This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Шу кунларда талабалар турар жойи муаммоси яна кенг миқёсда муҳокама қилиняпти.

Катта эҳтиёжни қондириш мақсадида арзон нархдаги талабалар уйларини қуриш, бунга хусусий секторни ҳам жалб қилиш таклиф этилмоқда. Бу албатта яхши ғоя ва буни тўлиқ қўллаб-қувватлайман.

Аммо тан олайлик, бу каби лойиҳалар, биринчидан, узоқ муддат талаб қилади, иккинчидан, барибир эҳтиёжни тўлиқ қондира олмайди. Талабаларни турар жой билан 100% таъминлай олган бирорта давлат бўлмаса керак, менимча.

Шу сабабли талабаларнинг уй топиш билан боғлиқ муаммоси доим сақланиб қолади.

Шунга кўра, балки параллел равишда талабаларга ижара уйларни топишда ёрдамлашувчи электрон тизимни йўлга қўйиш керакдир. Видеода бу таклиф ҳақда қисқароқ тушунтиришга ҳаракат қилганман.

Бошланишига балки қийин ёки фойдасиздек кўринар, лекин вақт ўтиши билан вазиятни бирмунча юмшатиш ва тартибга солишда ёрдам бериши мумкин.

❓Талабалар турар жойлари муаммосини яхшилаш учун сизда яна қандай аниқ таклифлар бор? Биз билан ўртоқлашинг.


