This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
Shu ishlar qilinishi uchun YANA qancha talablar gazdan ZAHARLANISHI va qiynalib kvartira ishlashlari kerak
Assalomu Alaykum Xushnudbek aka juda to'g'ri va o'rinli gaplar haqiqatdan ham biz hozir ijaraga kvartari topolmay yuribmiz topsak ham oilalilaga beriladi deydi 95 foizi hullas hamma aytgan fikrlariyizga qo'shilaman
Assalom alaykum mening taklifim shuki qachon talabaning qorni va yashashi yaxshi bulsa shunda o'qishi yaxshi buladi albatta shu uchun bittasi chet eldagi tizimga utish kk chogi endi yani bunda ham uzgartirish kk mavzu topshiriq mustaqil ravishda urganilishga berilish kk self studydek bunda ham yana ishlov beradigan joyi bor uta uzoqdagilar qolsin yotoqxonalarda bir kunda kelib ketishga imkoni buladiganlarga imkoniyatlarini urganib chiqilgan holda qilinsa buladi yana bittasi enni hamma uqish filalarini tarqatish kk bitta joyga yigmasdan Toshkentda bor imkoniyat boshqa viloyatlarda ham sekinlik bn bulsda yaratililsh kerak...
Men ham yotoqxona masalasida juda qiynalganman. 3 ta qizim Toshkentda òqidi. Ijarani pulidan ham kòra qiz bolani tòģri kelgan joyga qòyishga qòrqadi odam. Shuning uchun yotoqxona qurish masalasiga katta e'tibor berish lozim. Hech bòlmasa har bir oliygohga 1 tadan yotoqxona qurish mumkindir axir
Talabalarni turar joy bilan taminlashning yana bir yaxshi yuli, talabalarni ijara buyicha olgan uylarini elektron ruyxatdan utkazib, shu turadigan uylarini kamunal tulovlaridan ozod qilish yoki qisman imtiyoz bersa shuni uzi kop muammoni yechadi. Masalan 200 dollarga oladigan uyini 150 qilib olar, talabaga imtiyozlar ajratilsa ijaraga uy beradiganlar ham kupayib qoladi, Albatta birovga 200 dollarga bergani dan kura talabaga 150 dollarga bergan yaxshi buladi, bu ham bitta taklif....
Farxod
Assalomu aleykum menda hamm bitta fikir bor edi. Toshkent shaxrida vloyatlar markazida xususiy talabalar turar joyini qurish yani har bir OTM lar bilan xusisiy
Qurilush firmalari bilan shartnoma asasida talabalar turar joyini qurish.
Bunda talabalardan olingan oylikmi yoki bir smestir mobaynida yoki bir oqiv mobaynida talabalardan olingan mablag shu talablar turar joyini qurilish firmasining hisobiga. Lekin talabalar turar joyidagi tartip intizom va boshqa har bir qilinadigan ish shartnoma qilingan OTM nazoratida boladi.
