Эски касаллик

Юқоридаги ўзгаришларда журналистика йўналишини тўғри тушуниш мумкин. Чунки ушбу йўналишларда азал-азалдан касбий (ижодий) имтиҳонлар ўтказилиб келинар эди. Аммо пандемия сабаб 2 йилдан буён ноиложликдан ижодий имтиҳон тестга алмаштирилганди. Энди шу яна ўз ҳолига қайтди.

Қолган йўналишлардаги ўзгаришларга шу соҳадаги етакчи ОТМлардаги педагог-мутахассисларнинг фикри инобатга олингани айтилмоқда. Хўп, тушунарли, замон талаби билан касблардаги талаб ўзгарган бўлиши мумкин. Аммо нима учун ушбу ўзгариш ҳақида аввалроқ огоҳлантирилмаган? Тестга 2-3 ой вақт қолганда ўзгаришлар киритилиши қай даражада адолатли?

Масалан, ўтган йили октябрь ойида Юридик университетга ўқишга киришда фанлар мажмуаси ўзгариши, тарих ўрнига ҳуқуқ фани киритилиши, аммо бу ўзгариш 2 йилдан кейин, яъни 2023 йилдан жорий этилиши маълум қилинганди. Мана шунақа узоқни кўзлайдиган йўлдан борилса бўлмасмиди? Яъни камида 1 йил олдин муҳим ўзгаришлар ҳақида огоҳлантириш керакмасмиди?

Тўғри, бу ерда бир нечта аргументлар бор.

Биринчи аргумент, ҳамма абитуриент бир хил имконга эга, яъни кимгадир фан ўзгариб, кимгадир эски фан сақлаб қолинмаган. Ҳаммага бир хил ўзгарди.

Ҳа, бу гапда жон бор. Аммо айнан мана шу бир хил имкониятнинг ўзи адолатсизлик ҳисобланади. Яъни аввал бошқа фанга эътиборни кўпроқ қаратиб, сидқидилдан ўша фанни ўқиган абитуриентлар билан, қўл учида ўқиганларнинг имконияти деярли тенглашиб қолди.

Иккинчи аргумент, саволлар фақат мактаб дарслигидан бўлади, мактабда яхши ўқиган бўлса, нима муаммо?

Ҳа, бу ҳам мантиқан тўғри. Аммо мактаблардаги ўқитиш сифати ҳали талаб даражасига кўтарилмаган бир шароитда, "биз исталган пайт, исталган фанни ўзгартира оламиз, керак бўлса ўқигин" дейиш ҳам унчалик тўғри эмас.

Учинчи аргумент, ўзгаришлар жуда кам йўналишларда бўлди, эътибор қилишга арзимайди. Жуда норози бўлса, ана, ўзи яхши ўқиган фани бўйича бошқа йўналишга топширсин.

Тўғри, 461 та йўналиш ичида ўзгарганлари саноқли, умуман олганда, аҳамият бермаса ҳам бўладигандек гўё. Аммо ўзимиз ёшлардан кўп норози бўламиз, бир тайинли касбни эгаллаш бўйича аниқ мақсади йўқ, шохдан-шохга сакраб юришади, қайси соҳани эгаллаши қизиқмас, ўқишга кирволса бўлди, деймиз. Бироқ яна ўзимиз аниқ касбни мақсад қилган кам сонли ёшларнинг оёғига болта уриб, кутилмаган ўзгаришлар қилиб, "ёқмаса, ана бор, бошқа йўналишга топшир" деймиз. Бу сизларга ғалати кўринмаяптими, ҳурматли масъуллар?

