This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
Ҳурматли Хушнудбек, ассолому алайкум, мен ўзим гувоҳи бўлганман, ўғлим Бухоро тиббиёт институти талабаси бўлганида ётоқ излаганимизда кўплаб коллежларнинг ётоқхоналари бўш турган эди, шу биноларга арзон нархда бизларга ўхшаб бошқа вилоятдан келганларни жойлаштирса ҳамма тарафдан давлатимизга ҳам бизга хам фойдаку, бўш ҳам ётибди шу бинолар, янги қурган яхши лекин олдингги қурилганлардан ҳам самарали фойдаланиш керак, бу ҳам қанча иш ўрни ва ҳоказо ва ҳоказо
Aziza
Assalomu alaykum juda dolzarb mavzu bu ha bu muommo kopchilikni qiynab keladi. Hali beri bu muommoga toliq yechim topolmaymizku ammo shu elektron tizim yaratilib talabalarga kvartira topishga yordqmlashish kerak .Juda kop ijarachilar talabaga ijaraga uy berishni xohlamaydi .To'g'rida ularni ham togri tushunaman zo'rg'a kun otkazadigan odamga kim ham kvartira bergisi keladi. Kvartira egasi agar talabaga uy ijaraga bersa uning soliqlarga ozgina kamaytirsa bonus sifatida yaxshi bolardimi deyman .
1-chidan stipendiya joyiga qaytarilishi kerak.
Misol Namanganda 2 xona sharoitlari bor kv 600 ming (4kishi tursaa 150 dan) bu narx eski holatdagi 4, 5 ga stipendiya oladigan talabalarga qulay. (Ba'zi joylarida yakka bobo buvilar turishadi hatto ovqatini qikib tayyorlab turishadi, talabalar ham yeri bo'lsa chopib ishi bo'lsa qarashib..)
Xullas shunaqa narxni ham Toshkent da qo'llash kerak...
Yakka yolg'iz qariyalarga talabalarni qarashga bog'lasa manimcha masala ancha yechiladi. (Bunda qadriyat, mehr oqibat, madaniyat tushunchlari aks etgan bo'lishi kerak albatta)
Manzura Xudoyberdiyevna
Qizim Webster universitetida o'qiydi, Buxoro viloyatining eng chekka hududi Olotdanmiz xar qalay yordam bo'lsin deb ishlaydi,xavotirga tushib o'tiraman,qani endi shu universitetlarda xam yotoqxonasi bo'lsa biz ota onalar uchun xam iqtisodiy xam xotirjamligimiz uchun judda katta yordam bo'lardi.
Yuldoshev Oybek
E institutku talaba uchun yotoqxona hammaga berilishi shart
Dom egalari bn kelishib dom olishga yordam qilishsin bizga qimmat aytishyapdi
Shahrisabzda 2xonali dom 1.5mln sum qimmatlik qilyapdi bizga
Ulug'bek Safarov
Shahar yoki viloyatning o'zida bo'sh binolar bo'lsa shular bilan Davlat qandaydir shartnomalar tuzib ularni talabalarga moslab bersa bo'lardi
Barcha TTJ larda sharoit zur 4 kishi turadigan joylarga 2 kishi yashaydi mayli yashasin shu joyga 4 turamiz deganlar ham bor qiynalsak ham deb ushanda odamlarni alohida joylab narxi sal tushurib joyhlasa bo‘ladi kelishganga keng dunyo
Ilhom
Men ham talabaman. Afsuski bizda ham mana shunday muommo.Mening fikrimcha ko'p sonli talabalar turar joyi tashkil etgan tadbirkorga soliq tomonidan imtiyozlar e'lon qilish kerakmikin.
