This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
Aslida har bir oliygoh ijara beruvchi oilalar bilan shartnoma tuzib, talabani joylashtirishi kerak, kochada talaba sarson, puli bor lekin kirishga joyi yoq, noinsof maklerlar yana talabani qiynaydi , xullas har bir oliygoh ozi platforma qilib , oilalar bilan kelishib talabani joylash kerak
Talabalar uchun turar joylarni online qidiruv tizimini yaratish kerak yoki mobil ilovalar xam bo’ladi. Bu muommo bo’yicha takliflar va rrjalarim bor xudo xoxlasa amalga oshiraman
Bômasa talabaga kv top beriw kk bôlsa uwa kvni egasi ya’ni mulkdor bn wartnomani mustahkam qilish kk
.......... Sherali
👏👏👏
Ассалому алейкум! Мени фикримча талабаларни тулик етокхона билан таъминлашнинг имконияти йук. Бу муаммони хал килиш учун талабалар етокхонаси курилиши билан хал килиш урнига уша маблагларни вилоятларда Олийгохларнинг филиалларини (Хусусий шерикчилик асосида) ташкил этишга, уларнинг моддий техник холатига ва укув сифатини оширишга сарфлаган маъкул иш булар эди. Чунки, Тошкентда етокхонага мухтож талабаларнинг аксарияти вилоятлардан келган талабалардир. Янги етокхоналарни курилиши узи шундок хам коррупция боткогига ботиб кетган курилиш ташкилотларига давлат пулини бехуда сарфлаш хисобланади.
Menimcha talabalar turar joylarini qurish kk emas har bir viloyatda shu talabalarni ijaraga quymoqchi bulgan kvartira egalarini ruyxatini tuzish kk agar tōla qondira olsa ttj qurish shart bulmay qoladi
Maxsuddin Axrorov
Assalomu alaykum men ham shu fikirlarga qushilaman ijara puli qimmat uni tulash uchun ishlayapmiz ishdan dars qilishga vaqt ham yuq undan kura onlayn bulsa uyda kvartira pulni uylamay uqir edik
Nazarova Muyassar
1.     Олий таълим
муассасаларида бошқа вилоятлардан бориб таълим олаётган ёшлар учун 100 фоиз
ётоқхона билан таъминлаш чораларини кўриш ёки ижарада турувчи талаба ёшларни
ижара пулини қисман қоплаб бериш тартибини жорий этиш.
Илхом Шокиров
хар бир вилоят ни ўзида укитиш тизими яратсак шунда камайтирган буламиз бу муаммони.
Assalomu alarykum kamdan kam boylar savobtalab bo‘lishadi agar kimdirgadir matiz bersangiz olmaganlari talabalarni haydab yuborsachi yahshisi o‘sha matizni bulini bo‘lib talabolarga talabalik nafaqasiga yik boshida yoki ohirida qo‘shib berish kerak ijarada turgan talabalarga
Sukunat
Talabalar uchun kivartira bergam shaxslarga baʼzi yengilliklar berilishi kerak. Masalan, yer mulk, daromad soligʻi va shu kabilarda. Bunda kivartiragasing oilalarni quyishdan koʻra talabalarni kivartira quyishdan manfaatlari ortgan boʻlardi
Муаммо квартира топишда эмас, унинг қимматлигида.
Юқоридаги масалага битта ечим кўраман (негадир) ҳар доим: марказлашишдан қочиш керак. Яъни, масалан, Дипломатияни Қашқадарёнинг бир туманига кўчириб юборилса, ким нима йўқотади?!
Ўша туман кўп нарсаларни ютади масалан. Пул айланади, савдо ривожланади, таълим ўсади...
Талаба ҳам ютади: квартира арзон, еб ичиши арзон, ўша билимни у ёқдаям олаверади...
Ёки Юридик"ни Бухорога кўчириб юборилса, ҳозиргидан талаб камайиб қоладими?! Ё бўлмаса, Сельхоз Тошкентда қолса, унга талаб ортиб кетадими (масаланда)?!
Assalomu alaykum Surxandaryo viloyati termiz shahri talaba yoshlari uchun .o'zlariga kvartira topishni osonlashtirish masalasida telegram guruppa tashkil etildi👉@Termizda_Kvartira
Yosh Fizik
Shahar ichida Talabalar shaharchasini qurish kerak ko'p vaqt qilmaydi . Sardobani tiklash uchun 5 oy vaqt sarlandimi demak bunga ham 5 oy ketar 1 yil ketar yoshlar kelajagimizmi kerak bo'lsa talabalar shaharchasi qurish kerak!!!!!!!!
Kvartira egasi bn otm shartnoma tuzsa daromad ko'ryotgan tomon daromad solig'i, yana allambalo xarajatlari kopayib ketadi keyin uni qayerdan qoplaydi albatta studentdan yana tayoq studentni bo'ynida sinadi. Hech kimga sir emas hozirgi kunda kopchilik kvartira lar noqonuniy ishlaydida. Yaniki kvartiraga odam qoyishning ham qonun qoidasi bor. Ulardan qochib qonunni chetlab o'tadi. Shuni uchun sixam kabobam kuymedigon tizim yaratish kerak. Masalan toshkenda 2xonali bo'ladigan kv 250$ sof cho'ntagiga tushadi uy egasini. Endi uyni egasi otm bn kelishib ishlasa summani kamaytish kk va davlatga soliq tulashi kk. O'ylemanki kvartira egalari rozi bo'lish edi
Azamatova Sevinch
Assalomu aleykum uzoq viloydagi talabalar online uqishiga ruxsat berilsa ham bulardi ijtimoiy vaziyatiga qarab,hozirda kvartira egalari tulovni narxini yuqori qilib quyishgan.
Nurik_boy
Assalomu alekum. Yotoqxonalarni kopaytirish va borini ham sifatiga ishlash kerak deb oylayman. Kvartiralar topishga kelsak elektron tizim yaxshi natija bermasa kerak deb oylayman chunki bu kvartira qay ahvolda kimlarga tegishliligi muammo bolib qolaveradi baribir. Elektron tizim qilishda meni taklifim har bir institut yoki markazga tegishli kvartiralarni elon qilishga imkoni bor telegram kanalllari yoki gruppalari tashkil qilish kerak shunda natija bolishi mumkin. Lekin bu yotoqxonalarchalik arzon bolmaydi baribir kvartiralar. Eng maqbul yechim yotoqxonalarga etibor qaratish kerak deb oylayman.
😊😊😊😊😊
Balkim fikrz tugridir,lekin aynan talabalar un maxsus kvartira qurulmas ekan,ijaraji har yul bn uzini narxini quyib undirib oladi unga elektiron tizim qilaszmi,wartnoma qilaszmi bu befoyda bu mani waxsim fikrim chunki kvarterada turib bunaqalani kurganman
😊😊😊😊😊
Faqat elrktron tizim bn talabalarga tez kvartera topiwga yordam beroliw mumkun
Mana yotoqxonadagi cheklovlar. 24 soatning 7 soatida elektr berishadi. Kontrakt pullarini to'lasak. Hozir imtihonlar bo'lsa bu nima ahvol. Avval kechquring 10 dan keyin o'chardi, bu cheklov nimasi bo'ldi. Bizada tejalsa uzoq tumanlarga svet boradimi shunaqa bo'lsa mayli lekin bir nima deyishga ojissan
Show next 100 comments