This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
Yaxshi fikr bir taklif bor iloji borichi talabalar yotoqxonasini qaysi ta'lim muassasasida o'qisa shunga yaqin yoki ichida qurish kerak.Sababi sarson bo'lishi kerakmas talabalar.
Tojiboyev Abbosbek
Assalomu alaykum hammaga. Xushnudbek aka yaxshi taklif berdi.Men shu taklifga qo'shimcha qilsam.Birinchidan talabalarga uy topib beradigan platforma bilan birgalikda tekin maklerlik qiladigan nodavlat notijorat tashkilotlarni ochsak yaxshi bo'lardi.Va bu tashkilotlar davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi zarur.Ikkinchidan shu talabalar turar joylarini imkon qadar ko'p qavatli binolarda joylashtirilsa ya'ni 2.3 etajli TTJlar o'rnida 5.6etajli TTJlar qurish kerak.Uchinchidan talabalarga nafaqat turar joy balki ish bilan ta'minlab beradigan platformani ishga tushirish davr talabi.To'rtinchidan talabalarni amaliyotga jalb qilish faqat to'rtinchi kursda amalga oshiriladi, meni taklifim yozda yozgi ta'til o'rniga yozgi amaliyotni o'tash uchun OTM va Oliy ta'lim vazirligi tomonidan viloyatlarga ishga yuborilsin. Ham talabani budjetiga foyda ham malaka oshiradi. Beshinchidan uzoq viloyatlardan keladigan talabalarni birinchi navbatda TTJga joylashtirish zarur.O'zim ham guvohi bo'ldim Toshkent shahridagilar kvartirasi bo'lsa ham universitetga yaqin deb pul berib TTJga joylashib olyabdi.Chekka hududlardan kelgan talabalar esa ming azobda kvartira izlab qimmat narxlarda turishyabdi.
Текин маклерлик билан хеч ким шугулланмаслиги мумкин лекин анча арзонрок килишса( талабалар учун) яхши буларди. Ёзги практика масаласи ажойиб, таьлим билан амалиётни узвиц боглашимиз керак
Akmal Farmonov
Фақат талабалар учун фикр қилсак мақсадга эришилмайди, Ҳаммани уйли бўлиши учун ечим топиш керак. Иши бор ОДАМда уй муаммоси бўлмаслиги керак.
Кеча манетта биттаси ётокхонадан сокка хакида гопрудимо? Эшиттилами?
Man guruh ochgandim @studentlargakvartira degan.

Asosiy maqsad- talabalar bir-birlariga qayerda qanday joy borligini guruhda ulashadi...

Guruhda qancha ko'p talabalar bo'lsa, joy topilish ehtimoli shuncha ortadi
압두까허르
Makler degan narsani yo'qotsin shuni o'zi yetadi bazi bir kivartira qo'yadiganlar makler bilan kelishib u buni baxona qlib chiqarib yuborib ya'na boshqasini olib kelib soqqa qiladi
Умуман етарли эмас ётокхона. Кв нархи осмонда, оворагарчилик, сарсонгарчилик
Takliflar:
1. E'lonlarda ko'rinyaptiki ijaraga qo'yuvchilar asosan 'zags'li oilalarni ijaraga qo'yishni hohlaydi. Talabalarni qo'yishni istamaydi - bunga turli sabablar bor albatta. Ijaraga aynan talabalarni qo'ygan xonadon egalari uchun soliq, va h. kabi to'lovlarga davlat tomonidan yengillik berilishi kerak. Aynan talabalar turishi haqda kontrakt taqdim etilsa ko'pchilik to'lovlardan ozod etilsa yoki yengillik berilsa talabalarni uylariga qo'yuvchilar soni oshishi mumkin. Buning Qonuniy loyihasi ishlab chiqilsa foydasi tegadi.

2. Unverstetlar bo'limlarini viloyatlarda tashkil qilish kerak , toki boshqa viloyatlardan kelib Toshkentda o'qishga majbur bo'lishmasin.

3. Talabalarning bo'sh vaqtda ishlashiga ruxsat berilishi kerak: faqat ayrim tashkilotlar yoki muassasalardan tashqari barcha joyda ishlashlariga qonuniy ruxsat berish kerak. Qaysi kursda o'qishidan qati'y nazar. Moliyaviy o'z o'zini ta'minlasa har tomlama muommolar kamayadi.

4. "Talabalarni kechikib kelsa darsga kiritmaslik" tartibini qati'yan man etish kerak !! ( xorijda bunday tartib umuman yo'q) Kech kelsa ham darsga kiririlsa talaba uzoqroqda masalan Toshkent viloyatida yashab bo'lsa ham qatnab o'qiydi.

5. Davlat bo'sh turgan binolarni talabalar uylariga aylantirishi kerak ( vaqtinchalik bo'lsa ham)

6. Yoshlar faqat biznes qilishi un emas !!! yashab ta'lim olishi un ham ko'p moliyaviy kreditlarni jalb qilish kerak. Aynan Talabalarga ko'proq kreditlar berilishi kerak. Bilimli kadrlar davlat rivojlanishi un juda muhim.

