This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
Talabalar turar joyini hususiy tatbirkorlarga berish kk nazarimda, baribir davlat bu ishbi tuliq taminlab berolmaydi
Biz qatnayabmiz angreni uzoq peravalga yaqin qiwlogidan toshkentga alamlisi ohangaron tumaniga qaraymiz tosh vilga obwita yogakan 😁Ana muammo
Fermer.
Assalomu alaykum Xushnudbek. Men bir talababa otasiman, muammo xaqiqatdan xam ayanchli, bir tomonda talaba uchun yotoqxona muammosi bir tomonda talabani stipendiyasi, bir tomonda kontrakt tolovi. Talaba oqishdan kora yashash uchun uy qidirsinmi, uqishi uchun tolovi uchun pul topsinmi. Kamiga Onlayn oqiganini sabab qilib bazi domlalar kursavoy ishlariga pul talab qilishiga olaymi. Stipendiyani ku qoyavering alo baxago oqib kelayotgab bola bir daniga uch qoyishsa xam rozi man deb yursa. Sababi stipendiya taqsimlashdagi noxaqlik oqigan xam yallo qilib yurganni xam stipendiyasi deyarlu bir xel. Yaqshi oqiganga raxbatlantirish nol darajada. Togrisi oliy malimotli bolishdan kora yosh avlod tirikchilik uchun pul topish bilan ovora bolib qoldi. Yotoqxona masalasida shaxsiy fikrim, nega endi bolar bolmas savdo markazlariyu aqlga sigmas narxlardagi turar joy uchun kotta kotta yerlar shaxar markazlaridan joylar ajratiliyaptiyu bitta talabalar uchu xech bolmasa 20 gektar joy topilmaydi. Agar shu joyni ajratib yoqolib ketayotga budjet pullaridan ajratishsa bir yilda uzogi bilan ikki yilda talabalar shaxarchasini yaratsa boladiku.
Bu talabalar turar joyi haqidami muommo deydimi yoki boshqa narsa bilamdim bu ochilmasdan so'ldi.
Habarlardaa tez kunda bunga yechim biladi degan narsa bor edi bu tez kuni bohuncha talabalarni o'ziga o'zi topib olishdi adashmasam.
Sizdan shuni iltimos qilgan bo'lardim bu ishni oxiriga yetkazishga.
Talaba sizfatli talim olishi uchun hamma narsaaa etiborga ega. Odiy misol men so'ngi simesteimni kvarturalarda muommon bo'lgani uchun ballarim kam chiqdi. Menga oxshagan talabalar yo'q emas.
Ziyodulla
Assalomu aleykum! Aslida shunday platforma bor! Elektron tizim yaratishdan ko'ra insonlarni biroz insofga chaqirish kerak deb o'ylayman! Mana 3 oydirki har kuni olxni titaman! Uybozorga ham boraman deyarli har kuni ijaraga uylar bor ammo hammasi oila uchun! Birontasi talabalarga bermaydi afsus! Hamma talabalarni bir xil deb o'ylashi odamni dilini hufton qiladi! O'zimizni xo'rlangandek sezamiz biz talabalar!
ASSALOMU ALEKUM XUSHNUDBEK.
MANDA TAKLIF BOR. DAVLAT TAKABALARNI 50%NI HAM TURAR JOY BILAN TAMINLAY OLMASLIGINI HAMMA BILADI. KVARTIRALAR ESA AYNAN TALABALARGA BERILMIDI IJARAGA. SHUNDAY EKAN MANIMCHA DAVLAT TALABALARGA KVARTIRANI IJARAGA BERGANLARGA QANDAYDIR YENGILLIK YARATIB BERISHI KERAK. MASALAN: QAYSIDIR SOLIQDAN TALABGA IJARAGA UY BERGANI UCHUN OZOD QILINSIN. BALKI SHUNDA TALABALARGA IJARAGA KVARTIRA TOPILISHI OSONLASHAR.
Soxibov Ğolib
Menimcha bu masala qiyin ish emas:Talabalar turar joyi sonini kupaytirish kerak yani yotoqxonalar qurish kerak va Studentlar uchun ijara shartnomasini bekor qilish kerak.
Bu mani fikrim agar talabalar turar joylari xususiylashtirilsa narxlarni oshib ketishiga sabab bo'lmasmikin.
Xushnud aka bizlar bu borada yangi platforma ishlab chiqyapmiz xozir alfa rejimida ishlayapti manzili https://orientir.uz
undan koʻra turar joyi muammosi borlar uchun online taʼlim joriy qilinsin
Qabul qilish kvotasiga qarab ttj qilish kk agar kam bolsa yana ttj qurish kk
Toshkentdagi ijaraga beriladigan uy-joylar ro'yxatini shakllantirib ularni talabalarga imtiyozlari ravishda taqsimlasa bo'ladi. Talabalarga OTM yaqin joylardan ijaraga xonadonlar imtiyozli ravishda topib berilsa, ular doimiy OTM nazoratida ham bo'lishadi. Bu muammoni hal qilishning eng optimal yo'li hozircha
Assalomu alekum Oqiwni chet dan Ozbekistonga kochiriw haqida malumot bering aka iltimos
Assalomu alaykum, bilasizmi Xitoyda bulganimda TTJ da bir xonada 8 tagacha talaba yashashini kurdim, ularni dars qilishi kutubxonada bulib, kutubxonalar soat 23:00 gacha ishlaydi. Ovqatlanish uchun asosan yegulij sotib olisharkan, bilmadim qanchalik tug'ri, lekin biz TTJda yashaganimizda bir xonada 5 kishi ham yashaganmiz.
Jahongir Ibragimov
Стипендияни ошириш зарур
Shahzod
Rasmiy maklerlik idorasi yoki ilovasi taklif qilinsin, uy egalari o‘shalarga murojaat qiladi,o‘z navbatida talabalar ham. Bu yechim emas shunchaki mavjud vaziyatni yumshatadi...
Chet elda talabalarni otaliqqa olish degan narsalar bor. Balki ba'zi oilalar uydagi bo'sh turgan joydan talabalarni joylashtirishga rozi bo'lar, ma'lum bir shartlar asosida
Covid boshlanganda zudlik bilan kasalxonalar qurildiyu o'sha uslubda konteyner qilib qurish kerakdir balki
Shahzod
Abbos.S.
undan koʻra turar joyi muammosi borlar uchun online taʼlim joriy qilinsin
Bo‘lmaydi,unda o‘sha zahoti 70foiz talabada bu muammo paydo bo‘ladi
Show next 100 comments