This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
Elyorjon
Toshkent shaxrida 10 15 yilga uy joy qurush toxtatilishi kerak. Reja asosida talabalar turar joyi qurush kerak
Elyorjon
Korxonalardagi foydalanilmayotgan yerlarni yotoqxona qurush uchun berish kerak
Xudobergan Kulbayev
Онлайн ва офлайн. Талим килиш керак окидиган шундогом окиди окимидиган окимиди
С Бекмуратов
Квотани оширишни бас килиш керак. Канча талаба булса шунча жой, шунча иш керак. Кани иш, кани жой, лекин квота ошябди?! Хар бир ОТМ талабаларини хозирги сонини хисобга олиб турар жойлар куриш керак. Уша талабаларнинг 70-80% жой билан таминлангач, иш топиш имкони яратилгач кейин квотани оз оздан ошириб, шу билан биргаликда кушимча талабалар турар жойларини куриб бориш лозим
Taklifim : Hayriya ehson aksiyalari eʼlon qilish kerak har bir hududlardagi oliy taʼlim muassasalarida va bunga keng jamoatchilik jalb etilishi lozim. Ilim yoʻlida izlanuvchilar uchun bir bino qurishlik masjid qurishlik kabi ulugʻ ish ekanligini keng jamoatchilikka tadbiq qilish lozim. InshaaAllah homiylar va saxiylar birlashib birgalikda quramiz.
Man qozogistonda oqiman sharoiti alo dimiymanu lekin yaxshi ozodalikka yaxshi etibir qiladi ayrim qoy qiz bollar bor iflos qib tashashadi 25% danam kam toza tutadiganlari. Stipendiyasi 120$
Авазбек Борисбоев
Maklerga imtiyoz qilina
Talabalarni yotoq-joy bilan taminlayapgani uchun bir muncha soliqlardan komunal to'lovlardan voz kechinglar yoki qisqartiringlar
Online shartnoma uchun platforma yaratish juda yaxshi g'oya
Sababi karantin deb online tizimga tayyormasmiz degan davlat online o'qitish va o'qishga majbur bo'ldi
Hammasi boshlanishida xolos
Yaratilsa bu platforma juda yuqori faollikda foydalanishiga ishonchim komil
Aynan talabalar uchun emas hamma uchun ham ishlashi kerak bu tizim
Chunki talabalardan tashqari ham ish bilan yoki ko'rinish, davolanish uchun 1 yo 2 kunga , 1 yo 2 haftaga kelib sarson bo'lib yurganlar ham talaygina
Judayam yaxshi fikr. Toshkent uyoqda tursin uzimizni Qashqadaryoda ham shunday tumanlardan qatnab uqiydigan talabalarni kupchiligi yotoqxona topishga qiynalishadi topsa ham falon pul turadi.
🇺🇿Bazarovna
Yotoqxona ham ,ijara ham muammo bo'lib turgan paytda talabalarni onlayn o'qitish kerak.Ba'zi bir talabalarning sharoiti og'ir.Temir daftarda turadiganlarga yotoqxona beradi dedi,ammo ijarada turishga ham qiynalyotgan talabalar ko'p.Shuning hisobidan o'qishni yana onlayn qilish kerak.
💮💮💮💮
Juda togri talab qoyilgan,, Toshkentda kvartiralar juda qimmat, farzandim xam 50'$ Dan turadi, ijara haqlarini ham nazorat qilish kk deb oylayman, axir talabani oziq ovqat, qoshimcha oqishlari, sogligi haqida ham qaygurish kk, talabalar uchun sharoitlar yaratilsa, OTM larni oz talabalarini nazorat qilishi ham yengil bolardi
Kvartira beradigan honadonlarni soliqlarda cheklov berish kerak abituyent tayyorlaydigan maskanlarga ham
😎 E.💲💲ISMOILOV💲💲😎
Karantin sababli hozirgacha online o'qidik modulga kirib hamma darslarni ko'ngildagidek bajardik endi bu yerga kelib sessiya topshirib hozircha hammasidan o'tib kelyappiz. Men online oqishni yomon tomonini kormayapman. Shu sababli online bolsa zor bolar edi
R. Sh. Bahodirovna✌✌✌
Juda haqqoniy va tugri fikr.
R. Sh. Bahodirovna✌✌✌
Har bir oliy uquv yurtini uziga yuklaah kk,talabalarni qanday joylaahtirishni,kontrakt summasini belgilagandek
NO NAME:?????
Talabalar turar joyi qurish kk.Shunda kvartira narxlari xam sun'iy oshirilishiga ajoyib nuqta boʻladi.
NO NAME:?????
Yuqoridagi soliq masalasi nooʻrin boladi.Chunki kvartiraga qoʻyadiganlar ijarani oz bizneslariga aylantirishgan.Ularga sogʻlom raqobat kk bu esa ,albatta, talabalar turar joyi
Texnikumlarda ham hozirgacha yotoqxona ochilgan yoq. bahonalari issiqlik taminoti va pandemiya
Jonibek Tojiboyev
Assalom alaykum men NamDUda 4-kursda kantrakt asosida o'qiyman.Bitiruvchimiz bu yil biz iyul-avgust oyida talabalik safidan chiqamiz va bizni hisobimizga stipendiyani davlat ajratmasa kerak.Meni savolim quydagicha 4-kurslar iyul-avgust oylari uchun kantrakt to'laydimi yo'qmi.Kontraktni 12 oy uchun to'lab kelganmiz shu paytgacha va iyul-avgust uchun stipendiya oganmiz.Lekin biz bu yil iyul-avgust oylarida talabalik safidan chiqamiz.Kontrakt summasini iyul-avgust oylarini hisobga olmasdan to'laymizmi yo 12 oy uchun to'laymizmi
Show next 100 comments