This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
Энг арзон ечим масофавий таьлимни ривожлантириш. Вилоятда яшайдиган талаба Тошкентга келиш шарт булмаслиги керак. Уз яшаш жойида мутахассислиги буйича ишлаш керак. Битиргандан кейин иш жойи тайин булади
Ra'no Taxtaxodjayeva
Masofaviy ta'limni yo'lga qo'yish kerak
Бобур Тургунбоев
Assalomu alaykum. Talabalarni yotoq joy bilan taminlash masalasi albatta hozirgi kunda bizning ta'lim tizimidagi ogriqli nuqtamiz hisoblanishi hech kimga sir emas . Talabalarni maxsus arzon turar joy bilan taminlash bu hammasi moliyaviy tomonga borib taqalishini hisobga oladigan bolsak arzon turar joylarni qurush uchun kotta mablag va vaqt talab qiladi . Mening shaxshiy fikrimcha hamma narsani davlatga va oliy talim tizimiga tashlamasdan talaba yoshlarimizni bandligini taminlashga urgu berganimiz to turar joylarni qurguncha bolgan davrda vaziyatni bir muncha yengillashtirgan bolar edi , biroq ha deganda talabalarni ishga oladigan tashkilotlarimiz ham ha deganda topilishi muammo , shu sababdan 1- taklifim: oliy ta'limda hozirgi kunda qabul kvotasini tartibga solish masalasini korishimiz kerak deb oylayman. Yani bizda sifatga ham urgu berish vaqti keldi oliy talim tizimi va tashkilotlarimizni ozaro hamkorliglarini faqatgina qoğozda emas real hayotga ham kochirish vaqti keldi. Talaba 1-kursini tugatdimi 2-kursdan ozining soxasida asta ishlashni boshlasin oqishining qolgan davrini amaliyot bilan boğlab nazariy bilini amaliyotdagi tatbiqi qandayligini korsin va shu orqali hech bolmaganda ozini eplab yurishi uchun daromadga ega bolsin. Buning uchun tashkilotlarni talabalarni ish bn band qilayotganligi sababli ularga ham eng yaxshi ular uchun stimul fazifasini bajaruvchi narsa soliqdan maxsus imtiyozlarni ishlab chiqish kerak deb oylayman
Aynan
Бобур Тургунбоев
Ra'no Taxtaxodjayeva
Masofaviy ta'limni yo'lga qo'yish kerak
Buni hozirgi sharoitimizda samarasi 0 ga teng afsuski
Бобур Тургунбоев
Husan Zikiryoyev
Aynan
?
Janob Ergashev
Balki "tepadagilarni"maqsadi shudir. Ilmsizlarni boshqarish osonku, ham ularning hokimiyatga chet elda sifatli ta'lim olgan farzandlari joylashishlari oson bo'ladi. Chunki biz talabalar ular bilan ham bilim,ham moddiy holat, ham "tanka" masalasida bellasha olmaymiz. Qaysidir bir hukmdor xalqining ongi rivojlanib ketmasligi uchun shaxmat o'yinini cheklaganini eshitgandim. Bizda ham shunday bo'lmoqda. Faqat eshak bir to'qimi boshqa degan ma'noda
Ular shuni bilishsin ming òyin qilishsin qiynashsin qanchalik qiynalib toblanib bòlsa ham biz ham òz maqsadimiz ilm olishga erishamiz endi bizni cheklay olishmaydi u zamonlar òtib ketti hozir bir insonni aldash qiyin hamma barcha narsani tuwunib bilib turibti ular ham mangu yashashmaydi bu dunyoda ularni ham davri abadiymas shunchaki ular òzlariga qulay hayot qurib yashashmoqda vaziyatlardan chiqishmoqda bu òyinlar ham doim ham qòl kelmaydi qayerdadir yutsalar qayerdadir yutqazadilar
Бобур Тургунбоев
