This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
SODIQJON
Talabalarga kulba ham saroy kabi kvartira topilmasa ayniqsa
Salom Xushnudbek yaxshimisiz ishlariz yaxshimi? Sizni kanalingiz kuzatib boraman ko'p savobli ishlarni qilib kelasiz,ustozlarni qo'llab quvvatlab kelasiz har doim,sizni bu savobli ishlariz albatta olloh dargohida qabul bo'lgay,rahmat sizga!

Sizdan bor iltimos bor edi. Zora siz orqali kopchilikning dardi Holi yengilash balki, habariz bor yaqinda 1- kurslar da sessiyalar boshlanadi meni kelinim samarqand da o'qiydi va og'ir oyoq ,uni ustiga Samarqand ga yuborishga va u yerda yotoqxona topishga imkonimiz ham yo'q .

Shu imtihonlarni har bir viloyatlik o'z viloyatida topshirsa bo'lmaydimi?
Farqi nima Samdu dagi yo'nalishlar ham Buxduda ham bor bo'lsa,hozir karantin vaqtida agar shunday imkoniyatlar yaratilsa edi biz ota-onalar o'z farzandlarimizni havsizligini va moddiy mablaglarini qoplagan bo'lar edik. Shu iltimosim bir o'rganib chiqing.

Faqat 1-kurslar online sessiyalarini yopisha olmas ekan lekin qolgan barcha kurs talabalari yopishi mumkin ekan ,nega 1-kurslar online topshira olmaydi shular ham online topshirishsin. Yoki o'z viloyatidagi oliy talim muassasalarida imtihon sessiyalari topshirib olishsin .

Shu masalalarda biz ota-onalarga yordamlashing iltimos bu bir meni iltimosim emas balki barcha viloyatdan boshqa viloyatga o'qishga kirgan 1-kurs talabalari ota-onalari nomidan deb qabul qiling!

Shu yil 1-kurs talabalarining aksariyati boshqa viloyatlarga o'qishga kirishdi.o'tgan yildagiga nisbatan shu yil juda ham ko'pchilik talaba bo'lishdi va ularni aksariyati boshqa viloyatlarga o'qishga kirishgan ,

