This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
Talabalik shunisi bilan yodda qoladi menimcha😁 bo'sh turgan binolar bor qanchadur miqdorda,xususiy yoki davlatniki shularni yotoqhonaga aylantirilsa,kerak bo'lsa imtiyoz va subsidiyalar ajratilsa ham davlatga tushum ham talabga yahshi qiylanib yotoqxona qidirmasdan o'qir edi.
Farrux Meliqulov
Hamma etibor tik-tokerlarga qaratilgandan keyin student lar nima qilsin Oʻzbekistoni tik tokerlar mashhur qiladi axir
Deleted Account
Хамма соха ўзини иши қилса, хаммаси яхши бўлади менимча. Ўз сохасини мутахассиси учун маслахат хам керак бўлмайди. Аввало шундай кадрларга тегишли лавозимлар берилиши керак. Бу шахсий фикр албатта.
Talabaman. Birinchi kurs. Uchinchi yil deganda talaba boʻldim, shukr. Bu yil ham qolib ketmay deb kechki taʼlimga topshirgandim. Hozir Milliy universitetda oʻqiyman, toshkentning bir chekkasi. Kechki taʼlimga yotoqxona berilmas ekan ololmadik. Oʻzim Namangandan. Bizga oʻqish kech boshlanganligi sababli Universitetga yaqin joydan kvartira topa olmadik. Shuning uchun qarindoshimiznikida turibman, hozirgacha ham qidiryapmiz, lekin yoʻq. Universitet shaharning u chekkasi boʻlsa, qarindoshimizniki bu chekkasi. Har kun avtobus, metroga chiqib boraman Bir yarim soatga yaqin vaqt ketadi borishga. Oʻqishga yetib olishku mayli, lekin qaytish juda muammo boʻlyapti. 9 ga yaqin dars tugaydi metroga chiqib avtobus bekatga borgunimizcha 10dan oʻtadi avtobus 10gacha ishlar ekan. Majbur taxiga chiqamiz. Xullas qiyin. Lekin oʻqishimni yaxshi koʻraman. Kechki oʻqiydiganlarga ham yotoqxona ajratilsa yaxshi boʻlar edi. Sal qiynalmay, sal erkinroq, sal ota onamizga ham moddiy tomondan osonroq boʻlib oʻqirdik. Hech boʻlmasa avtobuslarini qatnash vaqtini uzaytirishsin🥺 ayniqsa 37- liniya boshqa raqamlardan ikki uchtasi oʻtib ketsa ham, hech kelay demaydi😏 umrim avtobus kutish bn oʻtyapti
Ozoda Tojiboyeva
Хорижда тўлиқ қамраб олмагани ростдир, лекин бизда охирги йилларда ётоқхона катта муаммога айланган, чунки талабанинг катта қисми кўчада қолади. Қабул квотаси кейинги йилларда кенгайиб, супергуруҳлар очилиши, хусусий институтлар очилиши эҳтиёжни оширмоқда. Айниқса, Тошкентдаги нархлар қишлоқдан 1-2 млн ойликка зўрға яшайдиган, салмоқли қисми давлатдан ойлик олиб ишламайдиган оилаларга тўғри келади. Яшаш жуда қимматга тушади. Менда савол бор: олдинги оилавий ётоқхоналар (семейний обж) қани? Улар сотиб юборилдими? Муқимий кўчада Низомий пединст-нг ётоқхонаси жуда кўп эди, эски торгов ц-даги ўзбек тили ва адабиёти факультетининг талаба сонига қадар қамраб оладиган ётоқхонаси кимга берилди? Айрим ҳудуди катта унив-лар ётоқхонасини ҳисоб қилиш керак. Коллежларни ётоқхонаси нима бўлди? Тугатилган коллежларни ётоқхонага айлантирса бўлмайдими, ҳар ҳолда мустаҳкам қурилган. Нега фалон пулга контракт пули олаётган хусусий ОТМлар талабанинг пулини олади-ю, ўқишдан кейинги ҳаёти улар учун муҳим эмас? Биз капиталистик эмас, инсон қадри-қиймати баланд давлат бўлишимиз керак. Бир болага миллионлаб кишини жони ачийди. Ётоқхона қуришни агар қишлоқдаги домларга ўхшаб вайрона қилиб қурса, газ портласа, девор қуласа, билмадим. Ҳамма нарса қураяпмиз, инсон омили устунлик қилмайди. Ишхона, магазин қурамиз, машина қўядиган ҳовлиси йўқ, ўқишларни тўғрисида светофори йўқ, ётоқхонаси йўқ, қоида: жонингни омон сақласанг - яшайсан.