👉 @xushnudbek 👈

912 comments

Show 100 more comments
Assalom aleykum rosa kop sitylar qurilip yotipdi bosh uylar judayam kop shu universitet bn xamkorlik qilip shu sitylar. ulargayam foyda universitetgayam obro boladi. bekordan bekor u uylad domlar bosh turipti
Ўзбек тили ва адабиёти университети докторантиман, Талабалар турар жойлари бўйича бир таклиф бор менда, юқорида сиз "турар жой билан 100% таъминлаш иложсиз" деб ҳақ гапни айтдингиз. Бу албаттаимконсиз. Менинг фикримча, буишга тадбиркорларни жалб қилиш керак ва арзон турар жой (пансионатга ўхшаш) балки бироз марказлаштирган ҳоладир ижара уйларини қуриш керак, нархи ҳам 200 мингдан ошмаган ҳолда талабаларга берилиши керак
Ulug'bek ********
Qiyin masala agar yangi yotoqxonalar qurilgan taqdirda ham baribir ijara haqi qimmat bo'ladi
Mayli ijari haqini turar joy sharoitidan kelib chiqib 200mingdan 500minggacha qilib belgilab narxdan kelib chiqib sharoit tayyorlash kk hozir hamma yoqda citylar qurilyabdi shularni ozgina kamaytirib talaba un ham sharoit yaratish kk yotoqxona olish un yo nogiron yoki temir daftarga kirish shart emasku lekin shu yerda ham korrupsiya bor 100 foiz adolatli deyolmaymiz afsus. Hozir talabani asosiy muommosi ijari uyi bulib qoldi. Shuni deb shaxsan men o'qishimga e'tibor qaratolmayabman
Hozir qimmatiga ham uy topilmayabdi
Ijarachilarni barisi faqat oilaga beramiz deb rad qilishadi
Assalomu Alaykum mening fikrimcha har kimni o'zini yashab turgan viloyatini o'zida barcha yo'nalish va mutaxassisliklarni ochib berish kerak shunda ijara uylari ham yo'l kira pullari ham masofa uzoqligi ham muammo bo'lmaydi. Masalan bizda magistratura mutaxasisligimiz yo'q bo'lgani uchun majburmiz poytaxtga kelib o'qishga.
Camilla*
Xalq to'q va farovon bo'lmas ekan qaysidir qatlamni muammolarini hal qilish kapgirni bitta teshigini yamashdek gap. O'zbekistonda himoyaga muhtoj faqat talabalar emas, nogironlar, oddiy ishchilar, qariyalar, 16 yoshga to'lmagan shaxslar, chekka joyda istiqomat qiluvchilar, mehnat migrantlari ...... va yana boshqa ko'plab insonlar bor. Oddiy ishchilar, davlat xizmatchilari, byudjet tashkiloti hodimlari oyliklari, pensionerlar, hech bo'lmaganda 3 yoshgacha barcha bolalarga to'lanadigan posobiyalar, nogironlik nafaqalari oshmas ekan (har yili 7-10% ni nazarda tutmayapman, iste'mol savatchasini qoplamayapti hozirgi oyliklar, oddiy xalq hamisha bolasidan, sifatli ta'limdan, sog'lig'idan, kiyishi, yeyishidan siqib yashashga majbur) hali juda ko'p aholimiz nochorlikdan chiqolmaydi. Narmalniy oylik-yaxshi yashash, kamroq korrupsiya, va har kuni dilni hunob qiluvchi yangiliklarni (5 ta talaba jasadi, stroykada vafot etgan talaba) kamaytirish uchun ham zarur. Bu bn hamma muammolarimiz hal bo'lib qoladi demoqchimasman, lekin aksar muammolarimiz yo'qchilik tufayliligini hech kim inkor qilolmaydi. Masalan men ham doktarantman, lekin Amerikada yoki Yevropada idish yuvganim (noto'g'ri tushunmang, faqat mehnatim evaziga) uchun 3000-4000$ haq olsam jon deb ko'chib ketardim. Chunki qadriga yetilmaydigan ilmdan, qadriga yetiladigan va munosib taqdirlanadigan qora mehnatni afzal ko'raman. Bu fikrim ham doimiy emasdir, balki butun umr 3000$ evaziga ishlash ham farovonlik bermas, lekin insonda ozgina tafakkur, halol mehnat bo'lsa bir muddat o'tgach albatta boshqa yo'llarni izlashni, ilm olishga harakat qilishni, 10k $ topgan taqdirda ham yana ham mukammallikka intilishni boshlaydi. Bechora xalqim (aksar xalqim) hayolida esa faqat tirikchilik g'ami(((
Camilla*
.... va faqat commentlarda gapirish imkoniyati((
Xullas, talabalar stipendiyasini qaytarish (darajali stipendiya), milliy grantlarni ko'paytirish, uzoq muddatli kreditlarni olishni osonlashtirish (ta'lim kreditlari) va talabalar ota onasi, doda buvisi oladigan oylik va pensiyalarni maximumgacha oshirilishi tarafdoriman.
P.s.: onamni pensiyalari 280.000 so'm😭😭😭😭
G‘ulom Mustafakulov
Talabalarga imkoniyatlar yaratib berish kerak...
MaxIsMus
Mening fikrimcha har bir oliy yoki o'rta maxsus bilim yurtining har bir yo'nalishi (kafedrasida) bir masul shaxs bolishi kerak faqat talabalarning yashash joyi bilan shugullanuvchi. Boshqa ish bilan shugullanuvchi ga bu ishni biriktirmaslik kerak. Agar kerak bo'lsa o'sha shaxs uz talabasini qaerda kim bilan qanday holatda ekanligini aniq bilishi va yashash joyi yoq talabaga ijaraga uy tobishga ko'maklashishi kerak. Ana oshanda balki talabalarimizning qanday holatda ekanligini bir muncha xabardor bolarmiz balki . Bu mening fikrim