Bizlarning bu iltimosimiz yerda qolmaydi degan umidda sizga xat yo'lladim rahmat sizga Xushnudbek
( @xushnudbek )
Lapasov. Jòrabek.
Assalom aleykum albatta hamani ham yotoxona bilan taminlab bolmaydi bu fakt bundan biz qocha olmaymiz meni taklifim hama joyda mahalla fuqorolar yig'ini mavjud biz aytishimiz kerak hama mahaladagi kvartira qoyadigan odamlarga masalan men uyimga 4 ta bola qoyaman telefon raqam tashab uy manzilini korsatsa boldi oziga qaysidir mahalada kvartira kerak bolsa osha joyga borib tel qilib gaplashib oladi bu yerda talabalar har birining uyiga kirib kvartira qoyasizmi yoqmi deb sorashdan va ortadagi vositachilardan xoli bolardi
Muhammadjon hom hayol 50 60 mln somga. Hech kimga kerak emas, ya'ni hususiy sektrda faolyat yuritayotgan qurilish firmalariga
Talabalarni turar Joy bn taminlsh denglar fikr tak bu fikr nimaga dur kopchilik ga maqul lekini bor balkim avladan bor shu poytaxtdagi bor yotoqxonalarni tamirlab shoroitini yaxshilash kerak dur yana bilmadim
Bekzod Tursunov
Lekin hech qaysi davlatda degan joyi sal notoʻgʻri boʻlsa kerak. Rivojlangan davlatlarda narx navo arzon. Shuni ham hisobga olish kerak.
Kvartira quyadiganlarga tarmoq yaratish o'ylab ko'rish kerak, odamlar qonunni aylanib o'tkisi keladi soliqlarni to'lamasdan. Ijara uchun. Shunisi og'riqliki yig'imlar soliqlar o'zimizning ijtimoiy ahvolimizni yaxshilashini ko'pchilik haligacha anglab yetmagan.
Har bir institutda talabalar turargohi bòladimi? Limit cheklangan,eng muhtojlarga uzoqdan kelganlarga berilsin yotoqxona,yetmaganlarga oliygoh ozi arzon uylardan joy topib bersin talabaga,kvot oshirilgandan keyin yotoqxonani ham oylash kerakde.
Al-Xorazmiy izdoshi 👑 Kamolov Xurshid Davronovich
Salom Xushnudbek yaxshimisiz ishlariz yaxshimi? Sizni kanalingiz kuzatib boraman ko'p savobli ishlarni qilib kelasiz,ustozlarni qo'llab quvvatlab kelasiz har doim,sizni bu savobli ishlariz albatta olloh dargohida qabul bo'lgay,rahmat sizga! Sizdan bor iltimos bor edi. Zora siz orqali kopchilikning dardi Holi yengilash balki, habariz bor yaqinda 1- kurslar da sessiyalar boshlanadi meni kelinim samarqand da o'qiydi va og'ir oyoq ,uni ustiga Samarqand ga yuborishga va u yerda yotoqxona topishga imkonimiz ham yo'q . Shu imtihonlarni har bir viloyatlik o'z viloyatida topshirsa bo'lmaydimi? Farqi nima Samdu dagi yo'nalishlar ham Buxduda ham bor bo'lsa,hozir karantin vaqtida agar shunday imkoniyatlar yaratilsa edi biz ota-onalar o'z farzandlarimizni havsizligini va moddiy mablaglarini qoplagan bo'lar edik. Shu iltimosim bir o'rganib chiqing. Faqat 1-kurslar online sessiyalarini yopisha olmas ekan lekin qolgan barcha kurs talabalari yopishi mumkin ekan ,nega 1-kurslar online topshira olmaydi shular ham online topshirishsin. Yoki o'z viloyatidagi oliy talim muassasalarida imtihon sessiyalari topshirib olishsin . Shu masalalarda biz ota-onalarga yordamlashing iltimos bu bir meni iltimosim emas balki barcha viloyatdan boshqa viloyatga o'qishga kirgan 1-kurs talabalari ota-onalari nomidan deb qabul qiling! Shu yil 1-kurs talabalarining aksariyati boshqa viloyatlarga o'qishga kirishdi.o'tgan yildagiga nisbatan shu yil juda ham ko'pchilik talaba bo'lishdi va ularni aksariyati boshqa viloyatlarga o'qishga kirishgan , Bizlarning bu iltimosimiz yerda qolmaydi degan umidda sizga xat yo'lladim rahmat sizga Xushnudbek ( @xushnudbek )
Akamizni gaplari 100% tog'ri men jizzaxda yashayman Nukusda o‘qiyman buni juda yaxshi tushinaman
Qanaqa qurish haqida fikrim yogu lekin taklifim bor
Yotoqxonalarni iloji boricha OTMlarga yaqinro joylardan qurilsa Proyeznoy puli ham tejaladi Usha pulni yotoqxona tulovini malum bir qismiga ishlatishadi
Mana O'zbekiston Davlat Konsevatoriyasini yotoqxonasi Uchtepada joylashgan hamma Proyeznoy olishga majbur bomasa undan ham qimmatga tushib ketadi
Ertalab probka payti bir soat oldin chiqmasa darsga ulgurolmaydi
Agar yaqinda bolsa osha vaqtini dars qilishga ishlatar ertalab dars qilsa natija koproq boladi menimcha
Oliy talimni songa emas sifatga ham etiborni qaratish lozim. Keyin talabalar uchun arzon uylar qurish loyixasi xarajatlariga borib taqaladi. Arzon -sifatli bo'lsa yaxshi bo'lar edi...
Boʻsh yotgan binolarni taʼmirlab yotoxona qilish kerak
Menimcha hozir 1 yoki 2 oy ichida talabalar turar joyini qurib bitkazish amri mahol. Shuning uchun uyiga kvartirant qoyayotgan fuqarolarga TTJ narxi bilan bir xil yoki biroz koproq narx belgilash kerak menimcha . Uzogi bilan 300 ming etib belgilansa talabalarga ham qulay bolardi
