This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
Хозир талабаларга караб ЭНГ эзилган катлам дегим келади.Биринчидан контракт учун оиласидан карздор.Иккинчидан жой тополмай сарсон,учинчидан онлайн укиш анчагина чарчатди.
ОТМлар бюджетдан ташқари (орттирилган контрактлар ва бошқа маблағлари ҳисобидан) маблағлари ҳисобидан 1000 ўринли талабалар турар жойларини қуриш имконмятига эга. Албатта давлат ТТЖ қуриш учун тадбиркорга имтиёзлар бериши шарт.
Кўп нарса ОТМ раҳбарига боғлиқ.
Oliygohlarni filiallarini boshqa viloyatlarda ochish kerak shunda hozirgidek yuklama katta bulmaydi har bir viloyat ochish kerak emas masalan vodiyda, Xorazm yoki yondosh hudud janubiy tomonlarda va viloyatlarning aholisiga qarab ochish kerak.Shunda hozirgidek bardak bulmasdi. 80% talaba uzi yashash hududida uqishni xoxlaydi.
Taklifim oliygohlar o'zlari talabalar turarjoyini qurishsin. Mablagga kesak bankdan kredit olsin. 1 xonada 3 kishi tursa 2 kishini pulini kreditga, 1 kishini pulini joriy ta'mir komunallarga sarflasa qoplasa kerak.
Ашурова Ф.Б
Талабалао турар жойи:Албатта хусусий қуриш имконияти бор тадбиркорларга йул очиб бериш керак.Уларга имтиёзлар берилиш керак.
Oddiy kv da turuvchilarga oliygoh 50 % ni tolab bersin bu loyihalar amalga oshguncha
Oliygohlarni viloyatlarga tarqatish kerak hammasini toshkentga tiqmasdan. Shu orqali viloyatlar ham rivojlanadi.
Glamour Lady
Xozi juda muammo bolyapti shu masala. Kurstoshlarim rasa izlashyapti. Talabalar turar joylarini ornini kopaytirish kk db oyliman
Ko'pchilik talabalar uy topisholmay yana o'qishini onlayn tizimda davom ettirishga majbur bolyabdi. Bu esa ta'lim sifatiga ta"sir ko'rsatadi. Menimcha qandaydir kanalmi dasturmi tayyorlash kk kvartira topish un qulaylik maqsadida.
Hozir ko'pchilik talabalarga ijaraga uy bermaymiz deb bosh tortyapti
Жавохир Абубакиров
Арзон Турар жой умуман болмайди ! Электрон тизимга келадиган булсак яратдикхам дейлик ва ишга тушди квартира коядиганлар ( махаллий ахоли) солик толаши керак булади ,ундан кора Хар Бир университет ва институтларга куриб берилган кичкина ётокхоналарни кенгайтириб ёки каттарок килиб куриш керак ,албатта бунга анча коп вакт кетади ,лекин асосийси муаммо 45%га ечилади иш катта аммо масала ечилади ,кискаси килса буладиган иш!!!
Arzon talabalar turar joyi qurilgani bilan qurilish sifatga ham etibor berish kerak ertaga bu ham muommo buladi keyin oliy talim hududiga yaqinroq joy tanlash kerak yul kira ham ancha og'ir tushib ketadi talabalarga
Jdpini bosh uquv binosidan chetga uqiydiganlarga juda ham kerak har bir fakultetga ayniqsa tarixga shahardan ancha uzoqqa uqiydi deyarli talabalar shaharda kvartiraga turib qatnaydi borib kelishni uzi bir muommo
.......... Sherali
Sirtqilar uchun xam qanaqadur nimadur uylab topaylik online oʻqish jonga tegdi
Rostan arzon turar joy yóq xammani 100% turar joy bn taminlamasa xam asosan ijtimoiy yordamga muxtoj imkoniyati cheklangan boquvchisini yoqotgan oilalarda óqiyotgan talabalarning xammasini talabalar turar joyi bn taminlansa yaxshi bólardi
.......... Sherali
.......... Sherali
Sirtqilar uchun xam qanaqadur nimadur uylab topaylik online oʻqish jonga tegdi
Ikkinchi semestrda xatyabi universitetda oʻqiylik bunaqada olayotgan bilimimiz necha foiz boʻladi polniy darslar Googledan tortib qilinadi inson berayotgan dars bilan texnika berayotgan darsni farqi bor axir. Ertaga biz shunaqa taʼlim olib nechta yoshni kelajagini barbod qilib qoʻyishimizni oʻylab koʻring
Mazza qilyapsiz òziyam kim nimani tushundi mangayam tushuntirila vazifani berib turila deb siz mazza qilyapsiz ertaga yaxshi mutaxasis bòlmasayizam biror maktabga ishga joylasharsiz lekin vijdon degan narsaniyam òylang òziz yaxshi bilmagan narsezzi qanaqa qilib òquvchilaga òrgatasiz janob Oqilbek
abdullayev
Wunnau gapizga jon bor nimaga studintga dom ham ofewitayam berilmaydi nima bizani aybimiz nima
Ibragimova. H
Oqilbek besh yil yitti milyon kantrakni toʻlash uchun remontda ishlab oʻqtuvchi deplomini olib xech narsani bilmay oʻquvchilarezga nimani oʻrgatasiz keyin.
Assalomu aleykum Xushnidbek aka.Men Tursunov Davronman.2018 yil sud (DTM)

Hozirgi kunda talabalar (ayniqsa o'g'il bolalar) yashash joyi topolmay sargardon yuribdi.(Hatto o'zim ham kv topolmaganligimdan achinarli holatda yashab yuribman).

Talabalar kv berilmayotganligining 2 sababi aniq ko'rinib turibdi.

1.Talabalar yosh va ular tuzadigan ijara shartnomalari o'zini oqlamayabdi.(Ya'ni talablar tomonidan kv ga yetkazilgan ziyonni talaba o'zi qoplab berolmaydi.Talabada yo'q mablag'ni ijarachi undirib ololmaydi.

2.Ba'zi talabalar qilgan aybi qolgan hammaga tegishli Deb qaralmoqda. Xususan rieltorlarda bu haqida so'ralganda karantin arafasi qaysidur talaba(lar) kv ga arzon tanlini olib kelganligi va zo'rlab kvda o'ldirganligini bildirishdi.(Hamma rieltorlar ham)
Jinoyatchilar qo'lga olingan.uy esa musodara qilingan. Oqibatda jinoyatchi panjara ortiga ketgan.Ijarachi esa mulki musodara qilinganligicha qolib ketganligini bildirishayabdi.Shu sababdan ham ijarachilar kv berishdan bir ovozda voz kechishgan.(go'yoki)

Bir kishimi xatosi hammaning ko'chada qolishiga sababchidek go'yo.

Aslida voqea qanday bo'lganligi yoki bo'lmaganligini bilmayman.
Ammo ijara shartnomalari kattaroq shaxslar (ota-onalar,Oliygoh ma'muriyati) bilan tuzlisa va bu haqida ijtimoiy tarmoqda anchagina muhokama qilinsa menimcha qolgan talabalar ijarachilar ishonchiga kirishsak kerak Deb o'ylayman.
Show next 100 comments