❗️Магистратура имтиҳонлари онлайн тест шаклида бўлади

#abituriyent

Магистратурага қабул коронавирус пандемияси шароитидан келиб чиқиб, он-лайн тест ўтказиш орқали белгиланган давлат гранти ва тўлов-контракт асосида қабул параметрларига мувофиқ амалга оширилади. Бу ҳақда Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан тегишли қарор қабул қилинган.

✅ Магистратурага кириш синовлари таркибига (хусусан, мутахассислик фанлари бўйича кириш синовлари таркибига) тегишли мутахассисликлар соҳаларида талабгорларни илмий-педагогик лаёқати (ёки илм олиш қобилияти)ни аниқлаш бўйича тест саволлари ҳам киритилади.

Асос: Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М. Мирзиёев ҳузурида 2020 йил 30 апрель куни ўтказилган йиғилишнинг 28-сонли баёни 5-бандида белгиланган вазифалар.


👉 @xushnudbek 👈

599 comments

Show 100 more comments
Ikkinchi mutaxassislik haqida qayerdan maʼlumot olsam boʻladi iltimos yordam berib yuboringlar
Iltimos bilganlar javob magistraturaga kirish imtihoni online bõladimi????
Hammani internet bn bir xil taminlash juda qiyinku, masalan bu yilgi bitiruvchilar shaxsan men "gost" topshirishda juda qiynaldik. Ertalapda test platformaga joylangan bolsa kechgacha platforma qatip turdi, server 100 ta talaba test ishlashini ko'tara olmadi. Shom paytigacha bazo'r ishlap oldik testni
Juda qiyin masala bu ...
OTM da "tanish-bilish" , "tog'a", "tank" degan tuzilmalar mavjud ekan...
Xalqimiz farzandlariga ta'lim berolmyapsizlar deb ta'na qilishgani ortiqcha.
Hamma yozishni biladi, ammo hammada ham saviya, dunyoqarash aytarli darajada emas-ku...
P.S. kimnidir xafa qilmoqchi emasman...
🤗🤗🤗🤗
Haqiqiy bilim sinalmas ekanda unda. Bemalol ishlab tashlasa buladiku unda tanish bilish qilib
Xushnufbek sizdan iltimos YouTube da magistirlar uchun ham bir master class utkazing savolarga jovob bering qabul haqida iltimos sizdan!
Assalomu alaykum DTMning telegramdagi rasmiy kanali bormi ishonchligi kerak
Муҳаммаджон Бахтиёрович
Assalomu alaykum Xushnud aka. Ikkita savol bn murojaat qilmoqchiman. 1) magistraturaga topshirishda birinchi yil topshirayotganlar ham to‘lov qiladimi(eng kam oylik ish haqining yarim miqdori), 2) imtixonlarni vazirlik oladimi yoki universitetmi? Javob uchun oldindan rahmat.
Nilufar Madaminova
Assalomu aleykum, men bu yil bakalavr bitiruvchisiman, bizlarga diplomlaringiz avgust oyida beriladi deyishdi, agar bizlar diplomni avgustda olsak magistraturaga qanday qilib hujjat topshiramiz
Saodat Latipova
Assalomu alaykum. Kirish imtihonida faqat mutaxassislik fanidan bòladimi test. Yoki chet tilidan hammi. Keyin tòlov masalasiga ham oydinlik kiritsangiz. Bunda ham xuddi balalavrdagidek tòlov qilinadimi
Shaffoflikdan darak yòq,tankalar jangi bòlarkanda endi
Рустам Раззаков
Иккинчи мутахасисликлар хакида малумот берисангиз илтимос
⚡🌍UZBEKENERGO🌍⚡
Man ham o'tgan yili magistrga tooshirgandim. O'zim topshirgan mutaxassisligim bo'yicha ishlayman va bilimim ham yetarli. Imtihon yozma bo'gandi. 5 ta savoldan 3 tasiga aniq 2 tasiga qisman javob yozgandim. Lekin natija 20 ball. Qoganla 50, 60, 70 ballgacha olishgan. Bu nima degani? Hammasi "o'yin" bo'pketti.
Onlayn testni OTM ga borib kompyuterda topshiriladi menimsha bunga internet shart emas easyQuizzy programma borku srazu javobini shiqarib beradigan. Atestatsiyani shu programmada topshirganmiz
⚡🌍UZBEKENERGO🌍⚡
Shuning uchun ham bu yil magistrga topshirish niyatim yo'q. Temboli onlaynga hechkim garantiya berolmaydi. Undan ko'ra 2-mutaxassislikka topshirganim ma'qul.
Ijodiy imtixonlar bo'lmas ekanmi ? Misol man rassomman,, test topshiramizami ?🤦‍♂️🤦‍♂️🤦‍♂️
Show next 100 comments