Hakim
Masofadan o'qtishni kuchaytirish kerak
Davlatni o'zi ham qursin va xususiy sektorlarga ham qurish(OTMlarga yaqinroq joyda) sharoitini yaratsin. Qurib talabalarga yashash sharoiti yaratgani uchun soliq va boshqa imtiyozlarni uzoqroq muddatga bersin. Bu ham bir fikr lekin shu muammoni prezidentni o'zi kotargani mani juda xursand qildi. Hammasi sekin sekin boladi Inshaallah..
Ассалому алайкум барчага. Жуда яхши мавзу кўтарилибдида! Очиғини айтганда олдинлари талабалар учун турар-жой, квартира топиш ҳозиргидек қийин эмас эди. Ҳозир эса аксинча. Бунга бир томондан талабаларнинг ўзи ҳам айбдор. Эътибор берган бўлсангиз ижарачи уй эгалари у ёқда турсин маклерлардан квартира сўранг, талабалар учун бўлса йўқ дейди. Нима учун шундай? Сабаби, баъзи талабалар ижарада туришиб, ўзига хон, ўзига бек бўлиб ижара уйда ўз билганича яшаган, қўпол қилиб айтганда давр-у даврон сурган, ижара ҳақи, коммунал хизматлардан қарздорликлар каби улар билан боғлиқ муаммолар тўлиб кетган. Бу ҳолат баъзи талабалар учун жуда яхши таниш. Айни шу сабаблар билан ижарачиларда ҳам талабаларга нисбатан ишончсизлик ошиб бораверган. Энг ачинарлиси, битта тиррақи бузоқ бутун бошли подани булғайди деганларидек уларни деб бу ҳолат бошқа талабаларга ҳам таъсир этмай қолмади ва ҳозир ҳам давом этяпти. Шу сабаб ижара уйлар қиммат, талабалар учун «ватан» топиб бериш улар учун қийинлигини рўкач қилиб, эвазига маклерлар ҳам истаганича пул талаб қилишади, баъзида уларнинг хизмат хаққи ижара уй учун бир ойлик тўловнинг ярмидан ҳам ошиб тушади. На кулишни биласан, на хафа бўлишни. Йилдан йилга квотлар ошиб талабалар сони янада кўпайганидан сўнг талабалар учун бу ҳолат анчайин мураккаблашди. Ўқув йилининг исталган вақтида эшигимизни тақиллатиб ижарага туришга жой сўрайдиган талабаларни эса ҳамма ҳам унча хушламайди. Лекин на илож, яшаш учун жой топиш керак, ётоқхона бўлмагандан кейин у шундай қилишга мажбур, буни тўғри тушуниш керак. Энг ёмони талабани бу масала ўқув йилининг исталган ватида ёки доимий безовта қилиб келиши ҳеч гап эмас. Талабаларнинг барчасини ҳам тураржой билан таъминлаш имконсиз, лекин ҳеч бўлмаса улар умумий сонининг 60-70% ни қулай нарҳларда тураржой билан таъминласин. Лекин шунда ҳам нарҳ борасида табақалашнинг умуман кераги йўқ, бу талабаларда уларга нисбатан тенгсизлик, норозилик ҳиссини уйғотади, бу эса ўз навбатида уларнинг ўқишига ҳам ўз салбий таъсирини ўтказмай қолмайди. Бундан бўлгандан кейин эртага улардан бирор яхши натижаларни кутиш мантиқсизликнинг ўзгинаси. Барча талабаларга омад тилайман. Эътиборингиз учун раҳмат. Хурмат билан жаноб талаба.
Talabalarni 100 foizni emas 70 yoki 80 foizini taminlawsa ham yaxwi bolari ijara narxlariyam azgina arzonlawarmidi chunki hozi kopchili kvarterada turadu wunichunam qimmatroda
Men TATU talabasiman va Qashqadaryolikman. Menimcha Universtetlarga yaqinroq joylardagi bo'sh turgan obyektlarni auksionda aynan talabalar turar joyi qilib ta'mirlash uchun sotish kerak xususiy tadbirkorlarga. Mening fikrimcha bu hozirgi muammolarni vaqtincha (ya'ni yangi yotoqxonalar qurilguncha ) hal qilish uchun yaxshi yechim.
Xudayberdi
Ассалому алейкум йукоридаги гапларга озгина изох берсам аввало бизда онлайн тизим унча узини окламади хох кечги талим оладигин хох кудизги талим оладиган талабалар булсин сабаби бизда ентирнет унчалик яхши емас айникса аксарият кишлокларимизда. ОТМ Ларни хам чеккарок жойларга кучириш катта муаммо колаверса купгина вакт хам кетади.Йотоххона куришни бошлаш керак хозирдан лн унгача хам Бир бунча вакт кетади. Мани фикримча талабарни йотохона йоки арзон турар жойлар бн таминлагунча хеч булмаса талабалар учун йул хаккини жуда арзон килиб туриш керак, купчилик талабалар квартирада туриб катнашишади укишга, квартирани арзон килиб болмаябди хам униси йетмаганига маклер диганлари хам болади орада... Енг тугри ва тезкор йул йозгача болса хам талабалар учун йул хаккини бунданда арзон килиб куйиш керак назаримда. Купчилик талабалар учун катта йордам боларди.
Yo'lkirani tekin qilib qo'yganda ham bu yechim bo'lolmaydi!!!
Yoshlar ishlari agentligi “Talabalar — poytaxtning asl uysizlari” nomli maqola (https://kun.uz/81037607) yuzasidan talabalar yotoqxonasidagi real vaziyatni chuqurroq oʻrganish, tahlil qilish va mavzu yuzasidan takliflar ishlab chiqish uchun soʻrovnomalar tashkil qilibdi. Oʻzgarishlarga siz ham qissa qoʻshing.

