❗️Магистратура имтиҳонлари онлайн тест шаклида бўлади

#abituriyent

Магистратурага қабул коронавирус пандемияси шароитидан келиб чиқиб, он-лайн тест ўтказиш орқали белгиланган давлат гранти ва тўлов-контракт асосида қабул параметрларига мувофиқ амалга оширилади. Бу ҳақда Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан тегишли қарор қабул қилинган.

✅ Магистратурага кириш синовлари таркибига (хусусан, мутахассислик фанлари бўйича кириш синовлари таркибига) тегишли мутахассисликлар соҳаларида талабгорларни илмий-педагогик лаёқати (ёки илм олиш қобилияти)ни аниқлаш бўйича тест саволлари ҳам киритилади.

Асос: Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М. Мирзиёев ҳузурида 2020 йил 30 апрель куни ўтказилган йиғилишнинг 28-сонли баёни 5-бандида белгиланган вазифалар.


👉 @xushnudbek 👈

599 comments

Show 100 more comments
G'anisher
Xushnudbek aka magistraturaga imtixon online test shaklida bo‘lsa testni har kimni o‘zi ishlashiga qanday kafolat beriladi?
Manimcha agar hamma web kamerani oldida topshirsa haqqoniyroq bölardi
YULDUZ ERGASHALIYEVA
Assalomu alaykum.Magistratura uchun savollar dtm tomonidan tuziladimi va tayyorlanish uchun manbalar ro'yxati chiqariladimi
🌞S.U.N🌞
Shuni kòring, imtiyozlar kimlar uchunligi yozilgan
Bu institut ga topshiradiganlarku men Magistratura ga topshiraman
Ishqilib magistratura testlari oldindan kelishilgan odamlar uchun sotilmaydimi? Shaffoflik ta’minlanadimi? Mutasaddilardan shuni so‘rab qolamiz.
Вазира
Mutaxasislik fanlardan imtixon deganda qaysi mutaxasislik nazarda tutilyapti. Bakalavrlik diplomi bo'ychami yoki xozir topshirayatgan magistraturadagi mutaxasislik fanidanmi. Iltimos javob bersangiz.
$.Gulnoza
Chet tili mutaxasisligidan test qaysi toifada bo'ladi.Mutaxasisligim ingliz tili,2- tilim fransuz tili.Shu haqidayam ma'lumot bersangiz
Assalomu alekum, testni o'quv tashkilotimi,yo DTM tashkillashtiradimi? Oliy o'quv yurtlarini o'zi tashkillashtirsa,ahvol ma'lum🙄😔shaffoflik ta'minlanishini tarafdorimiz
Aka Magistraturaga faqat bitta oqiwga topwirsa bolami
Nechta mitaxasislikga topshirsa bo‘ladi ekan?
институтка тел килиб билдим.Онлайн тестни институтда топширар экан
Навруз Жумаев
Bakalavrni shu yil tamomlaganlarga online diplom berildi baxolar blankasi bizda yuqku ??????
Show next 100 comments