This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
Коллежд талабалар турар жойларини отм талабаларига бериш керак. Жуда куп коллежд етокхоналари мавжуд булса. Барибир коллеждлар епилган булса
Talabalar uchun TTJ da joy yetishmasligining katta sababi deyarli 80 foiz OTM lar Toshkentda. Respublikada OTM lar "juda" notekis joylashgan. Respublikadagi boshqa viloyatlarga ham OTMlarni kôpaytirilsa, kôpchilik ôzini viloyatida ôqishni xohlaydi, bu esa Toshkentda ijarada turadigan talabalar soni kamayib ijara narxlarini kamayishiga, boshqa viloyatlarda ham talabalar sonini ortishi ya'ni bôlajak ziyoli qatlamning kôpayishiga sabab bôladi.
Viloyatlarda faqat ish ôrni, EIZ lar emas OTM larni kôpaytirish zarur.
Bu mening shaxsiy fikrim
Elbek
uybor.uz sayti ham bor, lekin bu bilan masala hal bo'lishi qiyin chunki talab taklifdan ancha ko'p, yaxshisi qo'shimcha talabalar uchun turar joylar qurish kerak
Misol uchun Toshkent Tibbiyot Akademiyasi asosiy bino 12 yildan beri ta'mirda bo'lganligi uchun yotoqxona binolari darsxonaga aylantirilgan. Shuni hisobiga 3-kursdan yuqori talabalar ijarada turishga majbur. Bunaqa misollar ko'p!!!
Ismoilov Ibroximjon Xakimjon o'g'li
Oliy ta'lim muassasini bo'sh turgan joylariga ko'p etajli binolar qurilsa edi. Doktarantura xam o'qigan bo'lardim.
ARMY OF UZBEKISTAN
Toshkentga viloyatlardan kelib oʻqiydigan talabalarga birmuncha qiyin albatta yuqoridagi fikrlar ham juda toʻgʻri ularga OTM lar atrofidan bosh yoki ijaraga beradigan kvartiralar topishida yordamlashish kerak va topilgan kvartiralarni narxini sal pasaytirsa ham yaxshi boʻlardi
Махамаджонов
Вилоятларда Тошкентдаги барча университет ва институтларнинг филиални очиш керак. Мисол учун Шимкентда 10 зиед олий талим муассаси бор биз булса хаммаси Пойтахтда Вилоятларда купи билан 3 та еки 4 та бу жуда хам кам ахолини сони хисоб оладиган булса, Вилоятларда камида 10 та 15 та булиш керак шунда бу ижара, талабалар етокхонаси муаммоси 60-70% фоизга камаяди.
Man Nukusda òqiyman yotoqxonani òzi osmonimiz musaffo hech qanaqa muammo yòq Xushnudbek hammasi yaxshi bòladi omad
مُنَوْوَرَ
Togri fikr qollab quvvatlayman)
Talabalar turar joyi bilan taminlash naxot qiyin bolsa qanaqadur siticylar kerak emas bizga baribir pul oladiku har bir talabadan bepul qbermaydiku har bir talabadan 10.000.000 kontrakt olgandan keyin sharoit yaratib berish kerak xushnud aka iltimos talabalar turar joyi uchun quriladigan 2023 yilga moljallangan rejani 2021 dan boshlashga taklif kiriting
Эргашжон Абдирохмонов
Talabalarga turar joy qurish kerak, balki yetarlicha bo'lmas,lekin qanchadir qismini qoniqtiradiku bu.Kvartirada yashayman.Bugun tekshiruvchilar kelib, xonadagi kamchiliklarni ko'rib akt tuzishini aytishdi, shu aktni o'rniga talabalarga yashashiga yordam ko'rsatishsa bo'lardi!
611
Man Nukusda òqiyman yotoqxonani òzi osmonimiz musaffo hech qanaqa muammo yòq Xushnudbek hammasi yaxshi bòladi omad
Man Nukusda òqiyman yotoqxonani òzi yòq osmonimiz musaffo hech qanaqa muammo yòq Xushnudbek hammasi yaxshi bòladi omad
Makler sifatida men ham talabalarga yaxshi remont uylarni bermayman, sababi oddiy oila qarab, yuvib sirib ishlatadi. Talabalar 1 yil yashasa qayta remont qilishga togri keladi. Posudalari ovqat yeyishidan oldin yuvishadi. ( Ayrim talabalar, hamma emas )
Otaxanov Botirjon
Aslini olganda ana shuncha vaqt bor edi aynan bu yil talabalar juda kech o‘qishga qaytgan bir payt nimaga oliygohlar yuqori tashkilotlar bilan shu muammo ustida ish olib bormagan yoki olib borgan bo‘lsa ham nomiga... Mana shu sabab talabalar arzon va ko‘pchilik nazoratsiz yashab kelishadi.
Ha bu fikrlar yaxwi ln samara berishi ham kk hozi hammasi shunchaki qoģozbozlik bu qoģozbozlikni yiģishtirib kòproq harakat qilish kk bunaqa kòngilsiz vaziyatga boshqalar ham uchramasligi uchun
Global muammo ko‘tarilibdi xalqni ham o‘ylanglarr talabalarga qiyin shapka olib yotoqxonaga qo‘yishlani ham nazoratga olishga kerak
Studentlarni ijaraga uy topish muammosiga o'zlari aybdor. Juda ko'p studentlar uyni rasvosini chiqarib tashlashadi. Bir oyda bir tozalasa katta gap. Studentlar yashaydigan uyni har yili remont qilish kerak. Agar o'z uyidey qarab tozalab yaxshi tutganda, hechkim uy topishdan qiynalmasdi
1. Har bir OTM kredit olib yotoqxona qurishi kerak. OTM lar uchun uzogi 15 daqiqa piyoda yolida yaqin xudutdan yer ajratish.

2. Talabalarni ijaraga berish tizimini yaratish. Talabalarga Ijara beruvchilarga 100% soliq chegirmasini kiritish. Boshqa turdagi imtiyozlar kiritish.

3. Kvotalarni OTM imkoniyatidan belgilash.

4. Viloyatlarda OTM larni ko'paytirish.
Саодат Мирзакаримова
Талабалар учун йотокхоналар масаласи 2020 йил август - сентябрь ойларида роса шов шувли масала булиб кутарилди лекин хеч ким ахамият хам бермади. Бизларда бирор бир масалани хал килиш учун албатта тавба килдиму бирор бир улим ходисаси руй берсагина жиддий караш билан бошланади. Нима учун?
Эргашжон Абдирохмонов
Talabaman.Qanchadan qancha kursdoshlarimda ham faqat doimiy turar joy muammosi.Kvartiralarni narxi keragidan oshganda ham topilmayapti.Shu yil bunaqangi holatlar har yilgidan ko'p uchrayapti.
Show next 100 comments