Shunda talabalrni ustidan nazorat qilish osn va juda samarali bolar edi
Bugun vahima qilib yig'ilish o'tkazgan vazirlarimiz iltimos chin ko'ngildan ishlangizlar, dekan prorektorlarga buyruq berib qog'ozbozlik qilishingizdan talabalarga hech qanday naf yo'q. Kvartira topolmay qiynalayotgan yoki ish topolmay qiynalib qolgan talabalarga yordam beringlar undan ko'rsa sal qo'llaringdan kelganicha, bo'lmasa yig'ishtiraylik bunaqa buyruqbozlikni...m
Humoyun Nodirov
Assalomu alaykum. Haqiqatda talabalar turar joyi masalasi juda dolzarb. Ilmni rivoljlantirish uchun, avvalo, ilm ahliga qulay imkoniyatlar yaratib berish kerak. Mening shu yurtning bir fuqarosi sifatida mazkur muammoni hal etishi mumkin deb bilgan choralarim quyidagilar: 1. Har bir OTMining iloji boricha talabalarning aksarini ( 60-70% ini) qamrab oladigan TTJ isi bólishi lozim. (Tóg'ri, davlat budjetining sarflanadigan órinlari juda kóp. TTJ qurish, uni davomiy tarzda yaxshi holatda ushlab turish iqtisodiy jihatdan ancha mushkul ish. Ammo, bu masalani hal qilish uchun bir taklifim bor: TTJ da turishga munosib ( iqtisodiy jihati shuni taqozo qiladi) deb topilgan talabalar bilan shartnoma tuzish kerak, ya'ni, ular ishlay boshlagandan sóng oylik maoshining 1 yoki 2 yoki 3 % izi aynan ana shu TTJ lar hisobiga ótkazilishi borasida shartnoma tuzish kerak. Shunda har ikki tomonga: ham talabaga, ham TTJ budjetiga foyda bóladi. 2. Yuqorida aytib ótilganidek OTM larni barcha viloyatlar bóylab tashkil qilishni yólga qóyish kerak. Hozirda aksar OTM lar Toshkent shahrida. Shundoq ham Respublika markaziligi, iqtisodiy jihatdan boshqa viloyatlarga nisbatan ancha boyligi (ya'ni ish órinlar kóp, pul topish osonroq) sababli butun viloyatlardan odamlar oqib keladi. Natijada istasangiz-istamasangiz ijara narxlari qimmatlashadi. Shuning uchun har bir OTM ining viloyatlarda filiallari bólishi kerak. (Viloyatlarga borib ishlaydigan kadr yóq yoki yetishmaydi, deya e'tiroz qilinishi mumkin. Biroq, shuni esdan chiqarmasligimiz kerakki, OTM larda dars berayotgan ustozlar, doktorlar, professorlarning aksariyati Toshkent shahridan emas. Shunchaki ularga yaxshi sharoit yaratib berilsa bas, qaytanga yaqinlardan uzoqda yurib qiynalishmaydi. 3. Kópchilik ijaraga arzonroq uy topib berish kerak, deyapti. Lekin, bir narsani unutmaylik, uylarning narxi arzon emas. Ijaraga bermoqchi bólayotgan uy egasi ham ósha puliga bolamni boqay, óg'limni, qizimni kontraktini tólay deydi. Siz ózingiz bólsangiz ham iloji boricha qimmatroq pulga ijaraga qóyay deysiz. Xóp unda nima qilish kerak, deyishingiz mumkin. Mening taklifim, avvalo, uylar narxini arzonlashtirishga harakat qilish kerak. E'tibor beraylik, har kuni internetda uy-joylar reklama qilinadi. Biroq, kun sayin qimmatlab boryapti. Talab taklifdan qancha kóp bólsa, tovar shuncha qimmatlashadi. Aksincha bólsa, shuncha arzonlashadi. Fikrimcha, uylarni kóproq qurib narxlarini arzonlashtirishga e'tibor qaratish kerak. Shunda faqat talabalarning emas, balki, ikki uchta óg'li bilan bitta uyda yashayotganlarning ham muammolari hal bóladi. 4. Kópchilik ijara beruvchilar, ijaraga oluvchi kim, oilami yoki talaba, deydi. Nima uchun bunday deydi, deb óylaysiz. Oila tursa, uyimni yaxshi saqlaydi, toza-ozoda tutadi, muammo chiqarmaydi, deydi. Talaba desangiz, kózining oldidan boshqacha manzara ótadi. Demak, avvalo, ana shu manzarani tóg'irlash kerak. Ósha salbiy fikrni ózgartish kerak. Buning uchun talabalar tozalik qoidalariga rioya qilishsa, odob-axloqli bólsalar, qóshnilar bilan yaxshi munosabatda bólsalar bas. Demak, bu borada talabalarning ham aybi yóq emas. (Talabalarni yomonlayapti deb óylamang. Meni ózim ham talabaman) 5. Ijaraga bermoqchi bólayotganlar ham bir oz arzonlashtirib bersalar yaxshi bólardi. Shuni tushuntirish kerak. Axir ózlari ham talaba bólishgan. Yoki talaba farzandalari bólishi mumkin. Nima bólganda ham bu masala qanchalik sifatli hal qilinsa, ilm ahliga nechog'lik e'tibor berilsa, ilm shuncha rivojlanadi, yurt shuncha farovon bóladi.