Жудаям тугри гапирдингиз, Хушнуджон,илтимос,янги домлардан халк куркиб колди,махаллаларни хам эътиборга олинглар,уй эгаси бн яшалса,янада яхши,домларда газ свет сув муаммо,махалла хар холда хабардор булади,общий двор дейиларди олдинлари...Аввало Аллохимни Узи тугри йулни курсатсин,илойим
123456
Talabalarga ijara uy topib beradigan tizim yaratilsa ham yana shu tizimga maklerlar qushilib oladi. Yana talabaga qiyin
Dilmurod Azizov
Assalomu aleykum ijara shartnomasini talabalarga tekin qilish kerak horizgi paytda kõpgina uy egalari talabalarni ijaraga qõymaydi soliĝini õylab
Va maklerlarni faoliyati nazoratga olish kerak juda qimmat hozirda ularni haqi.
Integrodan offis ochich kk faqat talabalarga beriladigan uylar buliwi kk online dastur yarayish kk bundan tawqara talabalar shaharchasidan ofis ochish kera Wunda makler haqi bulmasdi
Offis davlatniki bulsa maklerlaram hicnarsa qilolmadi
Kiyin bita dastur bulsa online buni tilivediniyada reklama qiliw kk (masalan olx.uz ga uxwagan online Bepul Elon bering soting va sotib olig )
Assalomu aleykum. Elektron tizim yaratish ajoyib fikr. Agar yaratiladigan bo'lsa harakatni tezroq qilish kerak. Chunki bizda har doim aytilgan gaplar shunchaki qolib ketadi.
Assalomu alekum menda shunday taklif bor. Talabalarning stipendiyalari 1,5 - 2mln atrofida bo'lishi kerak deb o'ylayman. Bilaman bu juda qiyin lekin izohlashga harakat qilaman. Menimcha bunda nafaqat talabalar sharoiti balki o'qishning sifati ham oshishi mumkin. Chunki ilm olishda chalg'ituvchi holatlar bo'lmasligi kerak. Chalg'ituvchi holatlar nima ish izlash, kvartira uchun pul topish, va boshqalar.
Акбар
Ётокхона билан таъминланмаган талабаларга ижара хакки тулаб бериш керак, уйини ижарага берганларни эса даромад солигидан озод килиш зарур
@engkopquiztestlar Zakovatchilarni shu guruhga taklif etaman👆👆👆
Asalomu alaykum ta'labalar turar joyini kupaytirish uchun kõp qavatli 10qavatli turar joylar qurilishi kerak deb õylayman chunki ancha joy ekanom buladi va kõp ta'laba joylashadi 10qavatli bulgan binolarning lifti bulsa yaxshi bulardi
Keyin narxi xam arzon bulardi
Super kontrak pullarini sarflash kerak.har bitta viloyatda otmlar ochilsa poytaxtga kelib oqishga hojat qolmasdi.ayniqsa kam ta'minlangan oila farzandi o'yidan turib o'qigani ma'qul.
Assalomu alaykum. Men ham bir talabaning onasi sifatida aynan dolzarb masalani kŏtargangizdan xursandman. Fikrlaringiz juda ham ŏrinli. Ijaraga qŏyuvchilarda imtiyozlar bŏlsa albatta ijara narxlarini tartibga solinish ehtimoli ortadi. Elektron tizim ayni kerakli , chunki biz ham maklerlar faoliyatidan kŏyib qolganmiz.
Talabani uyiga ijaraga qòyganlarga kommunal tòlovdan chegirma bearish kerak
bir yilchalar oldin menda shunday g'oya bor edi. attang..
Assalamu aleykum.Talabalar turar joyi bu katta muamo bolib kelmoqda.Bazi bir talabalar uyidan qatnab uqiydi tumandan shaxarga boradi ular umrini uqish o'rniga vaqtini yulga saflaydi .ulardan keyin qanday yaxshi kadrlar chiqadi .
Online ijara uy topishga kelsak yamon fikir emas faqat uni tezroq amalga oshirish kerak talabalar shunda vaqtini uy qidirishga emas balki dars qilishga sarflaydi . Ijara uyi qidiraman deb vaqtini bir hafta sarflab yuboradi. Yana ijara uylar ham juda qimmat talabaga umuman mos kelmaydi.
Bazi bir talabalar ijara haqini tolashga qiynaladi .
Talabalar turar joyi qurilsa ham arzonroq narxda qurilsa yaxshi bolardi. Talaba ham hech nimaga chalg'imay dars qilardi
Mening fikrim shu
Show next 79 comments