This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
Asta sekinlik bilan OTMlarni shahardan tashqariga chiqarish kerak.
Muammo talabalar turar joyida emas muammo bizdagi ta'lim tizimida maktabda o'qiymiz ota ona esa bizga taminotchi , maktabda yaxshi ta'lim berishmagani uchun qiynalib 2 yoki 3 yil repetitorga boramiz ota ona esa bizga taminotchi va nihoyat talaba bo'lamiz yosh ham 20 ga yaqinlashib qolgan bo'ladi Ota onadan pul so'rolmaysiz kontrakt to'lash uchun ham ishlaysiz ham o'qisiz ishlagan odam esa oʻqishi qiyin
Каримова
Енг яхшиси хар бир вилоятда хар сохада институт босин шунда сарсонгарчили бомиди вилоятдигилаям тошкенга кеб кочада комиди
Talabalarga uy qurgan bilan masala yechilib qolmaydi. Oddiy xalq ham koʻp jabr koʻrmoqda
Onlayn ta'limdagi kvotalar sonini oshirish lozim faqatgina sessiya topshirish jarayoni joyida hal qilinsa vaqtincha bo'lsada muammoni hal etishda o'z hissasini qo'shadi, domlalarga bu qiyinchilik tug'dirmaydi auditoriyalarni kerakli moddiy texnik baza bilan ta'minlash lozim, hatto hozir ba'zi OTMlarda auditoriyalar yetishmovchiligi ham paydo bo'layotganligi va bu taklif ikkinchi muammoni ham oldini oladi. Faqat oldindan bir semestrda o'zlashtirilishi lozim bo'lgan adabiyotlar ro'yxati shakllantirilsa bo'lgani.
Assalomu alaykum avvalambor hammaga.Manimcha juday tòģri masala kòtarilgan.Talabalarni 100 % TTJ bilan taminlashni iloji bòlmaganda ham,baribir qanaqadir joy topishga yordam qilishsa ham bu juda katta yordam bòlishi mumkin albatta.Toshkentda hozirgi kunga kelib òģil bola talabalar uchun joy topish juda qiyin ish,kvartiralar bor ,faqat qizlar yoki oila uchun beriladi.Bu òz navbatida juda katta noqulaylik tuģdirib qòyayapti.Mana shu masalada yordam beradigan qanaqadir markaz tashkil qilish kerakmi?Yanayam bilmadim,shunga òxshash talabalar yashash joylari topishga yordam beruvchi tashkilot tashkil qilish kerak albatta
Л.Ю.
Талабалик йиллари айнишунака нарсалар билан хам эсда колади. Балки турт беш йилга бола килиб оларман икки учтасини
1.Талабалар етокхонасини куриш хусусий секторга бериш керак, Жахонгир Ортикхужаевга эмас ва унга боглик фирмаларга хам.
Бир неча йил олдин бир тадбиркор арзон уй курмокчи эди, уни синдиришди.
Шунга ухшаган инсофли тадбиркорга бериш керак.
2. Талабаларга буш вактларида енгилрок ишлаб пул топишни йулга куйиш керак, даромад солигидан талаба озод булсин.
Хозир ишга жойлаштириш узи муаммо лекин, буни халк жамоасига эьлон килиб, лойихаларга мукофот жорий килса, лойихалар топилади.
Масалан: Шахарни тозолигига хисса кушиш, талабалар буш вактларида шахарни белгиланган худудларида тозалик ишларини олиб боради.
Бу тозаликни амалга оширадиган фирма талабани талабалик гувохномасини кайд килади ва иш топширади, унга барча талабалар бориглари мумкин, кейин ойни охирида ишлаганига караб пул ажратилади еки шу куннинг узида пул туланади.
Бюджетдан ободонлаштиришга ажратилаетган маблагни тахлил ва хакконий текшириш керак жуда куп маблаг ажратилади ва кушимча иш хаки езиш жуда куп, буни хокимият хам молия булими хам жуда яхши билади.
Бюджетни пулини тугри сарфланади.
Агар битта ободонлаштиришни текшириб курилса, айтганимдан хам баттар ахволда, яьни бюджет талон тарож булаяпти, барибир улар шахарни тозалай олишмайди, факат ишчилар эзилиб ишлайди.
Яна катта ишлаб чикарувчи ташкилотлар баьзи тозала ва бошка енгил ишларга талабалар учун ишбай ишлар ташкил килса булади.
Соликчилар лекин талабаларни иш хакисидан даромад солигини уйламаслик керак.
