This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
Butayeva Shoyista
Assalomu alaykum. Rosayam qiynalib kettim lekin kvartira sharoiti yaxshimas sharoiti yaxshilariniyam narxi maksima darajada qimmat 250- 300ming. Qatnasak ham salkam shu narxga keladi. Lekin qatnasak umrimiz yòlda òtib ketadi. Hammasi kelajak kelajak deb gapiradi lekin kelajak uchun ozgina sharoit qilish hich kimni xayoliga kelmaydi. Masalan. Yakuniy topshirishimiz kerak svet esa yòq. Boshqa joydagi bir bozorga borib dòkonchilarga yalinib vaqtim òtib ketti telefonimni ozroq zaryadkaga qòyib olay yakuniy topshirishim kerak deb. Xullar muommo kòp deb hamma gapiradi lekin hich kim muommoni yechishi xoxlamaydi. Biz endi nima qilishimiz kerak. Oqishlar ochilyabdi. Byudjetda òqiyman yetmaganda 30foiz 3 bolsa stependiya ham yòq. Bu sharoitda qanday òqib bòladi. Ayam bilan dadam shuncha pul tòlab repititorga qòygan. Maktabni talimi bilan esa 10000yildayam òqishga kirib bòlmaydi. Oddiy xalqni hich kim òylamaydi. Xullas aka aytsak gap kòp. Stependiyaga harakat qilyabman endi 30 foiz 3 bòlib qolmasin nima bòlsayam. Hich bòlmasa olgan stependiyam kvartiramga ketadi. Shuyam òqishmi òziz ham student bolgansizku. Bizni ahvolimizni tushunib turibsiz. Oddiy dehqonni bolasi bòlsak. Ha mayli bir gap bòlarda. Rahmay sizga aka shu mavzuni ochganiz uchun ham
Сулайманова Зухра
Tadbirkorlarga yuklash kerak deb oyliman katta miqdorda va uzoq muddatga kam foizlarda kredit berish kerak ular shudan foydalanib instiutlarga yaqin joylardan turar joylar qurishsin ogil bollarga alohida qizlarga alohida narhi ham ortacha masalan hozir kunda oyiga 200- 250 ming tolab turishga hamma talaba rozi boladi bundan tadbirkor ham foyda topadi chunki hozir talabalar ortacha 500ming tolab 1ta honada 2 3 kishilab turishibdi rossa zor bolardi 😊
Xushnud aka gaplarizga qo'shilaman.Talabada tanlash imkoniyati bo'lishi kerak.ijara yoki talabalar uyida turish masalasida.Shu o'rinda bitta taklif tan olishimiz kerak hozirgi kunda Toshkentta o'qiyotgan talabaning oylik xarajati o'rtacha 1,1, 1,2 millionni tashkil etadi.Hamma narsa baribir moddiy tomonga borib taqalyapdi.Xususiy sektor talabalar uchun soatbay ish o'rinlari tashkil qilsa yaxshi bo'lardi .talaba o'qishdan keyin bo'sh vaqtida ishlashi oz ehtiyojlari uchun pul topishi mumkin bo'lardi.Bu poytaxtda o'qiyotgan talabalar uchun ayni muddao bo'lardi.1-Universitetga yaqin joylarda ko'p qavatli talabalar yashaydigan binolar qurish, 2-talabaga, agar ehtiyojmand oiladan bo'lsa unga kredit berilishi kerak ya'ni ijara to'lovini o'qishni bitirgandan so'ng to'lab berish sharti bilan.Bunda tegishli tartibda talaba va talabalar uyiga tegishli tashkilot o'rtasida shartnoma tuziladi.
Сиртқи бўлимларга онлайн дарс бўлавериш керак
Гавҳар Сатторова
Ётоқхоналарни кўпайтирсин,мени икки нафар фарзандим пойтахтда талаба,квартирада туришади,ётоқхонадан жой бермади
Шерзод Рўзиқулов
Магистрант ёки докторонтларга айниқса оилалиларга уй ташкил этиш керак. Хизмат уйига ўхшаш бошқа сохаларда бўладику. Илм йўлидан кетаётган инсонлар ҳам бошқа орган ёки харбий хизматчилардан кам эмаску ватанга хизмат қиладику улар ҳам
Assalom alaykum hammaga. Man ham talabaman, hozirgi paytda talablar yotoqxonasida turibman. Sharoit yaxshi, lekin ayrim talablarga joy yetishmaganligi tufayli, kvartira turishga majbur bo'lmoqda. TTJ ko'paytirish loyihasini maqullayman, chunki deganda uzoq viloyatdagilar kelib joy topolmay ko'chada sarson bo'lmoqda. Hammani ham yashashga sharoit, moddiy jihatdan bir xil emas. Yurtboshimiz tomonidan ushbu masalaga e'tibor berilgan juda yaxshi bo'ldi. Endi bu dasturini amalga oshirishini intizorlik bilan kutib qolamiz.