👉 Zamonaviy talabalar turar joylari:
(https://docs.google.com/forms/d/1J7l7NWSb1oQWJYsmAPbpKmrkuxZuv09qolGl_yfQ7oQ/edit?usp=drive_web)

👉 Talabalar yotoqxonalaridagi sharoit haqida: (https://docs.google.com/forms/d/1Ki6jyQoAu94pxsStYi9kVnSiBtRJEWPGgAyoo-98xzM/edit)

⚡️ BONUS: 2015 yilda, MIT universiteti sobiq bitiruvchilari 30 ming kompaniya tashkil qilgan va 1.9 trln dollar yillik daromad ishlab topgan. Solishtirish uchun: Rossiya Federatsiyasining YaIMi 1.6 trln atrofida. Agar MITning bitiruvchilari tashkil qilgan kompaniyalar bir mamlakat boʻlganida, u mamlakatning iqtisodiyoti, dunyoda 10 ta eng katta iqtisodiyotlar qatoriga kirgan boʻlar edi.

👉@rashidtojiboev👈


Shu postda ham juda o'rinli takliflar ancha oldin bildirilgan ekan.
Assalomu alaykum o'z viloyatidagi talabalarni yotoqxona bn ta'mnilamasa ham boshqa vilyatdan kelganlarni 100% ta'minlash kerak. Yana yotoqxonadagi sharoitlarni ham yaxshilash kerak hozirgi sharoitlar qoniqarsiz. Shuning uchun talabalar kvartiralarga chiqib ketayapdi yotoqxonadan
Show next 100 comments