This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
WHITE star M.G
Assalom alaykum juda bir davr talabi bo'lgan mavzuni ko'tarib chiqibsiz. Ajoyib gaplar bo'libdi menda yana bir taklif bor; mana kollejlar deyarli tugadi yoki texnikumga aylantirildi. Texnikumga aylantirilgan kollejlar 10%atrofida bo'lsa kerak taxmin. Qolgan kollejlarning esa yotoqxonlari demak bo'sh. Ularni ham unverstet tasarufiga o'tkazish kerakmi yotoqxona sifatida. Agarda bo'sh qolgan kollejlarni (agar bo'sa) rekantsruksiya qilsa ham kam mablag' ketadi ham kam harajat.
Ilhom
Яхши муаммони олиб чиқибсиз Хушнудбек. Ҳозирда барча соҳаларни ахборот технологияларисиз тасаввур қилиш қийин. ТТЖ муаммоси барча жойларда бир. Шундай тизим қилиш керакки уни назорати ҳам бўлиши керак. GPS ва шунга ўхшаш тизим ичидаги хизматлар. Тизим бемалол таълим муассасалари билан ўзаро боғланган ҳамда улар ҳам кўра оладиган мукаммал бўлиши керак.
N.R.Raxmataliyevna
Xushnutbek siz judayam togri masala qo'yibsiz.Meni taklifim Talabalar uchun oqiydigan joylariga yotoqxona qurilgan lekin sharoitlar aytarli yaxshimas shining uchun davlat domlari qurilsada shu domda ijara arzonroq qilib to'lansa bu barcha talaba uchun yaxshi bolardi bu meni taklifim xolos.
N.R.Raxmataliyevna
Nafaqat tslabalarga oqituvchilarga xam shunday arzon ijarali davlat domlar qurilsa Davlatimiz bujetiga yaxshi pul tushadi.
MENI TAKLIFIMNI HECH KIM INOBATGA OLMAYDI, SHUNDAYAM AYTAMAN, ASLIDA TALABALARGA TURAR JOY EMAS UNI NARXI MUAMMO. BOSHQA VILOYATLARGA INDAMASDAN FAQAT TOSHKENTDAGI TALABALARNI STIPENDIYASINI 800 MING QILISH KERAK. SHUNDA 400MINGINI KVARTERASIGA QIYNALMAY BERADI. HOZIRGI OLADIGANLARI YEB ICHISHIGA QOLMAYDI AGAR TURAR JOYIGA TO'LANSA
Chet ellarda boshqa bir hududga borasan,o‘sha hududda ijaraga uy topish agentliklar bor. Odamlar xohlaganini topib joylashaveradi.

Yuqoridagi Qahhorov Ro‘zimuxammadni gapida jon bor. Ijara narxlarni ko‘rib chiqish kerak. Bitta stipendiya talabaning bir oylik ehtiyoji uchun (yotoqxona,yeb-ichishiga) yetarli bo‘lish kerakda.

Yotoqxonalar, nafaqat poytaxtda viloyatlarda xam kerak bo‘ladi. Lekin uni narxi o‘ylantiradi odamni
Nigora Muhammadjonovna
Menimcha bu muammo bir umrda hal boʻlmaydi.Chunki oliy taʼlim koʻpayib yotibdi.Hamma bitiruvchi oliy taʼlimda oʻqisa bu narsa hech qachon hal boʻlmaydi.Hademay hamma onlayn oʻqqishi ham mumkin.Bu meni oʻta shaxsiy fikrim.
Ассалому алайкум. Мен хам талабаман хам укиб хам ишлайман. Тогрисини айтсам квартира пулимни тулайман деб копрок ишлашга тогри келяпди, шуни натижасида еса укишга вактим кам коляпди ойлаб коламан укишга келдимми йоки ишлаб квартира пулини бериб яшашгами деб. Ха майли у курилади деган гап 10йилда хал болади кейин 20йил курилади унгача мени фарзандларим келиб турар балким. Яхшилликка болсин хаммаси.
Hamroyeva Shahlo
Bu muamoni faqat tezlashtirish k.k tez talabalar qiynalyapti 50$ ijaraga berish jonga tegdi
Khosiyat
Menimcha, ko'p qavatli uy qurib sotayotgan tadbirkorlar talabalar turar joylari borasida ham loyiha yaratib turar joy qurishsa yaxshi bolardi balki ular uchun daromadi qoplamas lekin o'shanga yarasha narx belgilashsa boladi chunki barbir hozir ham kopchilik 50$ dan turipti, albatta bu og'ir bolyapti shuning uchun ham narxlarini ikkala tomonga ham maqul tarzda belgilanishi kerak, savob qilishni hoxlovchi tadbirkorlar shu yo'l bilan ham katta savob qilishlari mumkin. Masalan: Murad buildings, Golden House kabi kompaniyalar qursin talabalar uchun ham joy. Juda kopchilikni joy muammosi hal bo'ladi.
