This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️1 майдан бошлаб ҳайдовчининг ёнидаги олд ўриндиқда ўтирган йўловчи ҳам хавфсизлик камари тақиши мажбурий бўлади.

Айрим йўловчиларга, жумладан ҳомиладор аёллар, саломатлиги хавфсизлик камари тақиш имконини бермайдиган беморларга (махсус тиббий маълумотнома мавжуд бўлганда) хавфсизлик камари тақмасликка рухсат этилади.

Шунингдек, эндиликда орқага ҳаракатни амалга ошираётган ҳайдовчилар ва аҳоли пунктларида ҳаракатланишда — йўналишли такси ҳайдовчилари ҳам хавфсизлик камарини тақиши керак бўлади. Бугунги кунгача ушбу тоифага камар тақмасликка рухсат берилганди.


👉 @xushnudbek 👈

195 comments

Show 100 more comments
Хом хаёл хом кутокларга берилиб юраверамиз бу ахмок далбаёблар килаётган ишини карангларда.
Assalomu alaykum yonidagi odam xavfsizlik kamarini taqmasa javobgarlik xaydovchiga qullanadimi yoki yulovchiga
Бахтиер
Ассалому алайкум Хушнудбек ака менга маслахат беринг мени кизил чирокда утдинг деб аебламокда мен норозиман 1йилдан буён сарсонман жаримани Миб оркали туладим мажбур булдим исботлаб бермаяпди факат хизмат текширув утгазиб мени айбдор деб топаяпди суд хам булгани йук маслахат беринг Олдиндан рахмат
Танировка тўзловини пасайтириш хақида жим житлик...........
Soqqani booss degan joyiga kelib qoldik
Shu old o'rindiqdagi yo'lovchi kamar taqmasa jarima kimga yoziladi?
Orqaga haydaganda remenni nima keragi bor 30 km/s ham Haydab bumaydiyu orqaga. Karam shurva boshlandi yana.
shuxrat
Сооккааа менлик
Ассалому алайкум Хушнудбек Худойбердиев сизга бир савол билан мурожаат қилмоқчиман. Бу йил акамнинг ўғли олийгоҳга кириш учун тест топширади. Ўтган йили акам ўғлига биометрик паспорт олиб берган эди, хозир уларга кимдир олийгоҳга течт топшириш учун ID карта олиш кераклигини айтибди шу қанчалик тўғри, жавобингиз учун олдиндан катта раҳмат.
Jonibek 
Жавобгарлик хакида хам гапириб утинг
Salom Xushnudbek aka qonunlarimiz zor bolibdi gap yoq.lekin yollarimiz qonundek zor bolsa yaxshi bolarmidi.ikkalasi bir biriga mos emasku
dislocatia ham so'rolmaymiz endi halq fikrini hech kim eshitmaydi. (Amerikada tug'ulgan yaxshiydi 😂😭)
Hammasi davlat foydasi uchun. Kamarni taqishni kamar taqib yurganlarni ragbatlantirib ham ommaga kiritsa bulardi. Jarimasi qancha bularkan buni?
Маткаримов Э.
Ассалому алайкум.Хавфсизлик камарини тақмаслик учун махсус маьлумонома қай шаклдагига аниқлик киритиб берсангиз,илтимос!
Sulaymonova Nafisa
Kattakon rahmat. Olloh rozi bsin. Iltimos, yo'l hti hdagi yangi qoidalarini video orqali to'liq izohlab bering. 45 betlik ma'lumot ekan.
Assalomu alaykum. Haydovchi kameraga tushdi diylik. U vaziyatda haydovchi ham old orindiqdagi yolovchi ham xavfsizlik kamarini taqmagan edi. Endi jarimani 2lasi ham alohida alohida tolaydimi yoki faqat haydovchini ozimi. Oldindan rahmat
Sulaymonova Nafisa
Sulaymonova Nafisa
Kattakon rahmat. Olloh rozi bsin. Iltimos, yo'l hti hdagi yangi qoidalarini video orqali to'liq izohlab bering. 45 betlik ma'lumot ekan.
Siz qonun qoidalarni qisqa va tushunarli qilib asoslab berasiz. Bu siz uchun qiyin emas. Imkon qadar ko'proq asoslab bering.
Do'stmuhammad
Assalomu aleykum Yana yomon qaror chiqibtiki YPX endi dislakatsiyani surab bulmas ekan bu bumaydigan qaror dep bilaman
Yoʼllarning talab darajasida boʼlishligiga koʼproq eʼtibor qaratilsa yaxshiroq boʻlardi. Tekis yoʼllar uchun qancha qonun chiqarsa chiqaraversin. Yaqinda Toshkent shahar yoʼllarini tamirlash uchun muddat berildi zero Toshkentning buzuq yoʼllari Viloyatlarga hozirgi kunda armon. Viloyatlarga ham shunday choralarni tezkor qoʼllasa yaxshi boʻlardi. Haydovchilar yoʼl soligʻini ham toʼlaydiku axir bu soliqlarga faqat shahar yoʼllari taʼmirlanadi deyilmagandur qonunchilikda. Surxondaryoning yoʼllari ham tamirlansa, qayta qurishga tavsiya berardim.
Yangi qonunlar bomedi kopchiligi
Unga avtolar yollar odamlar madaniyati xullas kamchiliklar kop
Bularni hammasi jarimalarni kopaytirish 100%qonumoy ishlasa DAN xodimi yollar avtolar talabga javob bermedi
Show next 14 comments