❗️Магистратура имтиҳонлари онлайн тест шаклида бўлади

#abituriyent

Магистратурага қабул коронавирус пандемияси шароитидан келиб чиқиб, он-лайн тест ўтказиш орқали белгиланган давлат гранти ва тўлов-контракт асосида қабул параметрларига мувофиқ амалга оширилади. Бу ҳақда Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан тегишли қарор қабул қилинган.

✅ Магистратурага кириш синовлари таркибига (хусусан, мутахассислик фанлари бўйича кириш синовлари таркибига) тегишли мутахассисликлар соҳаларида талабгорларни илмий-педагогик лаёқати (ёки илм олиш қобилияти)ни аниқлаш бўйича тест саволлари ҳам киритилади.

Асос: Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М. Мирзиёев ҳузурида 2020 йил 30 апрель куни ўтказилган йиғилишнинг 28-сонли баёни 5-бандида белгиланган вазифалар.


👉 @xushnudbek 👈

599 comments

Show 16 more comments
𝓑𝓪𝓼𝓪𝓻𝓲𝓶 𝓼𝓪𝓭𝓮𝓬𝓮 𝓐𝓵𝓵𝓪𝓱𝓽𝓪𝓷
Малъумот нимага учирилди
Xurshid Tursunov
Test yaxshi lekin onlayn bólsa nohaqlik bóladi
Nigora Bozorova
Ingliz tilidan ham bo'ladimi test yoki faqat mutaxassislikdanmi
Bundan battari bo'lmaydi. Hijolatsiz sotishadi endi javoblarni. Bemalol sotishadi. Birov g'ing deyolmaydi.
Bakalavr mutaxassligi magistraturga to'ri kelishi kelmasligini qatan bilsa bo'ladi?
Hammani bali bir xil bòlsa, qanday qilib saralarkin
Sms kelmayabdiku royxatdan otishda yoki faqat menda shunday bolyaptimi
Dabdala bolibdi rosti hamma bitta ortogini olib kevoladida
Hasanboy Abdusalomov
@MirAZiz_Rikhsiboev
Bakalavr mutaxassligi magistraturga to'ri kelishi kelmasligini qatan bilsa bo'ladi?
Hozir deyarli hohlaganizga topshirsez boladi unchali ahamiyatsz(tibbiyot bn sanatdan tashqari manimcha)
Dusnazarova Mohigul
Online testda minglab talabani kim nazorat qiladi gaplashilganlar kirar ekanda
:)
:))))))
Lekin siz o'ylaganchalik emas.
Sababi savollar juda qiyin.

O'zim o'tgan yili guvohi bo'lganman. (U payt yozma edi.)
Juda rasvo bòlibdi
Salom korrupsiya, salom uqimagan magistrlar deymiz 2yildan keyin
Ahvolni qara. Ataylab qilingan sotilishi uchun. Milliondan ziyod abituriyentlarni bir necha kun davomida bir joyga yig'isharkanda, zo'r borsa bitta yo'nalishga 70-80 tacha hujjat topshirgan magistratura abituriyentlarini pandemiyadan kelib chiqib imtihonini onlayn qilisharmish. Mantiq qani. Axmoqgarchilik.
Axtam Samiyev
Hamma borib komp da on line bo'lsa kerak, imtihon
Inst-da bo‘ladi deyishgandiyu,online bolsa yana avvalgidek "zo‘ri" yoki "zari'' borlarni ishi besh bolib ketaveradimikan,bundan tawqari kitobga qarab ishlaydi hamma,chet tilini gapirmasaham boladi.
Show next 100 comments