Агар солик солиш манбаси тикилиб етибди, гуеки соликчилар ишлаетганга узларини курсатишади, улар текшириш олиб бормаса хам бюджетга солик ошиги билан тушиб турибди.
Viloyatlarda institut ochish degan taklif ta'lim sohasi vakili sifatida aytishim mumkinki umuman oqlamaydi. Kollejlardan battar holatga boradi. Yana 5 yilda diplom emas aql gapiradigan zamon keladi. Shunchaki ikki betlik varoq uchun odamlar vaqt sarflash kerak emasligini anglab borishmoqda. Bizga ilm markazlarida ilm doirasida yaxshi kadrlar yetishtirish maqbul yoʻl
Julliyev Mengliboу
Masullarning quruq gapi shart emas iloji bõlsa ertagayoq borib turar joy qurishni boshlash kerak. Kimlardir juda qiyin ahvolda qarindoshlarnikida turibdi. Yana kimdir kvartira topolmaganidan õqishini onlayn qilib uyuga qaytib ketti shaxsan biz deyarli 2 kun kõchada yotib keyin kvartirada topdik u ham bõlsa juda qimmat.
Avval kvartiraga qõyganlar hozirgi kunda virusdan qõrqib qõymayapdi. Qimmat kvartirada turganlar ishlamasa iloji yõq õqimasdan turib MARDIKORLIKKA yoki boshqa shu kabi ishlarda ishlab kelgan va hozirda ham ishlamoqda bu qachongacha davom etadi hudo biladi.
Arzon kvartira qurmasdan turib ta'lim sifati haqida gapirish qanchalik tõg'ri bilmadim.
Man talabalar turar joyiga fikr bildiradigan boʻlsam koʻplab kollejlar toʻxtatildi ushalarni yotoqxonasi kerak boʻlsa oʻziyam boʻsh turipti shu joylarni talabalarga berishsa yaxshi boʻlardi shundogʻam boʻsh turiptiku oʻzim bir qanchasini koʻrdim shuni koʻrib chiqishsa boʻlardi talabalar kamida bitta domni 1 oyga 300$ 400$ ga olishyapti ancha qimmat masmi talaba uchun yotoqxona qilib berishsa 150 200 mingdan tushsa kerak.
Talabalar Toshkentga oʻqishga kelib ish izlashyapti buni sababi albatta kvartira qimmatligi va yotoqxona yoʻqligi tufayli albatta!
Assalomu alaykum Xushnudbek aka sizning taklif qilganigizdik talabalarga ijara topishda yordamlashish kerak .....
Faxriddin Mannonov
3 yil oldin o‘ylab ko‘rgan edim TTJ larni tadbirkorlarga berishni Respublika bo‘yicha barcha TTJ lar OTM ga qarashli . Ko‘p qavatli TTJ larni qurish kerak qancha odam ish bilan taminlanadi
Yaxshi muammoni kótarib chiqibsiz, qoil!
Taklifga keladigan bólsak, hozirda kim kóp uy qurib sotayotgan tadbirkorlar kóp. Talabalarda ikta muammo mavjud: turar joy va qatnov transporti. Ularga yengillik yaratish uchun quyidagi ishlar amalga oshirilsa maqsadga muvofiq:
1. Shahar ichida bósh yerdan oliygoh byudjetidan(super va mupper kontrakt) hisobidan TTJ qurilsa, yoki tadbirkorlarga yer ajratilsin ular qurishsin va ularga imtiyizli kredit bersin. Albatta tadbirkorlar bundan foyda kuradi!
2. Talabalar uchun alohida transport berishsin, qurilgan TTJga borishlari uchun. Buni ham oliygoh óz byudjetidan yoki buni ham tadbirkorga berishsin. Albatta bu ishlar shaharlarda ijara narxini tuwishiga va jamoat transportida talabalarning vaqti ótib ketishiga ham yordam beradi.Albatta, yuqorida qurilgan TTJ va talabalarga ajratilgan transport narxi insof bilan belgilansa.
Misol uchun TDYUda super kontrakt 300 mlnga yaqin. Bunday pulni beradigan "aqlli" puldorlar ham yetarlicha. Ushbu universitet moliyaviy baquvvat bólsada, talabalarning juda oz qismini TTJ bn ta'minlaydi.