Хуллас, бу таълим тизимига теккан эски касаллик. Яъни жиддий ўзгаришлар доим қисқа вақт қолганда маълум қилинади. Кутилмаганда аҳоли ўртасида шок пайдо қиладиган қарорлар қабул қилинади. Мана шу қарорларга олдиндан тайёрлаш, огоҳлантириш, тушунтириш деган нарсалар йўқ. Бу таълим соҳасида, айниқса қабул жараёнларида бюрократиянинг ҳиссаси катта эканлигидан далолат. Вазирлик кўп масалада ўзи мустақил қарор қабул қила олмайди, ДТМ мустақил ҳаракат қилолмайди. Йил бошида келишилган бирор кичик ўзгаришларни тасдиқлатгунча, йил якунлаб қолган бўлади.

Ҳа, тўғри, яна айтишингиз мумкин, таълим шошқалоқни ёмон кўради, шошилиб қабул қилинган қарор, таълимга салбий таъсир ўтказиши мумкин, ўшанчун етти юз марта ўлчаб, кейин кесамиз, деб. Тўппа-тўғри. Сиз ҳақсиз. Аммо бир савол: агар таълим шошқалоқни ёмон кўрса, унда нега тестга 3 ой қолганда бундай ўзгаришлар қилинди? Шуни кейинги йилдан қилса бўлмасмиди? А, лаббай?


