This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
Lekin,ajali yetgan bòlsa yotoqxonada ham òlardi bir sabab bilan. Ular noma'lum moddadan òtkir zaxarlanishdan vafot etishgan. Nimadir yonib,erigan,zaxarli tutun chiqqan,ular uyquda bòlishgam xoynaxoy. Tokda turgan narsa yongan nima bòsayam.
Paygamov Bahtiyor
Ижарага уй берганларни даромад солигидан маьлум йилларга озод қилинса бу фақат талабалар ги ижарага олган ётоқхоналар учун яхши бўларди.шу билан бирга телеграм каналида бу уйларни осон топиш мақолаларга жавоб олиш. ВАҚТ. ВАҚТ ВАҚТ ТАЛАБАР УЙ ИЗЛАШ ЎРНИГА ФОЙДАЛИ ИШЛАРНИ ҚИЛГАН БЎЛИШАРДИ. ТААСАВУР ҚИЛИШ БОШДАН ЎТКАЗГАНЛАР ТУШУНАДИ. ХУШНУДБЕК.ОМАД
Bo‘sh turgan binolarni talabalar yotoqxonasiga moslashtirish kerak, to‘g‘ri bu to‘liq yechim emas, lekin ma‘lum darajada ehtiyoj qodiriladi.
Hokimyat balansidagi yerlarni faqat tadbirkorga sotavermasdan ( korrupsiya uyasi) davlat maqsadli jamg‘armalaridan pul ajratib zamonaviy yotoqxonalar qurish kerak,bu ijtimoiy masala davlat o‘z funksiyasini bajarishi kerak.
OTM lar ko‘payishi yaxshi lekin infratuzilmani ham yaxshilash kerak ...
Qo‘shimcha !
Ассалому алайкум
Шу масалада мани фикрим хар бир ОТМ ларда факультет деканлари шундай база яратиш керак унда талаба укийдиган факультетга якин булган бир нечта ижара хонадонлари билан шартнома килиниб факатгина уша хонадонларга жойлашиши керак ва бу буйича назоратни манънавият проректорлари хамда факультет деканлари ва маънавият декан уринбосарлари кулга олиш керак.
Toshkent shaxrida ijaraga kvartira topish studentlar uchun qiyin va qimmat. Ularni narxini ham nazoratga olish kerak menimcha
Online qilish kerak rivojlangan chet davlatlarda shunday qulidan kelgan online qolgani offline keyin kiridit modul tizimini aslida qanday bulsa shunday qullash kerak biz talabalar pul tulab uqiyapmiz ertaga 4 yil tulagan kontraktni qoplatish muommosi turibdi tizim juda juda xato korrupsiyaga qurilgan bizda Talim tizimi
Menimcha masofaviy talim joriy etilishi kerak shunda ham o‘qishga hoxishi bor talaba o‘qiyveradi boshqa tomonlama davlatimiz korona virus pandimiyasidan juda katta zarar ko‘rgani hammaga malum
Зангиота ковид марказига ухшатиб сэндвич панеллардан талабалар турар жойи курсилсин. Хам арзон хам контроль килишга осон.
Unversitetlarga yaqin yotoxxonalar bilan Shartnoma tuzishga kelsak bu noto‘g‘ri chunki bu masalani qanaqasiga 3 mln ijara pul olayotgan ijarachi qanqasiga 1 mlnga rozi bo‘ladi eng maqul yo‘li masofaviy talimni qayta joriy qilish medissina soxasi bundan mustasno!
Sirojiddin
Xushnud akani gaplari tugri
Juda ham oʻrinli taklif boʻldi. Shu masalani keng jamoatchilik oldida muhokama qilish kerak. Zero oʻqish uchun munosib sharoit ham kerak. Barcha talabalr bir joyda toʻplansa, fikr almashish uchun ham muhit yaratilgan boʻlardi..
Лочинбек Хатамов
masofaviy ta'limga o'tish kerak ,imkoni bori o'qishdi davom etiraveradi ,ta'lim sifatiga kelsak o'qiydigan odam onlayinda ham o'qiyveradi o'qimaydigan xohishi yo'q inson oliygohdi o'zida ham majburlasa ham o'qimaydu
Nurali Abdiyev
Assalomu alaykum bugun kun talablaridan kelib chiqsak oilaviy sharoiti ya'ni iqtisodiyoti ko'tsrmaydigan, surunlali kassaligi bor, homilador hamda yosh bolali talabalarimizga imkoniyatlar yaratib bersa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Masalan, masofaviy ta'lim.
Nurali Abdiyev
Masofaviy ta'lim mavjud Lekin ko'pchilik domlar masofadan dars o'tmayman deb usluga qo'yib olga bunga nima deysi Xushnutbek aka
Assalom aleykum rosa kop sitylar qurilip yotipdi bosh uylar judayam kop shu universitet bn xamkorlik qilip shu sitylar. ulargayam foyda universitetgayam obro boladi. bekordan bekor u uylad domlar bosh turipti
Ўзбек тили ва адабиёти университети докторантиман, Талабалар турар жойлари бўйича бир таклиф бор менда, юқорида сиз "турар жой билан 100% таъминлаш иложсиз" деб ҳақ гапни айтдингиз. Бу албаттаимконсиз. Менинг фикримча, буишга тадбиркорларни жалб қилиш керак ва арзон турар жой (пансионатга ўхшаш) балки бироз марказлаштирган ҳоладир ижара уйларини қуриш керак, нархи ҳам 200 мингдан ошмаган ҳолда талабаларга берилиши керак
Ulug'bek ********
Qiyin masala agar yangi yotoqxonalar qurilgan taqdirda ham baribir ijara haqi qimmat bo'ladi
Mayli ijari haqini turar joy sharoitidan kelib chiqib 200mingdan 500minggacha qilib belgilab narxdan kelib chiqib sharoit tayyorlash kk hozir hamma yoqda citylar qurilyabdi shularni ozgina kamaytirib talaba un ham sharoit yaratish kk yotoqxona olish un yo nogiron yoki temir daftarga kirish shart emasku lekin shu yerda ham korrupsiya bor 100 foiz adolatli deyolmaymiz afsus. Hozir talabani asosiy muommosi ijari uyi bulib qoldi. Shuni deb shaxsan men o'qishimga e'tibor qaratolmayabman
Hozir qimmatiga ham uy topilmayabdi
Ijarachilarni barisi faqat oilaga beramiz deb rad qilishadi
Assalomu Alaykum mening fikrimcha har kimni o'zini yashab turgan viloyatini o'zida barcha yo'nalish va mutaxassisliklarni ochib berish kerak shunda ijara uylari ham yo'l kira pullari ham masofa uzoqligi ham muammo bo'lmaydi. Masalan bizda magistratura mutaxasisligimiz yo'q bo'lgani uchun majburmiz poytaxtga kelib o'qishga.
Show next 47 comments