❗️Магистратура имтиҳонлари онлайн тест шаклида бўлади

#abituriyent

Магистратурага қабул коронавирус пандемияси шароитидан келиб чиқиб, он-лайн тест ўтказиш орқали белгиланган давлат гранти ва тўлов-контракт асосида қабул параметрларига мувофиқ амалга оширилади. Бу ҳақда Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан тегишли қарор қабул қилинган.

✅ Магистратурага кириш синовлари таркибига (хусусан, мутахассислик фанлари бўйича кириш синовлари таркибига) тегишли мутахассисликлар соҳаларида талабгорларни илмий-педагогик лаёқати (ёки илм олиш қобилияти)ни аниқлаш бўйича тест саволлари ҳам киритилади.

Асос: Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М. Мирзиёев ҳузурида 2020 йил 30 апрель куни ўтказилган йиғилишнинг 28-сонли баёни 5-бандида белгиланган вазифалар.


👉 @xushnudbek 👈

599 comments

Show 100 more comments
Assalomu alekum! Xushnudbek aka kunduzgidan sirtqiga ko'chirish bo'yicha ham ma'lumot berib óting iloji bo'lsa. Qachon boshlanadi va qanday amalga oshiriladi shula haqida... Oldindan rahmat.
Umidjon Mamajonov
uzur lekin kulguli gap bo'ldi. menimcha siz faqat o'tkan yilgi imtixonni ko'rgansiz
Undan oldingilarida kamroq edida o‘tgan yili avjiga chiqdi ayniqsa grand ko‘paygan yo‘nalishlarda😔😔😔
Magistiraturada xam DTM test olsa yaxshi bòlardi. Xar qalay odamlarda ishonch paydo bòlarmidi
Har holda yaxshi buladi karrupsiya ancha kamayadi
Har yili 80% karrupsiya orqali kirilardi
Bilaman aka yana 1 hafta ishlamasa kerak
Sizlarni bilmadimu man magistraturadan umuman qoniqmadim
Sanjarbek Abdulhamidov
Magistraturada maqolalar ahamiyatsiz 2 yildan beri. Òzim òqiman magistraturada. Tepadagi qarorga kelsak imtihonlar OTM ning òzida kompyuterda online tarzda test bôladi va boshqa sinov (ko'proq vaqt talab qiladigan) turlari qóllanilmaydi. Ushbu qarordan tushinishimcha, bu yilgi test jarayoniga OTM lar aralashalmidi. Agar Magistratura imtihonlarini ham Vazirlik yoki DTM nazoratga olsa yaxshi bõladi. Bu talabalar uchun foydali. Chunki OTM lardagi "shaxs yoki xotamtoy" larning ildizi kesiladi va korrupsiya, kôzbóyamachilik kamayadi, umid qilamizki, balki yòqolaram
Show next 100 comments