👍👍👍
Матлуба Бадридиновна
Ассалому алийкум мени фикрим шунака Хар бир иститут узини талабасини жойлаштириш учун курувчилар билан шартнома тузсин худди курувчилар уй олмокчи фукоролар билан кандай шатнома тузса ушанда уша етокхона учун талабалардан йилига канчадир маблаг йигиладику Рузиева Матлуба Навоий шахар
Talabalar uchun arzon uy-joy qurishni hozirdan boshlash kerak. Hammani ta'minlay olmaymiz deb vaqt o'tkazmasdan, harakatni tezlashtirish kerak.
Assalomu aleykum. Kvartiraga qo'yiladigan xonadon egalaridan soliqlardan imtiyoz berilsa, va shunga yarasha sharoitlarni narxlari to'gri kelsa muammo hal bolardi. Surxondaryodan Sherzod Jovliyev
АСЛИДА ВИЛОЯТЛАРДА ҲАМ
ОЛИЙГОҲЛАР ОЧИШ КЕРАК,
АНА ШУНДА ҲАММА ТОШКЕНТГА ҚАРАБ ЮГУРАВЕРМАЙДИ. ЁТОҚХОНА
МАСАЛАСИ ТЎЛА ЕЧИЛМАСА ҲАМ ҲАРҚАЛАЙ ЁТОҚХОНА
МУОММАСИ БИРМУНЧА
КАМАЯРДИ. БУ МЕНИНГ
ШАХСИЙ ФИКРИМ.
ZOIR XO‘JA
Assalomu alaykum davlat tomonidan har bir beriladigan uylarning ijara narxi belgilangan bo‘lishi, talabalar, o‘quvchilar va abituriyentlar uchun alohida imtiyozli tariflar bilan, ana shu uylarni ijaraga beradiganlarga davlat tomonidan ma’lum imtiyozlar berilishi, ijara shartnomasi bo‘lishi lozimligi va yuqoridagilar davlat nazoratida doimo bo‘lishi kerak. Bugungi kunda har bir oliygoh o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tib borayapti, sitiylar quguncha ilm yo‘lida yurganlar uchun TTJ lar ko‘proq qurish kerak!!!
Келажак авлодга шарт шароит хакида келажак эгаларига ётокхона , магстирлар уйи аспирантлар уйи ташкиллаш етарли даражада эмас
Уз келажак авлодига этиборсизлик бу яхши эмас
Хамма нарсани пулга чакиш нархини белгилаб куйиш, ешларни ижтимоий химоя килмаслик келажакка нисбатан этиборсизлик .
Бир савол агар биз ёш авлодимизни та'лим олишини ,ижтимои химоясини, оддий комунал майда чуйда масалаларини хал килолмасак биз киммиз узи шунча соликлар ,отни калласидек штрафлар, кайга тендирсиз сарфланиши нохакликлар ун ким хисоб бериши кк бирор бир инсон борми курук гапни куйиб ечим излаган.бу еш йигитлар хам бизнинг фарзандларимиз жигарларимиз эди 52 автобусда енса
Биз ким узи ? Нималар килмокдамиз?