Assalomu alaykum hammaga. Xushnudbek aka yaxshi taklif berdi.Men shu taklifga qo'shimcha qilsam.Birinchidan talabalarga uy topib beradigan platforma bilan birgalikda tekin maklerlik qiladigan nodavlat notijorat tashkilotlarni ochsak yaxshi bo'lardi.Va bu tashkilotlar davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi zarur.Ikkinchidan shu talabalar turar joylarini imkon qadar ko'p qavatli binolarda joylashtirilsa ya'ni 2.3 etajli TTJlar o'rnida 5.6etajli TTJlar qurish kerak.Uchinchidan talabalarga nafaqat turar joy balki ish bilan ta'minlab beradigan platformani ishga tushirish davr talabi.To'rtinchidan talabalarni amaliyotga jalb qilish faqat to'rtinchi kursda amalga oshiriladi, meni taklifim yozda yozgi ta'til o'rniga yozgi amaliyotni o'tash uchun OTM va Oliy ta'lim vazirligi tomonidan viloyatlarga ishga yuborilsin. Ham talabani budjetiga foyda ham malaka oshiradi.
Beshinchidan uzoq viloyatlardan keladigan talabalarni birinchi navbatda TTJga joylashtirish zarur.O'zim ham guvohi bo'ldim Toshkent shahridagilar kvartirasi bo'lsa ham universitetga yaqin deb pul berib TTJga joylashib olyabdi.Chekka hududlardan kelgan talabalar esa ming azobda kvartira izlab qimmat narxlarda turishyabdi.
Meni yana bir savol qiynaydi.
Meni soxam farmatseftika shuning uchun xuquqiy soxada sal no'noqroqman. GM Manapolist ekanini, olib sotarligi yoki bir vaqtlar GMni rivijlantiriah uchun import avtomobillarga juda katta to'lovlar joriy etilganini o'zingiz xam ko'p aytgansiz.
Xattoki prezident xam GMning narxlariga tanqidiy qarab qimmat ekanini takidladilar.
GM shu darajada xalqning yoki prezidentning xam gapi o'tmaydigan katta kuchga tegishlemi yoki xalqning yonini olishi kerak bo'lgan partiyalar birdaniga GMning tarafiga o'tib uning savdo siyosati maxfiy deya chiqishiga qaraganda yuqori mansabdorlarning GM dan olib turadigan bo'lag(yoxud porasi)i bormi.
Mansabdorlarning mol mulklari qayerdan kelganligi surishtiriladi deb surishtiruv boshlangandi u xam to'xtab qoldi.
Siz bu soxada bilimleroqsiz, mavzuga oid bulmasa xam vaqt ajratib shu masala bo'yicha fikr bildirsez yaxshi bo'lardi
Таклифингизга кушиламан ва кушимча равишда шуни таклиф киламанки, квартирага куйилган талабалар хам ёш гудак бола хаммаси вояга етган, шунинг учун квартирага куйилган талабалар бн шартнома килингандан кейин хамма масулиятни уларнинг узларига куйиш керак, яьни хамма хам бир хил эмас кимлардкр тогри тоза озода тигч яшацди, кимлардур эса кингирликлар килиб яшацди. Уша кингирликлар килганларни квартира эгасигамас, шартнома килинган талабалар зиммасига юклаш керак. Чунги квартира эгалари талабаларни куйишга куркб колганлари куп, яьни улар бундан панд еган, куйган талабалари кандайдур жиноятми(енгил турдаги) ёки шунга ухшаш шовкин кутариш тинчликни бузиш шу кабилар содир булганда квартира эгасини хам жарима тортиш ва шунга ухшаш холатлар мавжуд.
Таклифим шуки юкоридаги каби холатлар келиб чикканда, квартира эгасигамас шартнома буйича куйилган( уша квартира яшаётган) талабаларни жавобгарликка тортиш керак, негаки хамма килган килмиши учун жавоб берсин, шу каби масалаларни хам курб чикиш керак.
Ва яна шуни хам кулимча киламанки квартира эгаси квартирантга уйини кай ахволда топширябди ва кабул килишда хам шу ахволдан купам фарк килмаган холда кабул килиш шартлари киритилса хамда шуни хисобига квартира нархларини тушишига олб келинса, колаверса квартира яшаётганларга хам масулият буларди деб уйлиман, яьни уз уйидек тоза озода яшарди, яьни маданий ва маьнавий саводхонлик хам ошишига сабаб булса ажаб эмас.
Хаммага рахмат, мен узим хам талабаман, курб билиб юрганларимдан хулоса килиб айтябман, кимгадур ёкмаса узур, лекин афсуски хар томонлама саводсиз ёшларимиз, талабаларимиз куп.
Viloyatlarda unchalik bilinmaydi. Poytaxtda judayam qiyin. Belgilab qóysa bólarmikin narx ni 🤔🤔🤔
Show next 100 comments