This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
Xushnud aka nima davlatni ozi qura olmaydimi aaa xususiyga berdi ozi hamma yoqni xususiyga berib rasivosini chiqarishib boldiku hohlagan narxini qoyishib xalqni qonini ichib boldiku bu xususuiylar kochada yura olmaydigon bolamiz agar kochalarni hm xususiyga berishsa sizga savol davlat xalq qiziqtiradimi yoki tadbirkorlarmi ??? Hamma ham xususiy tadbirkor bola olmaydi sal olyab ish qilishsin pul topish ekan deb xar yolini qilishyapti tepadagilar undan tepada bularni xisob kitobi qilinyapti....
Diyorjon
Qancha yurtimizda investitorlar bor òshalarga imkon yaratip talabalar turar joylari berish kk baxtsiz hodisalar kamayardi bizlar kvartiraga beradigan pulnj davlatga bersak davlqtka ham foyda va ota onalarimiz uchun yaxshidir va xavotirsiz bòlqdi tadbirkorlarga va qurulish fermalariga berish kk
Arzon qurilsa yaxshi keyinchalik ham qiynalmaydi
Assalomu alaykum Xushnudbek aka, birinchi novbatta talabalarni yashash sharoitini yaxshilash kerak, man uydan qaytnayman,lekin kvartirada turadiganlarga qiyin, stependiyani tushgani,yotoqxonalarni yuqligi talabalarni qiynab quygan. Shuning uchun talabalar sharoiti yaxshi bulmasa ham orzonini oxtaradi.Hammasi mablag'ga borib taqaladi,yotoqxonani xususiylashtirish kerak, tadbirkorlarga berish kerak.Shunga OTM larga ham muammo bulmasdi.
Jahongir aka Ortiqxo'jayevga TTJlarni kópaytirish bo'yicha taklif beraman.
Shu yerda hm qaysidur boyni puli kopaysin shu talabalar him boshimizga balo bolmasin deb xususiyga otkazadi nima bolsa hm xusisiy sektor javobgar boladida aaa narx oshib ketadi deb oylamaydi birov bizni nima ishimiz bor deydida ular...
Бурханова Н.Э
Салом яхшилар,ситилар кургунча ётохохона курилса,яхши булармиди,фойдаси йук бугун,эрта гапирилади,уша эски хамом....
Men ozim web dasturchiman qila olaman ham bekorga ham qilib beraman faqat ommalashishiga hammaga teng yoyilishiga OTMlar yordamlashishiga kozim yetmaydi
Hammaga salom men arzon talabalar turar joylari qurilishi va unga xususiy sektorni jalb qilish tarafdoriman bu juda zo‘r g‘oya Masalan biror tadbirkor turar joy binosini quradi va unda ishlovchilar bo‘ladi uni ichida, va talaba borib yashayveradi uni ichida ovqatlanish ham bo‘lsa juda ajoyib bo‘ladi va shunaqa jamiki talabaga kk narsalarni hisobga olib narx belgilansa talabalar kvartira qidirib sarson bo‘lmaydi, bemalol darsini tayyorlayveradi
J.T.M.
Dom quradigan tadbirkorlarni jalb qilish kerak bitta talabaga summa belgilab maksimalni xonaga shuncha talaba qoʻyish kerak deb aytish kerak
Talabalarni klassi baland bulmagan mehmonhonalar yoki hostellarda yashashiga subsiditalar ajratish k-k. Bu b-n ham narhlar pasayishiga erishish m-n, ham nazoratda buladi.
FVV talabalarning qayerda yashayotganligini ruyhatini olib naziratga olishi k-k.
Xozirga tezlashtirilgan varyanti covid-19 foydalanilgan maxsus vagonlarni toshkent shaxrining chekarog‘idan ammo metro avtobuslar ko‘proq joyga o‘rnatib berish kerak vaqtinchalik
Uzoq mudatga esa tadbirkorlarga talabalar turar joyi qurush uchun yer maydonlarini tekinga berib vaziyatga qarab bir necha yil soliqdan ozod qilish kerak shunda bir necha yilda yotoqxonalar muomosi xal bo‘ladi
Javohir Bozorovich
Jahongir aka Ortiqxo'jayevga TTJlarni kópaytirish bo'yicha taklif beraman.
Eeee u yashash u yoqda tursin kirib korishni hm puli qilib qoyadi 😄😄😄😄
Xususiy sektor qurgani bilan narxni xalq va davlat nazorat qilish yoʻllarini oʻylab koʻrishi kerak
Гавҳар Сатторова
Республикамизда бу масала юзасидан ҳомийлар бордир,балки,Сардоба,вирус пандемияси даврида шунча ҳомийлар топилди-ку,талабаларимиз юртимиз равнақига ҳисса қўшувчи фарзандлар,ахир
Салом Хушнудбек бу мавзу Бугунги кун талабаларнинг энг долзарб муамоси хисобланади мени фикримча талабалар ëтокхонасини купайтириш керак ва яна алохида агентлик ташкил этиш керак
Konteyner usulida qurish kerak yer ajratib
🌼Мунира🌼
Ассалому алейкум мен хам 2 талаба ни онасиман хақиқатдан хам турар жойлар муаммо.Турар жой нархларини тушириш кк ойига 270 мингдан тўланади.Сизлардан илтимос 2 ва ундан ортиқ талаба ўқитаётганларга имтиёз беришса.Турар жойларни олиш таниш билиш.Бечора талабаларни пулини шилишади.Бермаса юкларини кўтариб иложи борича ижарага жойлашадилар.
Abbos Fayzullayev
Xushnud aka olx da ham bor samarqandda ularni hammasi kuchmas mulkga qarashli 50 % ularga ham berish kerak..samarqanda shunday. Boshqa viloyatlarnj bilmayman juda qimmat kvartiralar samarqanda har yili kamida 90 % oshadi narxi
1-dan talaba qaysi OTM da o'qisa shu OTM joylashgan shaxarda u ro'yxatsiz yashash tizimini ko'rib chiqishi kerak (ayni vaqtda ham ijarada turuvchi talaba vaqtincha yashash hududiga ro'yxatga qo'yilmasa u jarimaga tortiladi)
2-dan Ijarachi xonadon egasi agar ijara shartnomasini qilsa u soliq to'lashi lozim bu esa ijara narxini oshishiga sabab bo'ladi.

Taklif: TTJlar bilan to'liq qamrab olish mushkul ish chunki o'rtacha OTM da 15-20 ming talaba taxsil oladi ularni hammasiga TTJ qurish qiyin, lekin OTM joylashgan hudud atrofidagi aholi ham ijaraga talabalarni qo'yishda muammolarga duch kelmasa ijarachi xonadonlar soni oshadi
Show next 100 comments