Yolgiz qariyalarga yordamlashib, ular bilan bir xonadonda turgan talabalarga oz miqdorda bõlsa ham maxsus stipendiyalar tashkil etish kerak. Bunda ushbu xonadon egalarining tavsiyasi ham inobatga olinsin. Davlat tomonidan ijaraga beriladigan xonadonlarning sharoiti, yashash maydoni va sanuzellar sonidan kelib chiqib narx va yashovchilar sonini maqbullashtiruvchi me'yoriy hujjatlar davlat tomonidan ishlab chiqilishi kerak. Elektron tizimga keladigan bõlsak, loyiha tayyor faqat uni realizatsiya qilish qolgan. Web dasturchi izlayapmiz.
Assalomu alaykum / Darhaqiqat bugungi kunda talabalar ya'ni biz turar joy tomondan biroz qiyinchilikka uchramoqdamiz
Ishlamayotgan kollej litsey binolarini yotoqxona qilib qayta jihozlash kerak. Shunda vaqt kamroq ketadi. Boshqa ishlamayotgan davlat binolarini ham
Rasuljon
Мохиятдан келиб чикилса талаба ким у билим олиш учун харакат килаетган шахс демак унга яратиладига шароитларни бош мезони билим олишга шароит яратиш деб уйлайман. Менимча талабалар етокхонаси билим юрти ва кутубхона, укув заллари, амалий лабараторияларига якин жойда булиши керак бу билан талабаларни вакти ва маблаглари тежалади. Бунинг учун албатта маблагга иш кадалади, росмона каралса керакли кераксиз зарур булмаган хар хил тадбир ва шоулар, олди кочди маросимлардан тежалса булар бирок бундан фойда курмайдиган "катталар" рози булармикан. Харакатда баракат бир йил эллик юз уринли етокхона курилиб турса хам оллохни куони куп. Эьтиборингиз учун рахмат.
KAKHRAMON KODIRJONOVICH
Menimcha har bir oliy ta'limga super kontraktga millionlab talabalar kirdi shu kirib to'lagan mablag'idan talabalar uchun yotoqxona qursin har bir oliy talim muassasa bo'lmag'ur ishlarga sarflamasdan pullarni
Talabaga erkinlik bop ketsa oqimay qoyadi qizlar bn gaplawib yuradi oqiwga kiriwi bn yotoqhona undan battar qizlar yigitlar aralaw yotoq honani yopib yuboriw kk
Yevropaga qiziqiwmasin va ular bizga togri kemaydi va yevropa watoitini yaratib berolmaydiham yaramas porahorlar dastidan
Bu fikirlar hamma un bir tigin barbir hchkm oqimaydiham 😒 ozinga ozing gapirib otib ketaverasan chunki tepadagi bowliqlar birovni oylamaydi ozini iwi bitsa boldi yaramaslar
Tog'ri 100% qilib taminlay olmaydi lekin shunisi aniqki talabada hamma narsa mablag'ga borib taqaladi bugungi kunda har bir ikki xonali jihozlanmagan uy ham kamida 250$ keyin topib berish hizmati 50% bu degani 250+125= 375$ uy egalari 4 ta odamdan kop kishi qoʻymaydi bu degani 94 $ degani talaba stipendiyasi esa 45$atrofida nega buncha qimmat chunki talab kuchlida uyga shuni aytmoqchimanki 100%emas 60%talaba yotoqxonada tursa ham qolgan talabalar uy topishda qiynalmaydi ham uy egalari ogʻziga siqqan narxni aytmaydi talaba uy izlab kunini uy bozorda oʻtkazmaydi uyga talab kamaysa uy narxlari pastlaydi shuning uchun qancha boʻlsa ham yotoqxona qurish kerak
Turg'unboev Shaxzodjon
Talabalarni ijaraga quygan shaxslarni qandaydir soliq imtiyozi yoki kamunal tuloviga imtiyoz joriy qilinishi lozim
Талабалар ётоқхонаси қурилиб ишга тушгунча ковид тақсимлаш марказларидаги бўш турган койкаларни талабаларга ётоқжой қилиб берса бўлади
Show next 100 comments