Assalomu alaykum. Talabalarni yotoq joy bilan taminlash masalasi albatta hozirgi kunda bizning ta'lim tizimidagi ogriqli nuqtamiz hisoblanishi hech kimga sir emas . Talabalarni maxsus arzon turar joy bilan taminlash bu hammasi moliyaviy tomonga borib taqalishini hisobga oladigan bolsak arzon turar joylarni qurush uchun kotta mablag va vaqt talab qiladi . Mening shaxshiy fikrimcha hamma narsani davlatga va oliy talim tizimiga tashlamasdan talaba yoshlarimizni bandligini taminlashga urgu berganimiz to turar joylarni qurguncha bolgan davrda vaziyatni bir muncha yengillashtirgan bolar edi , biroq ha deganda talabalarni ishga oladigan tashkilotlarimiz ham ha deganda topilishi muammo , shu sababdan 1- taklifim: oliy ta'limda hozirgi kunda qabul kvotasini tartibga solish masalasini korishimiz kerak deb oylayman. Yani bizda sifatga ham urgu berish vaqti keldi oliy talim tizimi va tashkilotlarimizni ozaro hamkorliglarini faqatgina qoğozda emas real hayotga ham kochirish vaqti keldi. Talaba 1-kursini tugatdimi 2-kursdan ozining soxasida asta ishlashni boshlasin oqishining qolgan davrini amaliyot bilan boğlab nazariy bilini amaliyotdagi tatbiqi qandayligini korsin va shu orqali hech bolmaganda ozini eplab yurishi uchun daromadga ega bolsin. Buning uchun tashkilotlarni talabalarni ish bn band qilayotganligi sababli ularga ham eng yaxshi ular uchun stimul fazifasini bajaruvchi narsa soliqdan maxsus imtiyozlarni ishlab chiqish kerak deb oylayman
Toģrii👍 zor ģoya
Hozir ham talabalar juda qiylanishyapti. Makler haqqi 50 foiz deb turib olyapti koʻp maklerlar. Biz ham kvartirada turibmiz 4 kishi lekin juda qimmat narxda turibmiz. Biz yoki oʻqish haqida bosh qotirishni bilmaymiz yoki kvartira puli haqida. Toʻgʻri baʼzi ota onalar bu pulni qilib beradi. Lekin bizga qiyin boʻlib ketyapti. Buni kim ham tushunardi (bechora talabalarni) 😕
Qanaqadir citylarni emas, talabalar shaharchasini qurish kerak. U yerda Savdo markazlari, sport klublari, o'quv markazlar ham qurilib, stipendiyalar oshirilsa, pul aylanmasi ham, davlatga soliq va tushumlar ham oshadi. Hamma foyda ko'radi, birinchi navbatda yotoqxonalar va boshqa binolar quradigan qurilish tashkilotlari, ulardan foydalanib soliq to'laydiganlar, davlat foyda oladi, pul aylanmasi yuqori bo'lsa aholi turmush tarzi ko'tariladi
Maklerlar faoliyatini tartibga solish kerak.
Бобур Тургунбоев
Husan Zikiryoyev
Aynan
Hozirgi jarayonda bizda iloji boricha hammani oliy talim tizimiga qamrab olaman deb sonni ketidan quvishni toxtatishimiz kk
Talabalar turar joyiga yopishish shart emas. Shu paytgacha hech qaysi talaba issiqda yoki sovuqda koʻchada qolgani yoʻq. Talabalar oʻzi uchun oʻzi kurashib, oʻzi uchun sharoit qilib oladi. Endi navbat talabalarga keldidaya? Boshpana bahona talabani ham shilish qoludi. Abituriyentlardan test uchun falon puldan yigʻim undiriladi. Lekin davlatdan kepkasi, suvi, ruchkasi, maskasi, xodimlar tushligi va yana bir balolarni bahona qilib million million pulni yeb yuborishdi. Lekin na kepka, na suvdan darak bor...