Assalom aleykum!
Bizda o'quv yurtlarini bir shaxarga bir joyga qurib tashlashgan.
Masalan bizda Samarqandda SamISI, SamDU, SamDChTI, SamMI kabi oliy o'quv yurtlari bir joyda. Bundatashqari yana boshqa ta'lim dargohlari shaxarni ichiga joylashgan.
Tabiiyki bu joy masalasi bo'yicha talab oshadi taklif kamayadi.
Bu o'z navbatida narxga va sifatga tasir qiladi.
Yashasang shu yoqmasa sen bo'lmasang boshqasi qabilida ish tutadi. O'zim monopoliya yo'nalishida o'qiyman, raqobat muhitida yakka hukumron monopolistlarni mayda mayda faoliyatlarga bo'lib yuborish orqali balansni ushlashga raqobatli muhitni taminlashadi.
Shundan kelib chiqsak Oliy ta'lim muassasalarini bir joyda emas turli shaharlarda tashkil qilish kerak.
Shunda joylarga talab kamayadi va taklif etuvchilar ko'proq bo'ladi, bu o'z navbatda sifatli sharoitlar yaratilishiga sabab bo'ladi.
Бесполезно 🤢
Tokhirbek
Talabalarni yotoqxonalrini universitetlarni ichida qurish kerak ko'p qavatli qilib, bu jahon tajribasida ham bor. O'sha universitetlarni ichida maxsua arzonlashtirlgan marketlar, ovqatlanish uchun joylar qurilsa ham talabalarga arzon va yengillik bo'ladi ham universitetlar moliyaviy foyda ko'radi.
Талабалар учун текинга шароит килиб бериш керак, 90% талаба илм олиш урнига квартирага, овкатига, контрактга пул топиш билан овора, бунака кадрлар билан ривожланиш булмайди, ёки Талабалар квартираси пулини тулаб бериш керак, лекин хар нарсадан сокка киладиганлар шу общакдан хам пул килмокчи, Аллох берган хавониям пулли килади булар бу кетишда, Давлат ривожланишини уйламайди булар
Dilshod
Soliqlardan,ozod qilish hech, qanday natija bermaydi, yil yakuni boyicha spark berish ham hech qanday natija bermaydi, bular yana korrupsiyani rivojlantiradi Faqat stabil manffatdorlik natija beradi,studentni uyga qoygan ijarachi biladi sessiya boshlansa student sessiyasini yopishi kerak sessiyani yopsa, ijara pulini berolmaydi, undan keyin tatil paytida talaba qishlogiga 2-3oyga ketsa ijarachiga zarar, ijaraga beruvchiga doimiy, tizimli, har oy pul kelib tursa unga, na spark na bosh vazirdan rahmatnoma kerak emas, elektron platformaga kelsak OLX ni ozi yetarli yoki qilinsa ham shunga ohshash platforma qilish kerak
Oliy taʼlim tizimida katta oʻzgarishlar boʻlayotganini barchamiz bilamiz.
Talabalar va ular uchun talabalar turar joylari muammolari avvaldan mavjud ammo bugungidek dolzarb nuqtaga yetmagan menimcha.
Dolzarb nuqtaga yetishiga sabab sifatida shaxsiy fikrimni aytadigan boʻlsam
1. Oliy taʼlim muassasalarida qabul kvotalari oshirilmoqda, bu albatta quvonarli ammo, kvota oshishi bilan talabalar uchun yotoqxona oʻrinlarini ham oshirishga yetarli ahamiyat berilmagan.
2. Oʻqishga hujjat topshirish jarayonidagi oʻzgarishlar yaʼni, bir vaqtning oʻzida 5 tagacha oliy taʼlim muassasasini tanlash imkoniyati.