7. 'Talabaga joy ber" degan turli aksiyalar o'tkazish kerak: xalqimiz orasida saxovatpesha insonlarni aynan talabalarga joy topib berishga yordam qilishga chaqirish uchun turli tadbir va harakatlar uyushtirish kerak - "medsenat grantlari" kabi.
Мити сити кимасдан келажакдаги кадрлар учун ётокхона курилар ей
Talabalarni eng asosiy muommosi bitirgandan keyin hech qayerda ish topomiy sarson bo'layotganida.Kantrakt asosida o'qiyotganlar qancha lekin ish yo'q qatka kirsa ham ish yo'q deb chiqarvorishgani shu muommoni hal qilish kere
Balki talabalarni ijaraga quygan shaxsga soliqlardan imtiyoz berish kerak ayniqsa tadbirkor bulganlarga shunda talaba va tadbirkor urtasida yana bir yaqinlik bolardi hozirgi 1+1 tizimi shu orqali 1+10 boliwi mumkin oylaymanki harqanday talaba yaxshi tadbirkorga ishbilarmonga ozini kursatish uchun qattiq harakat qilardi.
ASKAR UZAKOV
Зўр ва ажойиб фикир бўлган
Talabalar turar joyida talabaning o'qishi va yashashi uchun na'munali sharoit yaratish kerak. Va albatta shunga munosib o'qishni tashkil etish kerak, ya'ni o'qitishni yaxshilash va talab darajasini oshirish kerak. Bu bilan kelajak uchun ham zamin yaratgan bo'lamiz ham kelajakni behavotir kutamiz... Hozirgi talabalar 5-10 yildan keyin jamiyat shohsupasiga chiqishadi. Bu degani kelakakni qurishda ularning ham juda katta aralashuvi va hissasi bo'lishi tayin. Kelajak avlodni bilimli va ertangi kunni zamonaviy his etadigan insonlar qo'lida bo'lishni istaymiz, har birimiz.
Bugun ular turar joy muommosini hal qilish bilan emas, faqat o'qish ijodkorlik va izlanish bilan ovvora bo'lishsa shunday sharoitga moslashadi, kerak bo'lsa imkonini yaratishadi. Bilim olish o'rniga turar joyni muommosini hal qilib, arzon turar joyni izlab ovvora bo'lib, yoki qimmat (shahar hududida, tartibga solinmagan ijara uchun) turar joyga pul topish bilan band bo'lmasin.!
Kelajak yoshlarniki, kelajak bizniki-ku axir....!
Shunday vaziyat va sharoitlarni yaratilganligini ko'rganman. U sharoitni asosan uydagilari hal qilishgan. Ko'plari sharoit uchun o'qishni tashlashga yoki Toshkentdagi o'qishni emas balki arzon (yashash uchun) Viloyatlardagi o'qishlarni tanlashgan. Balki ularning bilimi aql sig'mas darajada kuchli bo'lishi mumkin. Bilimli yosh avlod Yangi O'zbekistonimiz uchun juda kerak va albatta, xuddiki suv va havodek zarur...!!!
𝓜𝓾𝓼𝓽𝓪𝓯𝓸🕊
Assalomu alaykum! Talabalarni uy bn taʼminlash uchun websayt va ilova dasturlash kerak. Unda talabalar arzon narxlarda oʻzlariga mos uy tolishi mumkin boʻlsin. Albatta bu uylar faqat talabalar uchun boʻlishi shart
Инсон яшаш учун шароит мавжуд булмаган уйлар буб колади, яни хеч нарсаси ёк ремонти огир, булса киммат булади
Nilufar
Assalom aleykum
Biz 750ming to'ladik birinchi oyga makler bilan vaholangki bu judda ham qimmat 🥺🥺🥺
Одина Бахранова.
Assalomu alaykum avvalo har birimiz shu diyorda talabalik baxtiga yetqazgan ollohga shukur!
Lekin har bir yurt viloyat tuman mahalla oilada jarayon qanaqa ekanligi har birimizga qorong'u shu bilan birga sharoit turli xil lekin birgina Toshkent miqyosida olib gapirsam 100$ turar joyni topish judayam qiyin hozir gap sumda ham emas $ ketyapdi endi 1xonali uy shunaqa ham narxda topilmayotgan jarayonda talabalar uchun turar joy biz talabalikni tark etgunga qadar qurilishi rejalashtirilganmi?
Hayotda hamma narsaga oson erishilmaydi bu haqiqat o'qishga ham osonlikcha chakana qiyinchiliklar evaziga erishilmagan natija !
Men hech bir bo'layotgan holatlardan norozi emasman birgina so'z bilan biz yoshlarga ozgina tirgak kerak deyman xolos!
Менимча Европа давлатларида булгани каби, талабалар етокхонаси алохида бошкарма томонидан идора килинса максадга мувофик булар Эди. Чунки, бундан буен янги талабалар танлаш хисоботга уз худудидан узокда укишларига хам тугри келадиганлар купчиликни ташкил этади. Куриниб турибдики етокхонага эхтиеж хозиргидан хам еатта булади. Янги ташкил этилган етокхонага Бир неча ОТМ талабалар жойлашиб, керак булса, Бир хонада яшашлари хам мумкин
Juda yaxshi fikr. Kantraktda o'qiydigan talabalar uchun har oy qimmat ijara puli, albatta, noto'g'ri.
Институтлардан суровнома асосида кайси институтда жой етишмаётганлиги аникланиб жой ажратишишлари кк. Ростанам биз талабалар кийналяпмиз 😔
Show next 100 comments