👉 @xushnudbek 👈

347 comments

Show 100 more comments
😎😎😎😎😎
Kimlar uchundir bu shunchaki yangilik kimdur uchun esa 1 yilik mehnatni bu qarorga qoshilmagan bolar edim
Asalomu aleykum vayeni akedemiyalarga fanlar òzgarmaganmi shuni bilmaysilarmi
Olim Yorqulov
Hurmatli Xushnudbek aka. Biz o‘qituvchi va o‘quvchilarga advokatlik qiling. Bu nohaqlikku. Ikki yildan buyon tayyorlangan o‘qubchilarimiz bor, hozir shokda. Ko‘zlarida yosh ko‘ryapman, bu nimasi endi? Hech bo‘lmaganda jallod DTM bir yil fursat bersin. Kelasi yildan nima qilsa yana o‘zlari biladi. Bir marta xalqning ham fikrini olsin. Essiz shuncha vaqt, shuncha moddiy harajat, shuncha mehnat...
Xushnudbek aka ushbu muommoni hal qilishda yordam bering juda kuplab o'zbek tili va adabiyoti faniga tayyorlangan abituriyentlar yig'lab o'tiribdi endi nima qilamiz deb biror nima qilaylik petitsiya bo'lsa ham beraylik iltimos ushbu masalani ijobiy hal qilib bering qanchadan qancha ota ona noroziku
Nega bunaqa o‘zgarishlar bo‘lyapti
Abdusalom Ro`ziyev Qiziltepa 14-maktab MMIBDO'
Assalomu alaykum, Xushnudbek aka sizni aytgan fikrlarizga 1000 foiz qo`shilaman. O`zim o`qituvchiman, ma`naviy-ma`rify ishlar bo`yicha direktor o`rinbosariman. DTMning bu qarori 11 sinf uyoqda tursin 9,10 sinflarni ham o`z faniga qiziqishi, umuman olganda butun maktabdan, darslardan bezishiga olib keldi. Neki umidlar bilan o`qiyotgan, yoshligidan qiziqqan fanidan voz kechishga, o`z fani uyoqda tursin bironta fandan o`qimaslikka ko`pchilik o`quvchilarimiz ahd qilib bo`ldi. Hozirgi kunda eng katta muammolarimizdan biri o`quvchi yoshlarni bo`sh vaqtini mazmunli o`tkazish, ularni kitobxonlikka, vatanni sevishga, fanga qiziqtirishdir. Lekin bu qaror manashularni barchasini puchga chiqardi. DTMning bu qarori tufayli o`quvchilardagi davlatimiz siyosatidan norozi bo`lishiga, davlatga ishonch degan his-tuyg`uni pasayishiga sabab bo`lmoqda. Vaholangki DTMga ishonch odamlarda allaqachon so`nib bo`lgan. Ishonchsizlik paydo bo`lib bo`lgan.
Ikkinchi masala: O`quvchilarimizni vatanvarlikka o`rgatish, vatanparlik tuyg`ularni singdirish uchun Tarix fanini o`qitishimiz lozim emasmi ? Afsuski, tarix faniga e`tibor, uning fanlar orasida umuman yo`qolib borayotganiga guvoh bo`liyapmiz. Bir o`ylab qaraylik, ona tili va adabiyot fani o`qituvchisiga ingliz tili kerak ham deylik, lekin ona tili va adabiyot fani bilan ko`proq qaysi fan uzviy bog`liq. Menda shunday fikr tug`ildi: demak biz o`z mutafakkirlarimizni, bobolarimizni o`zimiz olimlarimiz ma`lumotlaridan ko`ra ko`proq chet elliklarning ma`lumotlariga tayanib o`rganishimiz kerak ha.... Menimcha, Chet ellik olimlarning o`zbek tiliga o`girilgan asarlarini ham o`qiyapman, ularda ko`proq mubolag`a san`atidan, bo`rttirish, manimcha yolg`on ma`lumotlardan ko`p foydalanilmoqda. Menimcha ular asarim mashhur bo`lsin deyaptimi bilmadim. Xo`p bular o`z yo`liga desak ona tili adabiyot fani o`qituvchilari shu chet elliklar asarlariga tayanib dars o`tadimi endi. O`zi shundaygayam keyingi yildan ingliz tili fani majburiy fanga kirgizildiku.
Uchinchi masala: ball berish tizimi o`tgan yildagiday qolgani yaxshi edi. Majburiy fanlardagi testlar sonini 10 taga tushirdi nima, umuman majburiy fan qo`ymadi nima. Baribir abituriyentlar taxmin qiladiku. Bu bilan o`quvchilarni fanni o`qitishimiz o`rniga ularning bo`sh vaqtini ko`paytirib bermayapmizmi ? Majburiy fanlardagi testlar sonini 10 taga tushirish ko`zbayamachilik, o`zimizni o`zimiz aldash degani.
To`rtinchi masala: Xushnudbek aka odamlarda, o`quvchilarda, xalqda shunday fikr paydo bo`lmoqda: DTM Xalqdan kelib chiqib emas, DTM binosidagi xodimlardan, kattakonlardan kelib chiqib qarorlar qabul qilishmoqda deyishiyapti. Iltimos, sizdan Xushnudbek aka ular xalqni fikridan kelib chiqib qarorlar chiqarishni xoxlashmasa, tinglashni xoxlamasa xalqni fikrini siz ularga yetkazing. Oldindan rahmat !!!
Bu gaplarim bo`rttirma emas, haqqoniy. Ikki kundan beri ko`p o`quvchilarim ustoz nimaga bunday bo`ldi, nimaga bunday qilishdi, menga o`qish kerak emas, yo`qolsin tayyorlanmayman, o`qimayman, ayrimlari endi nima qilay, qaysi fanga tayyorlanay endi ustoz deb o`z fikrlarini bildirishmoqda. Repetitorlar esa qaysi yo`nalishni balli past bo`lsa o`quvchini o`shanga topshirtirmoqda. Ularga o`quvchisining kelajagi bilan ishi yo`q. asosiysi o`qishga kirsa bo`ldi.