Bu juda maʼqul juda talaba boʻlish orzusida yurgan abituriyent bob yechim ammo tanganing ikkinchi tomoni ham bor.
Masala.: Aksariyat talaba oʻqishga hujjat topshirishda yashash uchun sharoitni, harajatlarning miqdorini hisoblashadi yaʼni, samarqandlik abituriyent uyimdan qatnab oʻqiyman deb Samarqanddagi oliy taʼlim muassasasiga hujjat topshiradi yoki, yaqin qarindoshi bor viloyat eng koʻp hollarda Toshkent shahridagi oliy taʼlim muassasasiga hujjat topshiradi va oʻsha OTM ni asosiy qilib belgilaydi. Shu tanlov boʻyicha oʻqishga kirsa omadi ammo asosiy deb belgilagan OTM ga kira olmasa tizim abituriyentni u uchun turar joy mavjud boʻlmagan boshqa bir viloyatga yuboradi natijada talabalar TTJ ga talabgor boʻladi.
3. Aksariyat talabalar Toshkent shahrida oʻqishadi. Aynan toshkent shahrida ijara uchun xonadonlar narxlari anchagina qimmat va talabalar uchun narx juhatdan toʻgʻri kelmaydi. Bundan tashqari talabalar uchun ijaraga uy beruvchi ijarachi koʻpam topilavermaydi chunki ijaraga berilgan uy tartibsiz saqlanadi degan sabab bor.
Bularga yechim topish ancha qiyin masala va unga katta mablagʻ va kerakli eʼtibor kerak.
Agar
- shaharda faoliyati toʻxtatilgan kollej yoki litseylar yotoqxonalari OTM larga berilsa
- OTM lar uchun yotoqxonalar qurilsa
Masalaning yechimini topish mumkin. Ammo bu vaqt, mashaqqat, mablagʻ talab etadigan yechim.
Talabalar uchun arzon kvartiralarni topishga yordam beradigan tarmoqni ishga tushirish ham yaxshi yechim. Ammo Toshkent shahar hududida talabalar uchun munosib narxda kvartiralar topilishi biroz qiyin.
Assalomu aleykum Xushnudbek va guruh a'zolari. Bildirilayotgan fikrlar aslida hammamizni qamrab olgan tushuncha. Sababi hatto yeyotgan ovqatimiz va kiyayotgan kiyimimiz gacha ijaraga bogʻliq. Nima uchun tamaddi xonalar Toshkentda qimmat sababi oshxona ijarasi qimmat. Nima uchun viloyatlarga kiyim bosh ta'minotchisi boʻlgan Toshkentning oʻzida kiyim kechak qimmat? Sababi ijara juda qimmat. Insonlar faqat ijarani qoʻllash uchun hayot kechirmoqda. Ijaraga beruvchilarda esa boqimandalikni eng yomon koʻrinishi shakllanmoqda. Taklif sifatida ijarani davlat oʻz nazoratiga qat'iy olib qora bozorni yotsin. Xuddi valyuta qora bozori toʻlganday. Kimningdur boʻsh turgan uyi boʻlsa davlat orqali ijarani shakllantirsin. Narx hammabop qilib belgilansin. Shunda odamlar 10-20 talab uy va koʻchmas mulkka egalik qilishga intilmasdan insoniylikni kuchaytirishga harakat qilardi balki. Bu juuudaaaa katta muammo.
Asta sekinlik bilan OTMlarni shahardan tashqariga chiqarish kerak.
Muammo talabalar turar joyida emas muammo bizdagi ta'lim tizimida maktabda o'qiymiz ota ona esa bizga taminotchi , maktabda yaxshi ta'lim berishmagani uchun qiynalib 2 yoki 3 yil repetitorga boramiz ota ona esa bizga taminotchi va nihoyat talaba bo'lamiz yosh ham 20 ga yaqinlashib qolgan bo'ladi Ota onadan pul so'rolmaysiz kontrakt to'lash uchun ham ishlaysiz ham o'qisiz ishlagan odam esa oʻqishi qiyin
Каримова
Енг яхшиси хар бир вилоятда хар сохада институт босин шунда сарсонгарчили бомиди вилоятдигилаям тошкенга кеб кочада комиди
Talabalarga uy qurgan bilan masala yechilib qolmaydi. Oddiy xalq ham koʻp jabr koʻrmoqda
Show next 100 comments