Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.
Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида
арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.
Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.
Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.
Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.
Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.
❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.
👉 @xushnudbek 👈
Студенты тоже люди......
По их мнению?
Sizdan bor iltimos bor edi. Zora siz orqali kopchilikning dardi Holi yengilash balki, habariz bor yaqinda 1- kurslar da sessiyalar boshlanadi meni kelinim samarqand da o'qiydi va og'ir oyoq ,uni ustiga Samarqand ga yuborishga va u yerda yotoqxona topishga imkonimiz ham yo'q .
Shu imtihonlarni har bir viloyatlik o'z viloyatida topshirsa bo'lmaydimi?
Farqi nima Samdu dagi yo'nalishlar ham Buxduda ham bor bo'lsa,hozir karantin vaqtida agar shunday imkoniyatlar yaratilsa edi biz ota-onalar o'z farzandlarimizni havsizligini va moddiy mablaglarini qoplagan bo'lar edik. Shu iltimosim bir o'rganib chiqing.
Faqat 1-kurslar online sessiyalarini yopisha olmas ekan lekin qolgan barcha kurs talabalari yopishi mumkin ekan ,nega 1-kurslar online topshira olmaydi shular ham online topshirishsin. Yoki o'z viloyatidagi oliy talim muassasalarida imtihon sessiyalari topshirib olishsin .
Shu masalalarda biz ota-onalarga yordamlashing iltimos bu bir meni iltimosim emas balki barcha viloyatdan boshqa viloyatga o'qishga kirgan 1-kurs talabalari ota-onalari nomidan deb qabul qiling!
Shu yil 1-kurs talabalarining aksariyati boshqa viloyatlarga o'qishga kirishdi.o'tgan yildagiga nisbatan shu yil juda ham ko'pchilik talaba bo'lishdi va ularni aksariyati boshqa viloyatlarga o'qishga kirishgan ,
Bizlarning bu iltimosimiz yerda qolmaydi degan umidda sizga xat yo'lladim rahmat sizga Xushnudbek
( @xushnudbek )