Shukur
Assalomu alaykum Talabalar uchun arzon uy xususiy yotoxonani qurishni tezlashtirish kerak bundey uylar quradigan tadbirkorlarimiz yetarli ularga keng imkonyatlar yaratib berish kere aniq rejalar loyixalarni ishlab chiqish kerak Talabalarimizga qancha erta sharoit yaratib bersek natija shunga yarasha yaxshilanadi
Bu talabalar turar joyini qurish yaxshi fikir. Talabalarga ham turar joy bóyicha yoardamlashish kerak menicha.ayniqsa toshkent shaxrida. Sababi talaba uchun kavartira 1-dan qimat turadi. 2-chidan uy egasi kelishiga to'g'ri kelib qolsa yana narsa anjomlarni olib ko'chishga to'g'ri keladi . Buni ustigaMakler lar ham 50% oladi. Bu 1 ta oilaning 2 ta farzandi óqiydigan bólsa . Bu ancha katta harajat talab qiladi. Shu tamonlarini o'ylab boroz yenglik qilinsa juda yaxshi ish bo'lar edi. Shaxardagi uylarga ham talabalar uchun uy narxlarini yenglashtiribmi. Yordam qilinsa yaxshi bóladi.
Ассалому алайкум Хушнудбек, фикрларни укиб чикдим, каронавирус пайтида тезкорлик бн анча ишларни килиб ташлаш мумкинлигини курдик, контейнерлардан кулай "уйлар" курилди, халкимиз бир ёкадан бош чикарса, хатто шу талабаларни узиям ёрдам беришади, шунчаа киммат уйларни чегирмалари бн реклама киласизлар, шулардан хам фойдаланиш мумкинку, пули борлар учун факат курилишлар килавермай.Бу домлардан талабалар шахарчаси барпо этиб, каттик назоратга олинса, ота-оналарни дуоларига кумилиб кетарди давлат, ана шунда Аллохимнинг баракаси ёгиларди силаи рахмни биринчи уринга куядиган УЗБЕК кавмига. Укув йили тугаяпти, айни мавриди ,бошлайвериш мумкинку хозирдан хам,режалар асосида,яна фикрим : хамма че эл институтлари пойтахтда,вилоятларда курилганда,вилоятларга хам тараккиёт кириб келарди,худди АКШ штатларидек,хар бир вилоят узи мустакил булса,хокимни хам вилоят халкини узи сайласа, иш бн таъминлаш хам ШУНЧАА битирадиган талабаларни осон булармидии...ахир келажакда олий маълумотли инсонлар ишсиз колиб кетадикуу,техника асрида булмаса...Сизни жда хурмат киламан,доим кузатиб бораман каналингизни хам ишларингизни хам..Илойим бундай кийин замонда халк учун килаётган ишларингизга Аллохим хайру савоблар ато этсин!
💮💮💮💮
Haqiqatda talabalar qiynalib kvartira topadilar, kvartiralar qimmat, kamiga gaz va svet kabi tolovlar ham wu larni boynida,
Meni farzandim ham Towkentga oqiydi, kvartira haqi 50$, bu Dan tashqari 50$ oziq ovqatiga umuman yetmaydi, oz uydan uzoda yashayotgan talabalar ijtimoiy muhofazaga olinsa, maqsadga muvofq bolardi, haqiqatda ham ayrim ijara uylarida shsroit talabga javob bermaydi, tezroq yuqoridagi ishlar amalga oshirilsa ota onalar i g ham kongli toq, talabalar ham muhofaza ostida bolar edi. Kozimiz ochilishi uchun kongilsiz hodisa boliwi shartmidi!
Karantin uchun qurilgan konteynerlar borku óshalar zôr bólardi. Hammasi ichida
Ijaraga qo'yuvchiarga ijara haqini malum miqdorini biror jamg'arma yoki hokimlik byudjetiga yuklash kerak. Toshkentda uy muammo emas ijara haqi qimmatligi muammo
Сирожиддин
Талабаларга муаммо купаяркан. Хам Ишлаб хам укиб оиласини бокиб Кун кураётган талабаларга жуда кийин булади. Руйхатга оладиганларни баъзилари яхши куриниш учун хар хил муаммолар келтириб чикаришади. Бундан талабалар жабр куради. Баъзилари укишини ташлаб Ишлаб кетишади. Талабаларни руйхатга оладиганларни хам ортидан текшириш куйиш керак. Ана шунда талабалар Билан муомала килиб гаплашишади. Укишидан кейин ишга боради. Кеч кайтади. чарчаб келган Талабани Яна сурок килса ........
Show next 100 comments