Imkon boricha tezroq talababar uchun turar joy binolarini qurish kerak, ko'plab talabalar shu turar joy muammosi bilan ovora bo'lib o'qishga vaqt ajratolmaydi. Quriladigan turar joylarning sifatiga ham e'tibor berish kerak deb o'ylayman va narxlari ham qulayroq bo'lsa yaxshi bo'lardi.
Juda yaxshi fikr o‘rtaga tashlangan Toshkentda ijara narxi juda qimmat viloyatlarga nisbatan yotoqxonalarga sirtqilarni ham joylash kerak ijaraga qo‘yadigan xonadonlar soqqasi qilib yotibdi shuni davlat nazoratga olib bo‘sh joylarni oliy ta'limga o‘tkazsa davlatga ham tushum bo‘ladi cho‘ntakka emas
Ҳурматли Хушнудбек, ассолому алайкум, мен ўзим гувоҳи бўлганман, ўғлим Бухоро тиббиёт институти талабаси бўлганида ётоқ излаганимизда кўплаб коллежларнинг ётоқхоналари бўш турган эди, шу биноларга арзон нархда бизларга ўхшаб бошқа вилоятдан келганларни жойлаштирса ҳамма тарафдан давлатимизга ҳам бизга хам фойдаку, бўш ҳам ётибди шу бинолар, янги қурган яхши лекин олдингги қурилганлардан ҳам самарали фойдаланиш керак, бу ҳам қанча иш ўрни ва ҳоказо ва ҳоказо
Aziza
Assalomu alaykum juda dolzarb mavzu bu ha bu muommo kopchilikni qiynab keladi. Hali beri bu muommoga toliq yechim topolmaymizku ammo shu elektron tizim yaratilib talabalarga kvartira topishga yordqmlashish kerak .Juda kop ijarachilar talabaga ijaraga uy berishni xohlamaydi .To'g'rida ularni ham togri tushunaman zo'rg'a kun otkazadigan odamga kim ham kvartira bergisi keladi. Kvartira egasi agar talabaga uy ijaraga bersa uning soliqlarga ozgina kamaytirsa bonus sifatida yaxshi bolardimi deyman .
1-chidan stipendiya joyiga qaytarilishi kerak.
Misol Namanganda 2 xona sharoitlari bor kv 600 ming (4kishi tursaa 150 dan) bu narx eski holatdagi 4, 5 ga stipendiya oladigan talabalarga qulay. (Ba'zi joylarida yakka bobo buvilar turishadi hatto ovqatini qikib tayyorlab turishadi, talabalar ham yeri bo'lsa chopib ishi bo'lsa qarashib..)
Xullas shunaqa narxni ham Toshkent da qo'llash kerak...
Yakka yolg'iz qariyalarga talabalarni qarashga bog'lasa manimcha masala ancha yechiladi. (Bunda qadriyat, mehr oqibat, madaniyat tushunchlari aks etgan bo'lishi kerak albatta)
Manzura Xudoyberdiyevna
Qizim Webster universitetida o'qiydi, Buxoro viloyatining eng chekka hududi Olotdanmiz xar qalay yordam bo'lsin deb ishlaydi,xavotirga tushib o'tiraman,qani endi shu universitetlarda xam yotoqxonasi bo'lsa biz ota onalar uchun xam iqtisodiy xam xotirjamligimiz uchun judda katta yordam bo'lardi.
Yuldoshev Oybek
E institutku talaba uchun yotoqxona hammaga berilishi shart
Dom egalari bn kelishib dom olishga yordam qilishsin bizga qimmat aytishyapdi
Shahrisabzda 2xonali dom 1.5mln sum qimmatlik qilyapdi bizga
Ulug'bek Safarov
Shahar yoki viloyatning o'zida bo'sh binolar bo'lsa shular bilan Davlat qandaydir shartnomalar tuzib ularni talabalarga moslab bersa bo'lardi
Barcha TTJ larda sharoit zur 4 kishi turadigan joylarga 2 kishi yashaydi mayli yashasin shu joyga 4 turamiz deganlar ham bor qiynalsak ham deb ushanda odamlarni alohida joylab narxi sal tushurib joyhlasa bo‘ladi kelishganga keng dunyo
Show next 100 comments