Talabalarni xoʻja koʻrsinsiga oʻylab kelayotgandi shu paytgacha ham. Qanaqadur nomdor stipendiya yoki mukofot uchun oʻshandan 2 baravar koʻp xarajat qilanadi. Talaba bechora eson omon diplomini qoʻlimga olay deb itni kunini koʻrishga ham majbur, lekin noligani yoʻq Xudoga shukur. Endi turar joy deb talabani oyoq osti qilishi nooʻrin. Talaba bechora oyoqda yurib ham oʻqishiga yetvoladi, lekin arzonroqku deb avtobus yoki metroga chiqardi, uniyam narxini qornini qappaytirish uchun oshirvoldi. Selxoʻzda oʻqiydigan talaba sergilidan qoʻnim topsa, bechora metrogacha avtobusda, metrodan keyin yana avtobusda yurib yetvoladi, bu esa hozir (1-fevraldan) 10 barobar koʻp haq toʻlanishiga aylanib qolmoqda.
Xullas turarjoy baxona talabani yelkasiga yana yuk ortishni keragi yoʻq, tinchgina tegmasin shu talabaga.
ㅤㅤㅤㅤㅤ
Kvartiralarni arzon qilish kerak xòjalik uy egalari baribir qòyishmasa kerak. talabalar karantin qoidalariga amal qilish kerak faqat rasmiyatchilik uchun maska taqmasdan. Lekin talabalar uchun arzon ijarali kvartira yaxshiroq.
Xushnudbek aka mana shuncha taklif. Bar br o'qib ko'rmasangiz kerak
Har bir institutga yaqin turar joylar bn shartnoma qilib, òshanaqa kvartira yoki hovlilarga studentla joylashtirilsin
Қурилишлар керак эмас. Қурилишга кетадиган пулларни талабаларга моддий қўллаб қувватлашга сарфлаш керак.
Makler degan ochofatlar o'sha tizimniyam egallab oladi
Бобур Тургунбоев
Бобур Тургунбоев
Assalomu alaykum. Talabalarni yotoq joy bilan taminlash masalasi albatta hozirgi kunda bizning ta'lim tizimidagi ogriqli nuqtamiz hisoblanishi hech kimga sir emas . Talabalarni maxsus arzon turar joy bilan taminlash bu hammasi moliyaviy tomonga borib taqalishini hisobga oladigan bolsak arzon turar joylarni qurush uchun kotta mablag va vaqt talab qiladi . Mening shaxshiy fikrimcha hamma narsani davlatga va oliy talim tizimiga tashlamasdan talaba yoshlarimizni bandligini taminlashga urgu berganimiz to turar joylarni qurguncha bolgan davrda vaziyatni bir muncha yengillashtirgan bolar edi , biroq ha deganda talabalarni ishga oladigan tashkilotlarimiz ham ha deganda topilishi muammo , shu sababdan 1- taklifim: oliy ta'limda hozirgi kunda qabul kvotasini tartibga solish masalasini korishimiz kerak deb oylayman. Yani bizda sifatga ham urgu berish vaqti keldi oliy talim tizimi va tashkilotlarimizni ozaro hamkorliglarini faqatgina qoğozda emas real hayotga ham kochirish vaqti keldi. Talaba 1-kursini tugatdimi 2-kursdan ozining soxasida asta ishlashni boshlasin oqishining qolgan davrini amaliyot bilan boğlab nazariy bilini amaliyotdagi tatbiqi qandayligini korsin va shu orqali hech bolmaganda ozini eplab yurishi uchun daromadga ega bolsin. Buning uchun tashkilotlarni talabalarni ish bn band qilayotganligi sababli ularga ham eng yaxshi ular uchun stimul fazifasini bajaruvchi narsa soliqdan maxsus imtiyozlarni ishlab chiqish kerak deb oylayman
Bu fikrni ham bir erinmay oqib chiqib fikr va muloxazalaringni bildirsanglar balki nazarga tushib Xushnudbek akani ozi ham bu fikrni kamchiliklarini sayqallab taklif sifatida respublika miqyosiga kotarishga yordam bera olar
Xususiy sektorga bersyam bòladi. Yaponiyadagiga òxshagan 1 kishilik 1 xonalik kvartiralar. Maydoni juda kam lekin hammaga alohida. Hojatxona yoki hammom bir etajga bitta bòladi. Tòlovi 100-150ming sòm atrofida bòlsa( Toshkent sharoitiga). Juda ajoyib bòlardi
Show next 100 comments