishilgan,shartnoma,imzolangan aniq faktlar asosida hamma uchun bir xillikka moyil bo'lgan kelishuvlarni qilishda yordamlashsa maqsadga muvofiq bo'ladi.Yillar o'tib,ishonamanki albatta o'z tartibini va samarasini beradi.
Show next 100 comments