Man sizga aka o`zimni, o`quvchilarni, odamlarni, xalqni fikrlarini yo`lladim. Siz vazirlik, rahbariyat, xalqni ko`nglidan qolgan, xalqni ko`nglini sindirgan, o`quvchilarni, o`quvchilarimni hayotga bo`lgan qiziqishini, ishonchini sindirgan DTMdagilarga yetkazing degan maqsadda.
Yetkazing aka bu gaplarni iltimos !
Adolatsiz qaror. Qaror bu yildan kuchga kirishi K-k edi. Shu yil uqib yurganlarga nohaqlik
55555
Endi nima boladi pizdes boladi
Shuncha tayyorgarlik shuncha mehnat qayerda qoladi
Adolatsiz qarorlar! Abituriyentlar bosh ko‘tarmoqda. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q.
Shavkat Qoraboyev
ДТМ маошингни олаяпсанми газини бос болалар бизнинг келажагимиз. ЯНГИ Узбекистон олга босавер$
Haqiqatan ham bu adolatsiz qaror. Ayniqsa o'zbek tili va adabiyotiga tarix o'rniga chet tili bòlishi abituriyentlarni gangitib qòydi. Abiuriyentlar orasida bu yil topshirolmayman. Chunki foydasiz keyingi yil chet tili òqib keyin topshiraman deganlar bòlyapti. 1 yil qaror chiqaradiganlar u.n hech narsa bòlmasligi m.n. Lekin abituriyent va ota-ona u.n ham ma'naviy, ham moddiy zarar. Òtgan umr-chi?! Qaror chiqarishdan oldin biroz xalqning bolasini ham òylasalar bòlardi
2020-yilda ham shunaqa bòlgandi ona tiliga kirish uchun tarix òqigandim fevral oyida 2-bloki ingliz tili bòlib qolgandi. Ona tili va tarixdan yillab tayyorlanib yaxshi soha topolmaganman psixologiyaniki biologiya, tarixniki geografiya bòlib qolgan bularni ham asosiy bloki ona tili va tarix edi. Òzbek tili va adabiyoti hududimda yòq edi. Yuqori bal bn madaniyat va san'atni boshqarishga yònalishiga kirganman. Noiloj hozir òzim xohlamagan yònalishda òqiyabman afsuski ichki perevodni ham katta summa qilib qòyishdi. Endi bu yil ham òzbek tiliga topshirmoqchi bòlganlar madaniyat yònalishiga topshirarkanda yoki yillab tayyorlangan fanlarini òrniga tahmin ishlab chiqishadi
Ilohim qaror o'zgarmasin o'z kuchida imtiyozlar kivotalar amalga olsin ro'zayu ramazonda
Shavkat Qoraboyev
ДТМ дагилар калла билан уйламайди йук нарса билан уйлаб булмайдику
DTM dan yangi yil sovĝasi
2020-yil 2 ta asosiy fan balberish tartibi kulguli
2021-yil 3 ta majburiy 2 ta asosiy blokni belgilangan savollar soni kamaydi.(bechora javoblar varaqasida bir bolok butunlay bosh qoldi)
2022-yil 3 oy qolganda fanlar kesimiozgardi. Bu yil sovĝani erta berganingi u.n raxmat. Eee stadioningayam
Til bilish yaxshi lekin til adabiyot tarix bilan ko'proq bòģliq. Tarixni bilmay ma'naviyatni shakllantirolmaymiz
Abdusalom Ro`ziyev Qiziltepa 14-maktab MMIBDO'
@@
Ilohim qaror o'zgarmasin o'z kuchida imtiyozlar kivotalar amalga olsin ro'zayu ramazonda
Siz tayyorlanmaysizmi, tavakkal topshirasizmi yoki yo`nalishizni fanlari o`zgarmaganmi ?
Abituriyentlarni boshi qotgan, adolatsiz qaror, endi yo‘nalishini o‘zgartirayabdi, lekin ular yo‘nalishi o‘zgarayotganidan xafa. Qisqasi hali ham ortga qaytarish kerak bu yilcha,keyingi yildan deb e'lon qilish kerak.
⚘БАХТЛИЛАР⚘
DTMdagila tarix o'rniga chet tilini qo'yishni tushida ko'rgan.Mana shu tushini ro'yobga chiqaryapti.
Òzbek tilini 2-bloki ingliz tiliku nega tarixni qachon òqiyman deyabsiz🤔🤔🤔🤔
Show next 100 comments