⚡️ Пропискасиз фуқаролар янги уй олганда тўлайдиган 5% лик давлат божи бекор бўлди
Шавкат Мирзиёв томонидан кеча имзоланган қонунга биноан, доимий пропискаси бўлмаган фуқаролар томонидан Тошкентда янги қурилган кўчмас мулк сотиб олинганда мол-мулкнинг олди-сотди шартномаларини тасдиқлаганлик учун шартнома суммасининг
5 фоизи миқдордаги давлат божининг алоҳида ставкаси чиқариб ташланди.
Шунингдек, пропискасиз фуқаролар томонидан сотиб олинган янги уйларни
3 йил ичида сотган ҳолатларда 400 “минималка” (
89 млн 200 минг сўм) миқдорида алоҳида давлат божини қўллаш тартиби ҳам бекор қилинди.
❗️Ваниҳоят бу қонун билан Ўзбекистонда 8 йил давомида амалда бўлиб келган Конституцияга зид тизимга, яъни Тошкентда
мулк-ҳуқуқининг чекланиши ёки
пропискасиз шахсларга мулк олишда оғирроқ шартлар белгиланишига чек қўйилди.
Барчани ушбу ғалаба билан табриклайман. Энди бемалол исталган Ўзбекистон фуқароси Тошкентдан мулк сотиб олиши, сотиши, ҳадя қилиши мумкин. Бунинг учун ортиқча тўлов ёки бошқа қўшимча талаблар шарт эмас.
P.S.: энди фақат Вазирлар Маҳкамаси қароридаги аукцион ва ижрога қаратилган мулкларни олишдаги алоҳида тартибни чиқариб ташлашса, бўлди.
👉 @xushnudbek 👈
Bu kabi suyinishni to'g'ri tushunsa bo'ladi chunki Inson zotiga moildur
bu Egoizm.
Aziz yurtdoshla Urbanizatsiya natijasida yuzaga keladigan muammolar haqida ham o'ylab, fikir qilishingizni so'ragan bo'lardim. Atrof- muhitni ifloslanishi, transport vositalarini ko'payishi, narh-navoni o'sishi, allaqachon vujudga kelgan maktab va bog'chalar, tibbiyot muassasalaridagi joylarning tanqisligi,
ko'p oilali xonadonlar vakillarining hatto, ikkilamchi bozordan uy-joy sotib olishga qurbi yetmayotganligi, mana shu muommolarni deb qanchadan qancha yosh oilalarning ajrashayotganini hammamiz bilamiz. Bu muammolar biz va siz his qilib, bajaralishi kerak bo'lgan burch va majburiyatlar yig'inidisi hisoblanadi. Zeroki inson nafaqat Konstitutsiyadagi qonunlarni, balkim u yerda yozilgan majburiyat va burchlarini esidan chiqarib qo'ymasligi lozim. Inson haq-huquqlarini ilg'or mamlakatlar va dunyo misolida talab qilishdan oldin o'sha mamlakatlarning rivojlanish tarixini o'rganib chiqsa mubolag'a bo'lmaydi. Chunki, ilg'or mamlakatlarda barcha shahar va shaharchalar mutanosibligi mavjud.
Urbanizatsiya oqibatida uysizlar soni ortishini yoki yashash maydonining hajmini qisqarishini bilasizmi?
Hozirda Toshkentda bo'la turip,
ko'chmas mulk sotib ololmayotgan ko'p bolali oilalarniche?! Natijada ular tug'ilib o'sgan mahalla, yerida ijaraga turganini yoki tashlab shahar atrofida va keyinchalik undanda uzoqroq masofaga ko'chib ketayotganinichi?!
Buning oqibatida strategik ahamiyatga molik bo'lgan sug'oriladigan unumdor yerlarni beton poydevorlar tagida qolib ketayotganinichi?!
Shunday ekan, Toshkent viloyatidagi unumdor yerlaning kamayib ketayotgalik sababini uzoqdan qidirishimiz shart emas. Daryo.uz ijtimoiy tarmog'ida yozilgan maqoladagi tahlil hulosasidan kelib chiqadigan bo'lsak,
74% toshkentlik hozirgi
sharoitidan kelib chiqqan holda
ikkilamchi turdagi uyni ham ololmaydi
yengi turar joylarni takidlamasayam bo'ladi.Bu kichkina raqam emas. Yuqorodagi mumommlarning holatlari o'rganilib ko'rildimi?
Masalani ma'naviy-madaniy
jihatlarini bir chetga surib turgan holda
aniq faktlar bilan o'lchasak, hozirgi damdagi shahar va Toshkent viloyati infrostrukturasi ayni damdagi va potensial fuqorolar oqimni qanchalik ko'tara oladi ? Shahar aholisi farzandining bog'cha yoki maktabdagi O'RNI uchun to'lovni amalga oshirishi nmadan dalolat bermoqda? Angren, Ohangaron va Bekobod shaharlarida bo'shab qolgan uy- joylarni to'ldirish, u yerdagi ob'yektlarning muvaffaqiyatli ishlashini ta'minlashga e'tibor berilishi ham kerak deb o‘ylayman. Poytaxt aholisi o'zi yashab turgan hududdan yengi uy-joyga egalik huquqini amalga oshirishda qandaydir kvota va yengilliklar berilishi kerak deb hisoblayman.