Айбану Амангелдиева
MaxIsMus
Ajoyib ammo buni faqat biz o'qiymiz tegishli odamlar emas
Afsuski bu ham to'g'ri 😌
Camilla*
Xalq to'q va farovon bo'lmas ekan qaysidir qatlamni muammolarini hal qilish kapgirni bitta teshigini yamashdek gap. O'zbekistonda himoyaga muhtoj faqat talabalar emas, nogironlar, oddiy ishchilar, qariyalar, 16 yoshga to'lmagan shaxslar, chekka joyda istiqomat qiluvchilar, mehnat migrantlari ...... va yana boshqa ko'plab insonlar bor. Oddiy ishchilar, davlat xizmatchilari, byudjet tashkiloti hodimlari oyliklari, pensionerlar, hech bo'lmaganda 3 yoshgacha barcha bolalarga to'lanadigan posobiyalar, nogironlik nafaqalari oshmas ekan (har yili 7-10% ni nazarda tutmayapman, iste'mol savatchasini qoplamayapti hozirgi oyliklar, oddiy xalq hamisha bolasidan, sifatli ta'limdan, sog'lig'idan, kiyishi, yeyishidan siqib yashashga majbur) hali juda ko'p aholimiz nochorlikdan chiqolmaydi. Narmalniy oylik-yaxshi yashash, kamroq korrupsiya, va har kuni dilni hunob qiluvchi yangiliklarni (5 ta talaba jasadi, stroykada vafot etgan talaba) kamaytirish uchun ham zarur. Bu bn hamma muammolarimiz hal bo'lib qoladi demoqchimasman, lekin aksar muammolarimiz yo'qchilik tufayliligini hech kim inkor qilolmaydi. Masalan men ham doktarantman, lekin Amerikada yoki Yevropada idish yuvganim (noto'g'ri tushunmang, faqat mehnatim evaziga) uchun 3000-4000$ haq olsam jon deb ko'chib ketardim. Chunki qadriga yetilmaydigan ilmdan, qadriga yetiladigan va munosib taqdirlanadigan qora mehnatni afzal ko'raman. Bu fikrim ham doimiy emasdir, balki butun umr 3000$ evaziga ishlash ham farovonlik bermas, lekin insonda ozgina tafakkur, halol mehnat bo'lsa bir muddat o'tgach albatta boshqa yo'llarni izlashni, ilm olishga harakat qilishni, 10k $ topgan taqdirda ham yana ham mukammallikka intilishni boshlaydi. Bechora xalqim (aksar xalqim) hayolida esa faqat tirikchilik g'ami(((
assalomu alaykum gapingiz to'g'ri lekin ana shu qatlamlarmi hozirgi ko'zi to'q bo'lib saviyasi kuchli bo'lgan talabalar yaxshilashi mumkin katta ehtimol bilan men bu gaplarni o'zim talaba bo'lganim uchun aytamayapman balki talabalar saviyasi oshmasa yaxshi kadr yaxshi ish inavatsiya yangilik bo'lishi qiyin shuning uchun aytayapman agar biz talabalarga sharoit qilmasak xonliklalar va sssr davridagi juda katta hatolikka yo'lm qo'yamiz bizdan keyin yangi Xorazmiy, Buxoriy, Zamaxshariy, ibn Sino, Beruniy,Farg'oniylar chiqishi qiyin kamiga 70 foiz yoshlar ishtimoiy tarmoq jinnisi hozirgi sharoitda bizni yuksalishimizga talabadan boshqa hech kim yordam berolmaydi bu shunchaki mening fikrim holos
Camilla*
.... va faqat commentlarda gapirish imkoniyati(( Xullas, talabalar stipendiyasini qaytarish (darajali stipendiya), milliy grantlarni ko'paytirish, uzoq muddatli kreditlarni olishni osonlashtirish (ta'lim kreditlari) va talabalar ota onasi, doda buvisi oladigan oylik va pensiyalarni maximumgacha oshirilishi tarafdoriman. P.s.: onamni pensiyalari 280.000 so'm😭😭😭😭
gaplarizniga 100 foiz qo'shilaman lekin shu siz aytayotgan kamchiliklarni siz bilan biz toldirishimiz kerak. pul evaziga hamma bilimdonlar chetga ketsa hali beri biz qoloqlikdan chiqmaymiz hurmatli mutasaddilar iltimos bizzi dardimizni ham eshitinggizlar biz ham qo'limizdan kelgancha yordamlashamiz
Assalomu alaykum. Agar adashmasam koronavirusga qarshi kurarish doirasida minglab orinlar konteynerlar orqali yaratildi, albatta qisqa muddatlarda va xozirgi kunda o'sha konteynerlar bosh turibdi. Buni ishlatish kerak, berish kerak shunaqa sig'imi yuqori bolgan shaharlarga. Osha paytda qisqa muddatda tayyorlandi bu konteynerlar, nega yana qilib bolmaydi, talabalar shaharchasini tayyorlasa boladi shu yo'nalishda ham.
Ijara uylarning elektron tizimini yaratish kerak shunda raqobat bolip talaba oziga yoqqan uyni tanlaydi.Bu tizimga hamma malumotlarni kirgizish kerak.Talababay umuman kerak emas.Ozini ozi aldash.Rasmga tushish bilan masala hal bolmaydi!
Show next 33 comments